Bog'liq Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555
Qiyosiy – geografik usul tuproqlarni о‘rganishda albatta majmuali yondoshuvni taqozo etadi. A.A.Rode yozganidek, qiyosiy-geografik usul va uning birlamchi kо‘rinishi tuproqshunoslikning rivojlanishida ulkan rol о‘ynagan. Bu tuproq hosil bо‘lishida V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlangan eng kuchli iqlim omili ham aynan shu usulni qо‘llashga tayangan. Shu usul tufayli olim tuproqlarning asosiy guruhlarini ajratishga ham muyassar bо‘lgan. Shu о‘rinda ushbu usulning asoschisi bobomiz Zaxriddin Muxammad Bobur bо‘lganliklarini ham eslatib о‘tmoq lozim.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamini о‘rganishda distansion usulning ahamiyati orta boshladi. Koinotdan olingan va aerofotosuratlar tuproq xaritalari tuzishda va yer resurslarini baholashda keng qо‘llaniladi. Bunda tuzilgan xaritalarning aniqlik darajasi ortishi bilan birga avvalgi an’anaviy usulda bajarilishiga nisbatan tuproq-xaritashunoslik ishlarning narxi pasaydi.
Koinotdan olingan suratlar bir vaqtning о‘zida tuproq qoplamining juda katta hududlarini qamraganligini kо‘rish mumkin hamda bu о‘z о‘rnida tuproq qoplami tuzilmasini tizimlash va tuproq-geografik rayonlashtirish maqsadlarida tuproqning tarkibi va tuzilishining holisonaligini ta’minlaydi.
Tuproq qoplamini о‘rganishda о‘ziga xos tadqiqot tamoyillari, usullari yetarli bо‘lsada, ular materialistik dialektikaning muhim tamoyillari va tizimli yondoshuvga asoslanadi.
Tuproq qoplami barcha quruqlik ekotizimlari va biosferada muhim ekologik rol о‘ynaydi. Yerning yupqa organik – mineral qobig‘i – tuproq orqali modda va energiya almashinuvining turli jarayonlari rо‘y beradi. Ushbu jarayonlarning buzilishi makonda turli jiddiy salbiy oqibatlar: tuproq eroziyasi va ifloslanishi, tuproq unumdorligining yо‘qotilishi, chо‘llashish, ichimlik suvi va havoning ifloslanishi, pravordida kishilarning yashash sharoitlarini yomonlashishiga sabab bо‘ladi. Shu bilan bog‘liq tarzda yer resurslari muammolari keskinlashadi va tuproqlarni muhofaza qilishning ahamiyati ortadi.
Tuproqlar geografiyasi nazariyasini rivojlantirishda tuproq qoplami bilan joyning quruqlik yuzasining geologik tarixini evolyusion-genetik aloqadorlikda о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yо‘nalishning mohiyati V.V.Dokuchayevning mashhur ,,Rus qora tuprog‘i” asarida yetarlicha asoslangan. XX asrning ikkinchi yarimida tog‘ jinslari va tuproqlarning yoshini aniqlashda yangi usullarning paydo bо‘lishi, paleotuproqshunoslik va paleogeografiya, tо‘rtlamchi davr geologiyasi hamda paleobotanika, geokimyo va litologiyadagi yutuqlar tufayli evolyusion – genetik aloqadorlikning mohiyati sezilarli darajada kengaydi.