Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz
Amaliy mashg‘ulot-4
Mavzu: Tuproq hosil bo‘lishining biologik omillari va tuproqning organik qismi.
Reja:
1. Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasini tahlil qilish.
2. O‘simlik va hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismini tahlil qilish.
Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi, O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni, Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismi.
Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Mikroorganizmlar va tuproqlar geografiyasi, O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni, Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou “BLITS-O’YIN” mеtodi va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Mikroorganizmlar tuproqlarning organik va mineral tuzilishini tubdan о‘zgartirib yuborishga qodir organizmlardir. Ular Yer ekotizimlari va biosferaning turg‘unligini ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
Tuproqda mikroorganizmlarning bir qancha turlari uchraydi. Ularga: bakteriyalar, lentasimon zamburug‘lar (aktinomitsitlar), zamburug‘lar, suv о‘tlari va tuproq sodda hayvonlari kiradi. Mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida tuproq organik moddalarining о‘zgarishi va yangi mineral birikmalarining vujudga kelishi kabi biokimyoviy jarayonlar bо‘lib turadi. Umuman mikroorganizmlarning tuproq hosil bо‘lishida о‘rni beqiyos. Ular о‘simlik qoldiqlarining chirish, bijg‘ish jarayonlarida qatnashib, tuproqda organik – mineral hosilalarni vujudga keltiradi, chirindi (gumus)ni yaratilishida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning azot muvozanatida ham mikroorganizmlar muhim ahamiyatga ega (atmosferadagi azotni о‘zlashtiradi). Ayrim mikroorganizmlar о‘zlashtirilgan erkin molekulyar azotni murakkab moddalarga aylantiradi va tuproqda azotli moddalarning kо‘payishiga sabab bо‘ladi. Mikroorganizmlarning tog‘ jinslarini yemirishdagi va yangi tuproq minerallarini hosil qilishdagi ishtiroki ham muhim. О‘simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibiga ham faol ta’sir kо‘rsatadi. Minerallarning salmoqli qismi о‘simliklarning tanasida vujudga keladi va ular nobud bо‘lganidan sо‘ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallarning vujudga kelishida о‘simliklar ham faol ishtirok etadi.
Hayvonot olamining tuproqlar geografiyasidagi ahamiyati va tuproqlarning organik qismi tuproqlarning zonal tarqalishiga hayvonlarning ta’siri о‘simliklarnikiga qaraganda kam darajadaligi ma’lum bо‘lsada, biroq ularning indikatsion ahamiyati juda yuqori. Tuproq turli – tuman hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, ba’zilari unda bir umr yashasa, boshqalari hayot ma’romining ma’lum qismini unda о‘tkazadi. Tirik organizmlar biomassasi о‘simliklar biomassasiga qaraganda ancha kam va 5 % dan kо‘p bо‘lmagan fitomassani tashkil etadi. Nisbatan eng kо‘p hayvon biomassasi о‘tloq dashtlarga tо‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |