Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish idoralari haqida ma’lumot



Download 28,52 Mb.
bet151/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish idoralari haqida ma’lumot.
O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax O‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kulsoy va G‘uralashsoy havzalarida „G‘uralash" tog’‘ archa qo‘riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. U keyinchalik Zomin tog’‘- o‘rmon qo‘riqxonasi nomi bilan qayta tiklangan.
O‘zbekistonda umumiy maydoni 460 ming gektarni tashkil qiluvchi 14 ta qo‘riqxona mavjud. Qo‘yida ularga to‘xtalib o‘tiladi.
Zomin tog’‘-o‘rmon qo‘riqxonasi. U turkiston tizmasi g‘arbiy qismining shimoliy yonbag‘rida, Zomin tog’‘ida 1900 - 3500 metr balandlikda joylashgan. Bu yyerda tog’‘, dasht, o‘rmon va subalp o‘simlik mintaqalari mavjud. Qo‘riqxona hududida 150 dan ortiq o‘simlik turlaridan iborat. Bu yyerda archaning uch turi uchraydi. O‘rmonzorning pastki qismida Zarafshon archasi, o‘rta kismda Saur archasi, yuqori qismida Turkiston archasi o‘sadi.
“Zomin” davlat qo‘riqxonasi 1928 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida 26,84 ming gektar maydonda joylashgan, shundan 11,32 ming gektar o‘rmon bilan qoplangan. Asosan tog’‘, o‘rmon, yaylov va lalmi yyerlardan iborat. Qo‘riqxonani tashkil etishdan maqsad tabiiy tog’‘- archazorlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va inson faoliyati ta’sirisiz tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
Viloyatda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga mansub Zomin milliy tabiat bog‘i 1976 yilda tashkil etilgan bo‘lib, milliy tabiat bog‘ining maqsadi regionda tabiiy noyob majmualarni, biologik xilma-xillikni, xayvonot va o‘simlik dunyosi genetik fondini saqlab qolish hamda tabiiy rekreatsiya jarayonlari monitoringini yuritish, mahalliy va xorijiy turizmni rivojlantirish va tabiat muhofazasi ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Zomin milliy tabiat bog‘ida yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning 1000 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, 107 dan ortiq turining dori-darmonlik xususiyati aniqlangan, 15 tur o‘simlik O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi Qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Yyer maydoni 24,11 ming gektarni, shundan o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 16800 gektarni tashkil etadi.
Mazkur qo‘riqxona chotqol tizmasining janubiy-g‘arbiy qismidagi dengiz satxidan 1000 - 3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, maydoni 47,5 ming gektar yyerni tashkil qiladi. Qo‘riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‘rmonlar, archazorlar, alp o‘gloqlari kabi ladshaft mintaqalari mavjud. Bu yyerda 600 dan ortiq o‘t, 40 ga yaqin daraxt va buta o‘simlik turlari uchraydi. qo‘riqxonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. Bundan tashqari pista, kavkaz shamshodi, zirk, irg‘ay, va boshqa o‘simlik turlari o‘sadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish