Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


S.S.Arifov, E.U.Eshboyev “Teri Va Tanosil Kasalliklari” “O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi” Davlat Ilmiy Nashriyoti Toshkent. 2006 Yil



Download 2,36 Mb.
bet8/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

S.S.Arifov, E.U.Eshboyev “Teri Va Tanosil Kasalliklari” “O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi” Davlat Ilmiy Nashriyoti Toshkent. 2006 Yil.

Teri kasalliklarining kelib chiqish sabablari

Teri kasalliklarini keltirib chiqaradigan sabablar har xil bo‘lishi mumkin. Ba'zan ular shunchalik kuchli bo‘lib, butun organizm faoliyatini izdan chiqaradi. Chunki bunday omillar (kislota, ishqor, radiatsiya, qaynoq suv, smola va boshqalar) ta'-sirida teri va uning to‘qimalari qattiq zararlanadi. Oddiy bir misol, odatda sog‘lom odam terisi yuzasida ko‘plab saprofit mikro-organizmlar, jumladan, stafilokokklar, streptokokklar, zambu-rag‘lar va mikoplazmalar bor. Ularning ayrim shtammlari juda virulent bo‘lishiga qaramay, o‘z holicha odamning terisida kasallik keltirib chiqarmaydi, ammo teri yuzasining butunligi buzilsa, masalan, zirapcha kirsa terida yiringlanish jarayoni boshlanadi. Yoki teri yuzasidagi suv lipid pardasi (mantiya) buzilsa, pH o‘zgarib, terining mikroorganizmlarga qarshiligi pasayib ketadi. Gipovitaminoz, qandli diabetda ham organizmning reaktivligi susayib qoladi va hokazo.

Demak, teri kasalliklari tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarning bir-biriga bog‘langan holdagi ta'siri tufayli kelib chiqadi. Endogen omillar sababli organizm, jumladan terining fiziologik qarshiligi pasaysa, ekzogen omillar ta'sirida patologik jarayonning kelib chiqishi yengillashadi.

Ekzogen omillarga fizik agentlar - yuqori va past harorat, nur energiyasi (ultrabinafsha radiatsiyasi, rentgen nurlari, radioaktiv nurlar) va elektr toki kiradi. Ko‘rsatilgan agentlar ta'sirida terida ko‘plab ekzantemalar (eritema, pufak, yara, eroziya va boshqalar) paydo bo‘lishi va har xil jadallikdagi yallig‘lanish hamda distrofik jarayonlarga olib kelishi mumkin. Mexanik agentlarga bosim, cho‘zilish, urilish va boshqalar kiradi. Yuqori bosim ta'sirida terida yallig‘lanish, qon quyilish, eroziya, yoriqlar va dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

Kimyoviy agentlar ikki guruhga bo‘linadi: obligat (oddiy) guruhi bevosita ta'sir etib, teri yoki sbilliq qavatda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi (kuchli kislotalar, ishqorlar, tuzlar va boshqalar). Fakultativ guruh (allergen) organizmning mazkur mod-dalarga nisbatan sezgirligi osbib ketishi natijasida terida yallig‘lanish reaksiyasi ro‘y beradi.

Infeksion agentlar, ya’ni patogen mikroblar, viruslar teriga tushishi oqibatida ko‘pgina kasalliklar (teri sili, oddiy uchuq, piodermitlar, moxov va so‘gallar) paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar o‘ziga xos yoki xarakterli va diagnostik ahamiyatga molik toshma-lar (tuguncha, pufakcha, madda va o‘smalar)ga ega. Patogen zamburug‘lar tomonidan qo‘zg‘atiladigan trixofitiya, mikrospo-riya, favus, kandidoz kabi kasalliklarda teri, soch, tirnoqlar va shilliq qavatlar zararlanadi.

Hayvon parazitlari bo‘lgan kana, bit, burgalar va boshqa qon so‘ruvchilar bir qancha yuqumli kasalliklar mikroblarini tashish bilan birga, terining qattiq qichishishi bilan kechadigan kasalliklarga ham sabab bo‘ladi.

Endogen omillar ta'sirida teriga xilma-xil toshmalar toshib, klinik ji-hatdan juda murakkab kechadi. Markaziy va periferik asab tizimi faoliyati-ning buzilishi terining ko‘pgina al-lergenlar, oziq-ovqatlar, dorivor va kimyoviy moddalarga sezgirligi oshib ketishiga olib keladi. Mabodo, ular yana iste'mol qilinadigan bo‘lsa yoki parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, toshma toshib ketadi. Asab tizimidagi funksional o‘zgarishlar bir qancha teri kasalliklari (ekzema, neyrodermit, tangachali temiratki, yassi temiratki, atopik dermatit va boshqalar) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qattiq ruhiy kechinmalar, nevrozlar, oliy asab tizimidagi ba'zi o‘zgarishlar terida eritema, pufakcha, qavarchiq kabi toshmalarga olib keladi va qator dermatozlarga sabab bo‘ladi. Asab tizimidagi organik o‘zgarishlar natijasida terining faoliyatida ham katta buzilishlar ro‘y beradi.[25].

Gipo va avitaminozlar ham teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba'zi vitaminlar yetishmasligi biror-bir kasallikning boshlanishiga turtki bo‘lsa, ayrimlari, jumladan S - lavsha (singa)ga, A - muguzlanish jarayonining izdan chiqishiga, PP - pellagra kabi terida katta o‘zgarishlar bilan kechadigan ka-salliklarga sabab bo‘ladi.

Ovqat hazm qilish a'zolari faoliyati buzilishi ham teri kasalliklarining patogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Me'da-ichak tizimi xastaliklarida ekzema, neyrodermit, eshakem, qichima kabi kasalliklar rivojlanadi yoki qayta qo‘ziydi. Jigar xastaliklari ko‘pincha atopik dermatit, ekzema, nefrodermit va pesning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qon yaratuvchi organlar va tomir kasalliklarida teri qichishi hamda turli toshmalar toshishi kuzatiladi.

Organizmning endogen va ekzogen omillarga nisbatan sezuvchanligi ortishi (allergen holat) ko‘pgina teri kasalliklarining avj olishiga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari, o‘simlik changlari, dori-darmonlar, ro‘zg‘orda ishlatiladigan har xil moddalar allergenlar jumlasiga kiradi. Organizmning individual xususiyatlari hamda allergenning ta'sir doirasiga qarab, patologik jarayon terming turli anatomik qismlarida epidermis, derma va gipoder-mada ro‘y berishi mumkin. Ba'zan organizmning allergenga sez-girligi shunchalik ortib ketadiki, undan ozgina yuborish og‘ir asoratga (anafilaktik shok) sabab bo‘ladi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish