Gordyagin qatroni - Crambe gordjaginii Sprygin et Popov
Kamyoblik darajasi. Nurota tog’’i uchun , kamyob endem tur. Qisqacha tavsifi. Ko’p yillik o’t o’simlik, ildizpoyasi tik, yo’g’onlashgan. Poyasi 30-70 sm balandlikda, tuksiz, ancha yo’g’on, yuqori qismi shohlangan. Barglari tuksiz, kulrang, etli. Ildiz bo’g’izidagi barglari yirik, keng tuxumsimon yoki deyarli yumaloq, pastki qismi toraygan, keng qanotchali bandga ega. Poyadagi barglari tuxumsimon, bandsiz, sekin asta kichrayib boradi. Gullari ko’p gulli o’simlikning tepa qismidagi shingillarda murakkab ro’vak hosil qilib o’rnashgan. Gultoji oq, uzunligi 8-9 mm. Kosacha barglaridan 2 baravar uzun. Qo’zoqchasi ochilmaydigan, teskari tuxumsimon, uzunligi 16-20 mm, eni 8-10 mm, sal qabariqli, pishganlari osilib turadi, uzun, qayrilgan meva bandida o’rnashgan. Aprel va mayning boshlarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi. Toshchag’irtoshli, toshli-mayda chag’irtoshli tog’’larning o’rta qismidagi shimoliy va g’arbiy yonbag’irlarda o’sadi. Juda kam uchraydi. Bir nechtadan o’ntagacha guruh bo’lib o’sadi. Umumiy soni 1000 tupga yaqin. Urug’idan ko’payadi. Tarqalishi. Jizzax viloyati: Nurota tog’’ining markaziy qismida tarqalgan. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. O’simliklarning kichik maydonlarda o’sishi, sharoitga uncha moslashmaganligi, mahalliy aholi tomonidan ildizpoyalarini kavlab olinib dorivor maxsulot sifatida ishlatilishi tufayli kamayib ketgan. Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Nurota qo’riqxonasida muxofaza qilinadi. Populyatsiyalari nazorat qilinishi kyerak.
SHO’RADOSHLAR OILASI - CHENOPODIACEAE
O’tkirbarg baliqko’z - Climacoptyera oxyphylla U.P. Pratov
Kamyoblik darajasi. O’zbekistonning janubiy qismida kichik maydonda saqlanib qolgan endem o’simlik. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 10-15 sm, asosidan shoxlagan, bir yillik o’t. O’simlikning pastki qismi qalin, yuqori qismi esa siyraklashgan, uzun, ko’p xujayrali, chalkash, yarim yotiq tuklar bilan qoplangan. Shoxchalari va barglari ketma-ket joylashgan, poyadagi barglarining bandi poyasiga yopishgan. Barglari etli, qalami yarim tsilindrsimon, uchi o’tkir, bargining uchi g’uj tukli. Gullari yakka, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Guloldi bargi etli, uchi o’tkir, yonbargcha va gulqo’rg’onlardan uzunroq. Gulqo’rg’oni 5 bargchali, uzunligi 6 mm, mevalagan paytida yuqori qismi tukli qanotchalar hosil qiladi. Changchasi 5 ta. Tumshuqchasi bigizsimon, gulqo’rg’onidan qisqa. Urug’i yotiq joylashgan. Kam uchraydi, yakka-yakka holda o’sadi. Urug’idan ko’payadi [Pratov O’.P., 1995]. Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: O’zbekistonning janubida Shyerobod vodiysidagi Maydon qishlog’i atroflarida tarqalgan. O’sish sharoiti. Ochiq ola jinsli yyerlarda o’sadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. Ola jinsli yyerlarda o’sishi va u o’sgan yyerlarda chorva mollarining boqilishi uning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Chorva mollarini boqishni (ayniqsa o’simlikning urug’i yetilgan davrda) cheklash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |