III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 35
KIRISH
Mavzuning dоlzarbligi. Dunyoda surunkali Gepatit B kasalligini davolash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Kasallikni oldini olish va davolash maqsadida sintetik dori vositalari yaratish va kimyoviy tarkibi aniqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada mavjud sintetik dori vositalarining kimyoviy tarkibini aniqlash asosida tarkibida Gepatit B kasalligini davolash xususiyatiga ega boʼlgan kimyoviy birikmalar saqlagan tabiiy, zararsiz, ekologik toza oziq-ovqat qoʼshilmalarini ishlab chiqish va xalq tabobatida qoʼllash muhim ahamiyatga ega.
Jahonda Gepatit B kasalligini davolashda antivirus xususiyatga ega kimyoviy birikmalar saqlagan sintetik dori vositalari va tabiiy oziq- ovqat qoʼshilmalari ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibini aniqlash boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada, virusli kasalliklarga qarshi kurasha oladigan, inson organizmi uchun foydali boʼlgan tabiiy kimyoviy birikmalar saqlagan dorivor oʼsimliklarni aniqlash, ular asosida virusli Gepatit B kasalligini halq tabobati usullari bilan davolash va oldini olishda sintetik dori vositalariga yordam sifatida qoʼllaniluvchi, tarkibida alkaloid, glikozid, fenol, xinon, triterpenoid kabi tabiiy birikmalar, vitaminlar va minerallar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qoʼshilmalarini yaratish, ishlab chiqarish, TIF TN boʼyicha sinflash, hamda amaliyotga joriy etishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Respublikamizda inson organizmidagi ayrim virusli kasalliklarni oldini olish va davolash xususiyatiga ega boʼlgan dorivor oʼsimliklar asosida tabiiy oziq-ovqat qoʼshilmalari ishlab chiqilib, kimyoviy tarkibi asosida sinflash borasida muayyan natijalarga erishilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasida1 “...mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish” boʼyicha amalga oshirilishi muhim boʼlgan vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, ayrim dorivor oʼsimliklar asosida tarkibida Gepatit B kasalligini davolash va oldini olish xususiyatini namoyon qiluvchi birikmalar saqlagan, organizm immunitetini koʼtaruvchi, bezarar, tabiiy oziq-ovqat qoʼshilmalarini yaratish, shuningdek ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, xossalarini oʼrganish hamda TIF TN boʼyicha tovar kodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |