Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet12/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Madda, pustula - teri damidan ko‘tarilib turadigan va ichida yiring bo‘ladigan bo‘shliq element. Pustulalar shakli yarimsharsimon va yassi konussimon bo‘ladi, ularning kattaligi esa, no'xatdek, ba'zan olchadek keladi. Infeksion mikroorganizmlarning (stafilokokk, streptokokk) hayoti davomida ajralib chiqqan toksinlar ta'sirida epitelial hujayralar nekrozga uchrab, natijada epidermisda yiringli kovak vujudga keladi. Pustulalar terining qaysi qismida joylashishiga qarab, yuza (faqat epidermis bo‘ylab joylashadi) va chuqur (derma, gipodermada) xillarga ajratiladi. Epidermis bo‘ylab joylashgan va qora qo‘tir hosil qilishga moyil maddalar impetigo, deb ataladi. Bunday maddalar o‘rnida vaqtinchalik dog‘ qoladi.

Qavarchiq - o‘tkir yallig‘lanish tabiatida bo‘lib, teri damidan biroz ko‘tarilib turadigan bo‘shliqsiz element, dermaning so‘rg‘ich-simon qavatida chegaralangan o‘tkir yallig‘lanishi va serozli shish paydo bo‘lishi natijasida vujudga keladi. U dumaloq, cho‘zinchoq va oval shaklda, rangi esa qizg‘ish bo‘ladi. Qattiq qichishish bilan kechadi. Qavarchiq lahzada paydo bo‘lib, tezda yo‘qoladi va o‘zidan hech qanday iz qoldirmaydi.

Turli dori-darmonlar ta'sirida (medikamentoz), alimentar, infeksion, allergik holatlarda ham qavarchiqlar ko‘p kuzatiladi. Pigmentli eshakemda terini mexanik yo‘l bilan ta'sirlab qavarchiqni yuzaga keltirish mumkin. Eshakem, Kvinkning angionevrotik shishi, zardob kasalligida va boshqa dermatozlarda (toksikodermiya, Dyuringning gerpetiform dermatiti, flebotodermiya) qavarchiq asosiy morfologik element hisoblanadi.



Ikkilamchi morfologik elementlar. Bularga quyidagilar kiradi: pigment dog‘lar (pigmentatio), tangacha (squama), qora qo‘tir po‘st-qaloq (crusta), yoriqlar (fissura), ekskoriatsiya, tirnalish (excoriatio), eroziya (erosio), yara (ulcus), chandiq (cicatrix), vegetatsiya (vegetationes), lixenifikatsiya (lichenificatio).

Tangacha - muguz qavatning ko‘chib tushadigan yadrosiz hujayralari. Odatda, odam terisidan fiziologik ravishda o‘z umrini yashab bo‘lgan muguz qavat hujayralari tangacha bo‘lib tushib ketadi. Ayniqsa, ular yuvinganda, kiyim-kechak badanga ish-qalanganda ko‘plab ajraladi. Ayrim kasalliklarda tangachalar yengil ko‘chadi (tangachali temiratki), ba'zan teridagi elementlar bag‘riga mahkam bog‘langan bo‘lib (chandiqli eritematoz), ular-ning ko‘chishi bir qadar og‘riq bilan kechadi (Bene-Mesher simptomi). Distrofik va destruktiv jarayonlarga qarab tangachalar mayda va yirik bo‘lishi mumkin.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish