Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Oqgulli shirach Yeremurus lactiorus O. Fedtsch



Download 28,52 Mb.
bet158/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Oqgulli shirach Yeremurus lactiorus O. Fedtsch.
G‘arbiy Tyanshan va Nurota tizmasining kamyob endemigi. Gulini ommaviy tyerish va chorva mollarini xaddan tashqari o‘tlatilishi natijasida areali va soni ancha qisqargan manzarali o‘simlik. O‘zbekiston Qizil kitobiga 2- toifada kiritilgan. Tashqi ko‘rinishi. Bo‘yi 40-100 sm, ko‘p yillik o‘t o‘simligi. Ildizpoyasi kalta, bo‘laklari urchuqsimon yo‘g‘onlashgan. Barglari keng, uzunchoq, kengligi 15-25 mm, silliq. Shingili siyrak, ko‘p gulli popuk, uzunligi 1530 sm. Gulqo‘rg‘on bargchalari sarg‘ishoq, yakka tomirli. Mevasi-kengligi 2-3 sm, silliq sharsimon ko‘sak. Mayiyunda gullaydi, iyun-iyulda mevasi etiladi. Tarqalishi. Ugom, Piskom va Chotqol tizmalarida uchraydi, shuningdek, Nurota tizmasida alohida joyda o‘sishi ma’lum. Chotqol va Nurota davlat qo‘riqxonalari hududida va Ugom Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Yashash joylari. Tog’‘larning o‘rta mintaqasidagi shag‘alli va toshli yon bag‘irlarida o‘sadi. Soni. Bitta-yarimta va to‘p-to‘p bo‘lib uchraydi. Nurota qo‘riqxonasida qayd qilingan yagona populyasiya bir necha o‘n boshni tashkil qiladi.

Yashil gulli shirach Yeremurus chloranthus Popov
O‘zbekiston florasining eng kamyob va kam o‘rganilgan turlaridan biri. Faqatgina bir marta 1926-yili Guralashsoyning yuqori oqimida (Zarafshon qo‘riqxonasining hozirgi hududida) qayd qilingan edi. Keyingi yillarda ushbu o‘simlikni barcha qidiruvlari natija byermagan. Qizil kitobga 0- “yo‘qolib ketgan” toifasida kiritilgan. Tashqi ko‘rinishi. Kalta ildizpoyali va urchuqsimon-qalinlashgan ildizli, ko‘p yillik, bo‘yi 60-70 sm o‘simlik. Barglari keng uzunchoq, kengligi 15 mm. To‘pguli qalin, silindrik ko‘p gulli popuk, uzunligi 25-30 sm. Gulqo‘rg‘on barglarining uzunligi 14-15 mm, yashilsimon, yakka tomirli. Changchilari gulqo‘rg‘onidan qaltaroq. Iyulda gullaydi. Tarqalishi. Turkiston tizmasi g‘arbiy qismining tor endemigi. Yashash joylari. Tog’‘lar o‘rta mintaqasining toshli yon bag‘irlari. Soni. Ehtimol tabiatda tur butunlay yo‘qolgan yoki etib borish qiyin bo‘lgan joylarda juda kam saqlanib qolgan.


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson-tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q. Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, cndi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.



Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish