Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


OLGA LEPIDIUMI / Lepidium olgae (R.M. Vinogr.) Al-Shehbaz et Mumm



Download 28,52 Mb.
bet179/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

OLGA LEPIDIUMI / Lepidium olgae (R.M. Vinogr.) Al-Shehbaz et Mumm.
Maqomi 2. Nurota tizmasining kamyob endemik turi. Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik o‘t o‘simlik, ildizpoyasi tik, yo‘g‘onlashgan. Poyasi 30–70 sm balandlikda, tuksiz, ancha yo‘g‘on, yuqori qismi shoxlangan. Barglari tuksiz, kulrang, etli. Ildiz bo‘g‘zidagi barg lari yirik, keng tuxumsimon yoki deyarli yumaloq, pastki qismi toraygan, keng qanotchali bandga ega. Poyadagi barg lari tuxumsimon, bandsiz, sekin - asta kichrayib boradi. Gullari ko‘p gulli o‘simlikning tepa qismidagi shingillarda murakkab ro‘vak hosil qilib o‘rnashgan. Gultoji oq, uzunligi 8–9 mm. Kosachabarglaridan 2 baravar uzun. Qo‘zoqchasi ochilmaydigan, teskari tuxumsimon, uzunligi 16–20 mm, eni 8–10 mm, sal qabariqli, pishganlari osilib turadi, uzun va qayrilgan meva-bandida o‘rnashgan. Aprel va mayning boshlarida gullab, mevasi may–iyunda etiladi. Tarqalishi. Jizzax viloyati: Nurota tog’‘ tizmasining markaziy qismida tarqalgan. O‘sish sharoiti. Tosh-chag‘irtoshli, toshli-mayda chag‘irtoshli tog’‘larning o‘rta qismidagi shimoliy va g‘arbiy yonbag‘irlarda o‘sadi. Soni. Tabiatda juda kam, tarqoq holda bir necha tupdan to o‘nlab o‘simlikkacha tarkib bo‘lgan kichikkichik populyasiyalar uchraydi. Umumiy soni 1000 tupga yaqin. Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. O‘simliklarning kichik maydonlarda o‘sishi, sharoitga uncha moslashmaganligi, mahalliy aholi tomonidan ildizpoyalarining kavlab olinishi.
AFLOTUN PIYOZI / Allium aflatunense B. Fedtsch
Endemik o‘simlik. Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 80–200 sm oralig‘idagi ko‘p yillik piyozli o‘t. Piyozi yirik, diametri 6 sm gacha etadi. Qobig‘i qora-kulrang. Poyasining tubini eni 10 sm keladigan tasmasimon barglari o‘rab olgan. To‘pguli sharsimon, gullari ko‘p va tig‘iz, yulduzsimon gulqo‘rg‘on bo‘lakchalari och binafsha rangli. May–iyun oylarida gullab, urug‘i iyun–iyulda etiladi. Tarqalishi. Toshkent viloyati: Piskom, Ugom, Chotqol tizmalarida tarqalgan. Qirg‘izistonda, Chotqol va Farg‘ona tizmalarida uchraydi. O‘sish sharoiti. Tog’‘larning o‘rta va yuqori qismlarida o‘tlar bilan qoplangan yonbag‘irlarda va daryo bo‘ylaridagi sizot suvlari uncha ko‘p bo‘lmagan joylarda o‘sadi. Soni. Bir-biridan ajralgan holda kichik-kichik to‘plar tashkil qiladi. Ko‘payishi. Asosan urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Piyozining mahalliy aholi tomonidan ozuqa sifatida ishlatish hamda dorivor va manzarali o‘simlik sifatida tomorqa yerlariga ekish uchun qazib olinishi, kuz va qishda turli hayvonlar tomonidan piyozlarining eyilishi kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stirilmoqda. Muhofaza choralari. Chotqol biosfyera qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish