Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet7/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Terining funksiyasi

Teri organizmda xilma-xil: himoya, sezish, ayirish, nafas olish va chiqarish, tana haroratining doimiyligini ta'minlash kabi funksiyalarni bajaradi. Terining himoya funksiyasi. Teri odam tanasining ustki qismini qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to'qimalarni tashqi muhitning noqulay (kimyoviy, fizik, mexanik) ta'siridan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi.

Terining sezish funksiyasi. Terida to'rt xil ta'sirni sezuvchi retseptorlar joylashgan: ular og'riqni, issiqni, sovuqni sezuvchi va taktil retseptorlardir. Teri retseptorlari tashqi muhitning turli xii ta'siriga moslashish xususiyatiga ega. Shundan foydalangan holda organizmni tashqi muhitning issiq va sovuq ta'siriga chiniqtirish mumkin. Bundan tashqari, bokschilar uzoq muddat davomida mashg'ulot o'tkazishi natijasida ular terisidagi retseptorJarning og'riq sezish xususiyati pasayadi. Retseptorlarning tashqi muhit ta'siriga bunday moslashishi adaplalsiya deb ataladi. Ana shu adaptatsiya xususiyati odamning har xii (issiq, sovuq) sharoitga moslashishini ta'minlaydi.

Terining ayirish funksiyasi. Yuqorida aytilganidek, asl teri qavatida ter bezlari joylashgan bo'lib, ularning soni tananing turli sohalarida har xil bo'ladi. Ter bezlari ayirish funksiyasini bajaradi. Bir kechakunduzda katta odamda o'ttacha 500 ml ter ajraladi va uning tarkibida 2 gosh tuzi, I g atrofida azot qoJdig'i ajraladi. Tashqi muhit harorati yuqori bo'lgan sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari, odam tanasining harorati yahshiarilganda, jismoniy mehnat, sport mashqlarini bajarganda, ruhiy (emotsional) ta'sirlanish vaqtida ter ajralishi ko'payadi. Ter ajralishini boshqaruvchi nerv markazIari orqa miyaning bo'yin, ko'krak, bel segmentlarida, uzunchoq miyada, oraliq miyaning gipotalamiksohasida hamda bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan.Terida yog' bezlari bo'lib, ulardan ajraladigan yog' terini, sochni yumshatadi.

Terining nafas olish funksiyasi. Teri organizmda gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra va to'qimalarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazining 2% i teri orqali tashqi muhitga, qariyb 98% i nafas organlari orqali ajratiladi. Odam organizmiga bir kecha-kunduzda zarur bo'lgan kislorodning 1% i teri orqali, 99% i nafas organlari orqali qabul qilinadi. Odam hammomda yuvingandan so'ng o'zini juda yengil sezishi terining nafas olishda ishtirok etishidan dalolat beradi, ya'ni toza teri orqali nafas olish yaxshilanadi.

Terining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi. Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir xil saqlanadi, ya'ni 36,2-36,8' atrofida bo'ladi. Tashqi muhitning ob-havosi o'zgarishidan qat'i nazar, sog'lom odamning tana harorati yuqorida ko'rsatilgan darajada saqlanadi. Tana haroratining doimiyligi fizik va kimyoviy yo'llar bilan boshqariladi.

Kimyoviy termoregulyatsiya organizmda issiqlik energiyasi hosil bo'lishining ko'payishi yoki kamayishi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvining kuchayishi yoki susayishi orqali amalga oshadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo'lganda, organizmda moddalar almashinuvi pasayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi kamayadi. Tashqi muhit harorati past bo'lganda esa organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va issiqlik energiyasi hosil bo'lishi ko'payadi. Fizik termoregulyalsiya organizmda issiqlik energiyasi ajrali uning ko'payishi yoki kamayishi orqali amalga oshadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo'lgan issiqlik energiyasi teri, nafas organlari va siydik orqali tashqariga ajratiladi. Tana harorati doimiyliginig fizik usulda boshqarilishida teri muhim o'rin tutadi. Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda hosil bo'lgan issiqlik energiyasining 70-80% i teri orqali tashqi muhitga ajratiladi. Qolgan 20-30% i nafas a'zolari, siydik va axlat orqali chiqariladi.

Teri orqali issiqlik uch usulda: nurlanish, bug'lanish va o'tkazish (kiyimlarga, tashqi muhit havosiga o'tkazish) yo'li bilan ajraladi. Tashqi muhit harorati odam tanasining haroratidan past bo'lgan vaqtda organizmdan issiqlik nurlanish va o'tkazish yo'li bilan ajratiladi. Agar tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng va undan yuqori bo'lsa, organizmda issiqlik energiyasi bug'lanish yo'li bilan ajratiladi, ya'ni ter bezlaridan ajraladigan ter bug'lanishi uchun issiqlik energiyasi sarflanadi. I ml ter bug'lanishiga 0,58 kkal issiqlik energiyasi sarflanadi.

Tashqi muhit harorati 15-20' atrofida bo'lganida tinch holatda o'tirgan odamda moddalar almashinuvidan hosil bo'lgan ortiqcha issiqlik energiyasining 45% i teridan nurlanish, 30% i o'tkazish va 25% i bug'lanish orqali tashqariga ajratiladi. Tashqi muhit harorati past bo'lgan vaqtda teridagi sovuqni sezuvchi retseptorlar qo'zg'alib, undagi qon tomirlami toraytiradi. Shuning uchun sovuqda odamning terisi oqaradi, natijada ter ajralishi va u orqali issiqlikning tashqi muhitga chiqariIishi kamayadi. Demak, sovuq vaqtda fizik termoregulyatsiya yo'li bilan teri orqali issiqlikning tashqariga ajralishi kamayishi hisobiga tana haroratining doimiyligi saqlanadi.

Ob-havo issiq bo'lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar qo'zg'alib, undagi qon tomirlarni kengaytiradi. Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam ko'p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko'payadi.15




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish