Polimerlarning eritmalari.
Yuqori molekulyar birikmalar quyimolekulyar birikmalarda erish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘Igan eritmalar molekulyar-kinetik xossalari bo‘yicha (osmotik bosimning juda pastligi, diffuziya tezligining kichikligi, yarim o ‘tkazgich membranalardan о 4a olmasligi) kolloid eritmalarni eslatadi. Bunday o ‘xshashlikning sababi shundan iboratki. ikkala xil eritmadagi zarrachalarning oʻlchami bir-biriga yaqin bolib, oddiy molekulalarda buning aksidir, lekin polimer eritmalari kolloid eritmalardan tubdan farq qiladi. Kolloid eritmalardagi harakatchan zarrachalar mitsella shaklida, ya’ni Van-der-Vaals kuchlari yordamida bog‘langan molekulalar yig‘indisi shaklida bo‘ladi, polimerlarda esa harakatchan zarrachalar juda katta oʻlchamga ega boʻlgan mustaqil molekulalardir, Shunday qilib, polimer eritmalari kolloid eritmalardan farq qiladi va oddiy eritmalarga o ‘xshab bir jinsli va termodinamik barqaror boʻlib , stabilizatorsiz ham turg'un boʻla oIadilar.Erish nima? Erish - bir komponentning ikkinchi komponentda tarqalishining xususiy holidir. Erish davrida hosil boʻladigan chin eritmalar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1) komponentlar orasidagi moyillik;
2) erish jarayonining o ‘z — o‘zicha borishi;
3) vaqt o‘tishi bilan eritma konsentratsiyasining o'zgarmasligi;
4) birjinslilik;
5) termodinamik barqarorlik va boshqalar.
Polimerlarning konsentrlangan eritmalari
Makromolekulalar orasidagi masofaning nisbatan qisqa boʻlishi tufayli ularning bir-biri bilan to‘qnashishi oson boʻlgan sharoitli eritmalari konsentrlangan eritmalar deyiladi. Umuman, polimer eritmalarining xossalari konsentratsiya, polimer molekulyar massasi va erituvehi tabiatiga bogʻliq. Keyingi ikki omil maʼ lum darajada xarakteristik qovushqoqlik qiymatlarida hisobga olinadi. Shuninguchun konsentratsiyalar sohasini ko‘paytma bilan tavsiflash qulay hisoblanadi. Eritma suyultirilgan hisoblanadi va bunda, makromolekulalar erituvchi bilan bir-biridan ajratilgan boʻlib, ular orasidagi tutashuv juda kichik qiymatga ega eritma yarim suyultirilgan, ya’ni o ‘rtacha konsentrlangan hisoblanib, bunda,y eritma uchun makromolekulyar o'ralmalarning o ‘zaro ta’siri va bir-biriga kirib borishi harakterli. n• с > 10 da eritma yuqori konsentrlangan deyiladi. Bunday eritmada makromolekulalar shunchalik yaqinlashib va chigallashib ketadiki, bunda, fazoviy fluktuatsion chigallashib ketgan to‘r hosil boʻladi, bunda,у eritmalar hamda polimer suyuqlamalari polimer suyuqliklari deyiladi. Odatda qandaydir suyuqlikning oqish xarakteri qovushqoqlikning siljish kuchlanganligi yoki uning siljish tezligi qiymatiga mutanosib holatdagi bogʻliqlik bilan toʻliq tavsiflanishi mumkin. Shunday qilib, molekulalari ancha erkin va nisbatan mustaqil eritmada harakatlanadigan strukturasiz polimerlardan farqli oʻlaroq molekulalari bir-biri bilan bogʻlanib strukturalangan, taranglanma qovushqoq sistemalar hosil boʻladi. Polimer konsentratsiyasi qancha yuqori boʻlsa makromolekulalar bir-biri bilan shuncha mustahkam birikadi va ularning harakatchanligi shuncha qiyinlashadi. Shu sababli konsentrlangan eritmalar katta qovushqoqlikka ega boʼlib, konsentratsiyaning juda oz qiymatga o ‘zgarishi qovushqoqlikni tezda oshirib yuboradi. Bu eritmalar Nyuton va Puazeyl qonunlariga bo‘ysin-maydi, qovushqoqlik vaqt o ‘tishi bilan o‘zgaradi, eritmaning «avvalgi davr
holati»ga va mexanik ta’sirlarga (tiksotropiya) bogʻliq boʻladi; qovushqoqlikning haroratga bogʻliqligi anomal xarakterga (gisterezis)ega boʻladi. Polimerlar suyultirilgan eritmalari qovushqoqligining vaqt bilan o‘zgarishi va gisterezisli anomaliyalar muvozanat juda sekin qaror topishining oqibatidir, bunda,n tashqari strukturalarning hosil boʻlishi va buzilishi uchun ma’Ium vaqt (relaksatsiya vaqti) talab qilinadi.Agar eritma tayyorlanishi bilan oʻlchangan qovushqoqlik juda kichik boisa, strukturalanish davomida qovushqoqlik ancha ortadi. Avval qizdirib so‘ngra tezda sovutish bilan tayyorlangan eritmaning qovushqoqligi qizdirmasdan olingan polimer eritmasiga qaraganda каm bo’ladi.
Strukturalar hosil bo‘lishiga begona aralashmalar ham jiddiy ta’sir qiladi. Bunday aralashmalarga, avvalo, ko'pincha polimerlaming o‘zida bo’ladigan elektrolitlarni kiritish mumkin. Ba’zi elektrolitlar strukturalasa, boshqasi -destrukturalaydi. Polimerlar konsentrlangan eritmalarining qovushqoqligi ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, sanoatda olinadigan parda va tolalaming sifati polimerlar dastlabki eritmalari qovushqoqtigini to’g’ri tanlashga bog’liq.
Polimer iviqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |