Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet16/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Klinikasi . Odam terisiga tushgan qo’tir kanasi zudlik bilan teri ichiga kovlab kirib olib, epidermis bo’ylab teshishda davom etadi, kovak yo’lchalar hosil qiladi Shu joylarda mayda pufaklar paydo bo’ladi. Kasallikning asosiy belgisi terining qichishidir. Ko’pincha kana kovlagan kovakning boshlanish qismi, ya’ni kirgan joyi ochiq qoladi, xuddi ana shu yerda kattaligi 1—2 mm keladigan ichida seroz suyukligi bor oqimtir pufakchalar paydo bo’ladi. Tuguncha va pufakchali mayda toshmalar bir chizik bo’ylab joylashishga moyil bo’ladi, qashlayverish oqibatida suyukligi bor oqimtir pufakchalar paydo bo’ladi. Tuguncha va pufakchali mayda toshmalar bir chizik bo’ylab joylashishga moyil bo’ladi, qashlayverish oqibatida o’rnida nuqta-nuqta qoramtir yo’llar hosil qiladi. Toshmalar barmoqlar orasidagi burmalar, kaftning yon tomoniga, keyinchalik butun badanga (erkaklarda tanosil a’zolarga, ayollarda sut bezi so’rg’ichi atrofiga) toshadi. Ba’zan qo’l tirsaklarining tashqi qismida mayda nuqtali qora qo’tirlar va tangachalarni (Gorchakov — Ardi simptomi) uchratish mumkin. Bemor xadeb qashinaverishi natijasida qo’tir badan terisining bir joyidan ikkinchi joyiga o’tadi. Toshmalar qattiq qichishadi. Qo’tir kanasining yo’li, urg’ochi kana va tuxumlar va bu holat, ayniqsa kechasi va issiqda kuchayadi. Gistopatologiyasi . Kana yo’llari terining muguz qavatida joylashadi, kovaklarning eng chuqur joyi tikansimon, bazal qavatga yetishi mumkin. Xuddi shu kovaklarda urg’ochi kana va uning tuxumlari joylashadi. Malpigi qavatida hujayralararo va hujayralar shishi va ular hisobiga pufakcha paydo bo’ladi. Terining derma qismida asosan limfotsitlardan iborat surunkali infiltrat ko’rinadi. Bunday infiltratlar kana yo’llari tagida joylashadi.

Diagnozi. Asosan bemorning shikoyatiga e’tibor beriladi. Qo’tirni ba’zan qichima bilan adashtiriladi, chunki bu kasallikda ham teri qattiq. qichishadi. Ammo kasallik yillab davom etadi, teri qichishi bemorni tunu-kun bezovta qiladi. Bemorning limfa tugunlari shishadi (pruriginoz shishi), teri rangi sarg’imtir bo’lib, tugunchalar qonli qora qo’tir bilan qoplanadi va qo’l-oyoqlarning bukiladigan sohasida joylashadi. Shu bilan birga qo’tir kasalligini mikrob ekzemasi, chin eczema bilan taqqoslanadi. Lekin qo’tir kasalligiga tuguncha va pufakchali toshmalarning juft-juft bo’lib joylashishi, kana yo’llari borligi, qichishning aynan kechasi avj olishi, bir vaqtda oila a’zolaridan bir necha kishining kasallanishi, Gorchakov-Ardi simptomining musbat bo’lishi qo’tirni boshqa kasalliklardan farqlashda muhim rol o’ynaydi. Bemorlarning terisida ko’pincha pigmentli dog’lar, impetigo elementlarining izi qoladi. Ba’zan bemorning dumg’aza sohasida toshmalar, dumbaning yorg’ok sohasi tomon yo’nalgan ≪uchburchak belgisi≫ hosil qiladi. Ayniqsa bemorning terisidagi toshmalardan (pufakchalar- dan) laboratoriyada topilgan kana diagnoz to’g’ri qo’yilganligini isbotlaydi.

Davosi. Qo’tirni davolashda terining muguz qavatini ko’chirib, kana yo’llariga kirib boradigan hamda to’g’ridan-to’g’ri kanani o’ldiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ayniqsa professor M. P. Demyanovich usuli juda qulay bo’lib, bunda bemor o’zining asosiy ishidan qolmaydi, kiyimlari ifloslanmaydi. Bu usul bo’yicha kasallikka davo qilishda ikki xil dori eritmasi, ya’ni 60% li natriy tiosulfat hamda 6% li xlorid kislota eritmasi buyuriladi. Bemor natriy tiosulfat (№ 1) eritmasini bironta idishga quyadi va ikkala kaftini doriga botirib, bo’ynidan to tovonigacha ishqalash yo’li bilan 2—5 minutda surtib chiqadi va 5—10 minut dam oladi. Qisqa vaqt ichida 1- eritmaning suyuq qismi uchib ketadi, bemor badanida esa tiosulfat kristallari qoladi va u xuddi upa sepgandek oqarib ketadi. Keyin xlorid kislota (№ 2) eritmasi ham xuddi shu yo’sinda surtiladi, muolaja tugagach bemor badanini quritib, toza kiyim kiyadi hamda o’rin-ko’rpa g’iloflarini almashtiradi. Ikki kun xuddi shu zaylda davo qaytalanadi; yuvinishiga ikki kundan so’ng ruxsat beriladi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish