Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


Qora qo‘tir po‘st, (qaloq) po‘stloq -



Download 2,36 Mb.
bet13/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Qora qo‘tir po‘st, (qaloq) po‘stloq - teridagi birlamchi pufakcha, pufak, yiringcha va chuqur yaralar kabi toshmalar tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning qurib qolishi natija-sida yuzaga keladi. Ba'zan qora qo‘tir po‘stga avval ishlatilgan dorilarning yopishib qolish hollari ham kuzatiladi. U teri yuzasidan ko‘tarilib turadi, rangi har xil bo‘ladi. Qora qo‘tir po‘stlar seroz, seroz - yiringli, yiring va qon aralash bo‘lishi mumkin.

Yoriqlar - terining chiziqli yetishmovchiligi bo‘lib, yallig‘lanish, inffltratlanish oqibatida hamda teri o‘zining yumshoqligi va elastikligini yo‘qotganida vujudga keladi. Yuzaki yoriqlarda patologik jarayon faqatgina terining epidermis qismida joylashadi. Chuqur yoriqlarda esa, jarayon terining derma va undan ham chuqurroq qismida joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda, yoriqlar surunkali ekzema, piodermiya, kandidozda kuzatiladi va asosan terining tabiiy burmali joylari (tizza, barmoqlar yuzasi, og‘iz burchaklari va boshq.)da uchraydi.

Eroziya - teri epidermik qavatining yuza nuqsoni pufakcha, pufak yoki yuza maddalar yorilganidan keyin paydo bo‘ladi. Eroziyaning katta-kichikligi birlamchi element hajmiga bog‘liq. Odatda, eroziyaning rangi qizg‘ish bo‘lib, yuzasi doimo namlanib turadi.

Yara - terining chuqur nuqsoni, bunda epidermis, derma, hatto gipoderma ham zararlanishi mumkin. Yara do‘mboqcha, tugun, chuqur pustula kabi birlamchi infiltrativ elementlar yorilganidan so‘ng yuzaga keladi. Trofik yaralar hamda to‘qimalarning nekrozida birlamchi bo‘lishi mumkin. Yaralarning shakli har xil, rangi esa ko‘kish-qizg‘imtir, pushti-qizil, qirralari notekis, granulali, silliq yoki osilgan bo‘ladi. Qattiq shankrda yara-ning qirralari tekis va silliq bo‘lsa, kollikvativ sil, piodermiyaning ba'zi ko‘rinishlari hamda chuqur mikozlarda esa, yaraning chetlari notekis, yumshoq, uzuq-yuluq bo‘ladi.

Chandiq - terming chuqur nuqsonlari (yara) bilan kechadigan do‘mboqcha, tugun, chuqur pustula va boshqalar o‘rni bitayotganida hosil bo‘ladi. Chandiqli soha terisi sog‘lom teridan keskin farq qilib, unda o‘ziga xos mayinlik, tirqishlar, tuklar, ter va yog‘ bezlari mutlaqo bo‘lmaydi. Dermadagi so‘rg‘ichlar hamda so‘rg‘ichlararo epitelial o‘siqchalar silliqlanib ketadi va epidermis bilan derma oralig‘ida ko‘ndalang to‘g‘ri chiziq yuzaga keladi. Chandiq, asosan, yaralar hamda yoriqlar o‘rnida vujudga keladi.

Vegetatsiya - aksariyat terming uzoq vaqt yallig‘lanib yurgan qismida epidermis tikansimon qavatining o‘sib ketishi hamda so‘rg‘ichlarning yuqoriga qarab kengayishi natijasida paydo bo‘ladi. Vegetatsiya pilakcha yoki vorsinkasimon o‘simta bo‘lib, tuguncha, yallig‘langan infiltrat yoki eroziyalar ustida joylashadi. Ro‘y-rost vegetatsiyalangan teri sohasi tashqi tomonidan «xo‘roz tojisi» yoki gulkaramni eslatadi.



Akantoz-tikansimon qavat hujayralarining ko‘payib qalin-lashib ketishi. Papillomatoz - terining bazal qavatida hujayralar bo‘linishi (mitoz)ning kuchayishi va derma so‘rg‘ich qavati to‘qima-sining cho‘zilishi. Granulyoz - epidermis donador qavatining qalin tortishi. Giperkeratoz-epidermis muguz qavatining haddan tashqari qalinlashuvi. Parakeratoz - tugallanmagan muguzlanish; muguz qavat hujayralarida yadro bo‘lib donador qavatning bo‘lmasligi. Diskeratoz - epidermis hujayralarida keratinizatsiya jarayonining buzilishi. Akantoliz epitelial hujayralar orasidagi desmasomalarning shikastlanishi va bo‘shliqlar vujudga kelishi.[15].


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish