Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Amaliy mashg‘ulot-12
Mavzu: Tropik mintaqa tuproqlari geografiyasi.
Reja:
1. Tropik mintaqaning tabiiy-iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlarini aniqlash.
2 Tropik nam va mavsumiy nam o‘rmon, kserofit – o‘rmon va savanna, chala cho‘l va cho‘l oblasti tuproqlar geografiyasini tahlil qilish va xaritaga tushirish
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Tropik mintaqaning tabiiy-iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari. Tropik nam va mavsumiy nam o’rmon oblasti. Tropik kserofit – o’rmon va savanna oblasti. Tropik chala cho’l va cho’l oblastlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Yer shari tuproq qoplamining eng katta qismi, ya’ni 42 % i ushbu tropik mintaqada joylashgan. Tog‘liklar nisbatan kichikroq hududlarni egallagan bо‘lib, 13 % maydonni egallagan. Mintaqa iqlimi yil bо‘yi issiqligi, hararatning yil davomida deyarli bir xildaligi bilan (о‘racha 20-22 0С dan past emas) xarakterlanadi. Yillik foydali harorat yig‘indisi 8000-110000 bо‘lgani holda, bu vegetatsiya davrining yil bо‘yi davom etishini bildiradi. Issiqlik resursining ushbu holati yil davomida qishloq xо‘jalik ekinlaridan uch marta hosil olish imkonini ta’minlaydi. Ammo, harorat tafovutidan о‘laroq yog‘in miqdori va uning taqsimlanishi keskin farqlanadi (yiliga 50 mm dan 5000 mm gacha). Shu boisdan aynan namlik omili tropik mintaqada tuproq hosil bо‘lish sharoitining differensiyalanishi hamda shu bilan bog‘liq tarzda tuproqlarning turli – tumanligida asosiy sabab sifatida yaqqol namoyon bо‘ladi. Yana namlik omili qadimgi va yosh nurash pо‘sti tog‘ jinslari tarkibining xilma – xilligini ham belgilaydi.
Odatda mintaqaning g‘arbiy sohillarida chо‘l va chala chо‘llar, sharqiy sohillarida esa mavsumiy sernam, ba’zi joylarda sernam tropik о‘rmonlar aniq namoyon bо‘lgan. Chо‘llar bilan о‘rmonlar oralig‘idan siyrak о‘rmonlar va savannalar о‘rin egallaydi.
Tropik mintaqada quyidagi uch guruh tuproq – bioiqlim oblastlari ajratiladi: 1) tropik nam va mavsumiy nam о‘rmon; 2) tropik kserofit – о‘rmon va savanna; 3) tropik chala chо‘l va chо‘l.
Do'stlaringiz bilan baham: |