Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATI



Download 2,36 Mb.
bet4/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATI:

  1. “Teri kasalliklari va uni oldini olish” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologilardan foydalanish, o’quvchilarning shu mavzuga bo’lgan qiziqishlarini orttirish.

  2. Dars jarayonida pedagogik texnologilardan foydalanish har bir o’quvchining iqtidori, qiziqishini orttirishga imkon beradi.

  3. O’quvchilarni kasbga yo’llash, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga imkoniyat beradi.

I Bob.O’zbekistonda sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishning konsepsiyasi

1.1.O’quvchi yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish

Prezidentimizning bevosita tashabbusi va rahbarligida mustaqillik e`lon qilingan kundan boshlab uzluksiz ravishda ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni dunyoga keltirish, tarbiyalash, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish g`oyasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mazkur g`oya sharofati bilan davlat miqyosida bosqichma-bosqich maqsadga yo`naltirilgan tadbirlar o`tkazilmoqda.

Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston Respublikasi ta`lim siyosatida sog`lom avlod g`oyasini amalga oshirishda quyidagi yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratilmoqda:


  • milliy genofondni saqlash, milliy mentalitetni kuchaytirish;

  • jismoniy va ma`naviy jihatdan sog`lom avlodni tarbiyalash;

  • erkin va mustaqil, kuchli va sofdil avlodni o`stirish;

  • iqtidorli va sog`lom fikrli, mulohaza yurituvchi erkin yoshlarnitarbiyalash.

Bu g`oyalar O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosatga, ya`ni talabani jismoniy, psixologik salomatlik asosida sog`lom turmush tarzi ko`nikmalariga o`rgatish, organizmning umumiy va reproduktiv salomatligi bilan tanishtirish, bundan tashqari shaxs va millat salomatligini saqlash va mustahkamlash yo`nalishiga mos keladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-fevraldagi 46- sonli qarori bilan “Sog’lom avlod” Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ushbu Davlat dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Sog’liqni saqlash vazirligining “Sog’lom avlod” majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan.

O’zbekiston Respublikamizda 2005- yil “Sihat- salomatlik yili” deb e’lon qilinishi mazkur darslikning mohiyatini yanada oshirdi.

Prezident I.A.Karimovning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning eng ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada mustahkamlashdir” mavzusidagi ma’ruzasida qator vazifalarni shu jumladan, ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirish, mazkur jarayonning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari boshlangan.

Mazkur ma’ruzada “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib XXI asr talablariga erkin javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz …” deyilgan.[1].

Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigienaga rioya qilish, tartibli ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, ruhiy va ma’naviy oziqlanish, muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Har birimiz bularni o‘z turmush tarzimizga tadbiq etsak, o‘zimiz istagandek sog‘lom turmush kechiramiz.

Turmush tarzi –inson hayotining tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o‘z hayotini tubdan o‘zgartirishga erishishi mumkin. Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning o‘zidir. Sog‘lom turmush tarzi – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omillar bo‘lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o‘zini chetga olishi kerak. Shunday ekan biz o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimiz mas’uliyatli bo‘lishimiz lozim. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor berishimiz kerak:

Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari:

1. Jamoa va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish;

2. jismoniy faollik;

3.kun tartibiga rioya qilish;

4. zararli odatlardan tiyilish;

5. to‘g‘ri ovqatlanish;

6. ruhiy xotirjamlik;

7. tibbiy madaniyat;

Ma’lumki, turmush tarzi sog‘lom va nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzida yashagan insonlar kundalik hayot me’yorini to‘g‘ri tashkil qiladilar. Ta’kidlash muhimki, o‘qiganda, uxlaganda, yurganda, ovqatlanganda, dam olganda, kulganda, yo‘talganda o‘ziga xos me’yoriy holat bo‘lib, ana shu me’yorning buzilishi muayyan ma’noda, salomatlikka zarar yetkazadi. Bu holatni ko‘p yoshlar anglashmaydi, unga rioya qilishmaydi. “Me’yor” tushunchasi madaniyatning muhim belgisidir.

Albatta, har bir narsa me’yoridan chiqib ketsa, o‘z xususiyatini yo‘qotib qo‘yishi tabiiy. Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga qaraganda, sog‘ligimizning:

- 50-55 % turmush tarzimizga;

- 18 % irsiy kasalliklar;

- 17 % ekologiya;

-8-10% tibbiyot xodimlarining tez, sifatli, malakali yordam ko‘rsatishlariga bog‘liq ekan.[18]

2015 yilning 3 iyun kuni "Ekohaftalik - 2015" doirasida tabiatni muhofaza qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda vazirlik va idoralar o'rtasida do'stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi BMTTD ning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda hamda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ko'magida vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari hamda OAV vakillari o'rtasida sport ekologik marafoni tashkil etildi.Marafon dasturiga ko'ra 60, 100 metrga yugirish hamda mini-futbol turniri tashkil etildi. Marafonda vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari hamda OAV vakillari faol ishtirok etdilar.

Mazkur ekologik marafonning ijtimoiy ahamiyati shundaki, keng jamoatchilik e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilish, sog'lom turmush tarzi tamoyillarini targ'ib qilish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish maqsadida qator vazirlik, idora, tashkilotlar sa’y-harakatlari va manfaatlarini birlashtirishga yo'naltirilgan. Aynan insonning oqilona iste’mol borasidagi ijobiy xulqi, atrof-muhitga do'stona munosabati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi butun insoniyat sog'lig'ini ijobiy holatda ushlab turishga xizmat qiladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish - sog'lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy omillardan biridir. O'zimiz nafas olib turgan muhitni asrashimiz bu bizning vazifamiz. Unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirish, atrofga, ariqlarga, kanallarga chiqindilarni to'kmaslik orqali biz o'z muhitimizni asray olamiz va turmush tarzimizni yaxshilaymiz.[24].

Prezidentimiz I.Karimov “XXI asr bo’sag’asida xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ekologik muammolarni bartaraf etish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni bayon etib o’tgan. Unga ekologik xavsizlikni kuchaytirishning asosiy yo’nalishlari: tegishli texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish; tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish; jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning noyob turlarini ko’paytirish hisobiga boshlang’ich ba’za sifatida saqlab qolish; aholining yashashi uchun qulay sharoitlarni yaratish va ekologik kulfatlarni jahon jamoatchiligining e’tiborini qaratish kabilar bu shuning dolzarb muammosi ekanligi asarda ilmiy asoslangan. O’quvchi ularning har biri haqida alohida – alohida to’xtalishi lozim.[7].

Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.”  (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan).[23]




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish