Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet96/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Achchiqmiya (Goebalia pashycarpa Bge.) dukkakdoshlar oilasidan, bo‘yi 30—50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari 1—1,5 sm uzunlikda, lansetsimon yonbargchalari bor. Bargchalari 8— 13 juft, ustki tomoni oq tukchalar bilan qoplangan, uchi sal uchliroq. Achchiqmiya mart oyida ko‘karadi. Dastlab ikki barg hosil qilib, keyin poyasi rivojlanadi. Poya va barglari tig‘iz oq tukchalar bilan qoplangan. Poyasi qattiq, yon shoxchalar hosil qilib o‘sadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari poyaning uchki qismida siyrak shoda hosil qiladi. Uning uzunligi 7—24 sm, eni 2 sm keladi. Gul yonbargchalari ingichka, uzunchoq, 2,5 mm uzunlikda, gulkosasi nayga o‘xshash qo‘ng‘iroqsimon, 6—6,5 mm uzunlikda. Gultoji kulrangda. U gulkosadan chiqib turadi. Dukkagi (mevasi) iyun-iyul oylarida pishadi. Urug‘i dukkak ichida joylashgan, ko‘rinishdan bo‘g‘im-bo‘g‘imga o‘xshab ko‘rinadi. Urug‘i silliq, tuksiz, buyraksimon, qoramtir-qo‘ng‘ir tusda. Achchiqmiya respublikaning deyarli hamma viloyatlaridagi qumloq va bo‘z tuproqlarda, yo‘l yoqalarida, bahorikor yyerlarda o‘sadi. Gullagan paytida qo‘y va echkilar poyaning uchki qismini yeydi. G‘alla ekinlari orasidagi begona o‘tdir. Uning urug‘i tarkibida alkaloid bo‘lib, zaharli hisoblanadi. Urug‘i arpa, bug‘doy doni bilan qo‘shilib tortilsa, uni achchiq bo‘ladi. Bunday unni iste’mol qilish mumkin emas. Achchiqmiyaning barg, poyalari ham achchiq. Shu sababli qishki xashak tayyorlaganda u qo‘shilib qolsa, bunday xashakni mol yemaydi.
O‘simliklar qoplamining almashinishi (suksetsiya)
Cho‘l poyasida joylashgan o‘simliklar qoplamiga bir nazar tashlaganda, qiziq hodisani ko‘rish mumkin. Ayniqsa, yuqori cho‘lda bu hol yanada aniqroq ko‘rinadi. Agar tig‘iz shuvoqzor orasidan bir oz yursangiz, birdan yantoqzorga chiqib qolasiz, yantoqzorda ancha yurgach, u tugab, karrak bilan qoplangan katta maydonga chiqib qolganingizni o‘zingiz bilmay qolasiz. Bu hol, ya’ni bir o‘simliklar qoplamining ikkinchi o‘simliklar qoplami bilan navbatlashuvi o‘simliklarning almashinishi deyiladi. Geobotanik izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘simliklar qoplamining o‘zgarishida vaqt va masofa asosiy rol o‘ynaydi. O’lkamizdagi o‘simliklarning hozirgi tabiiy qoplamlari kamida 100 va undan ortiq yillarning mahsulidir. O’simliklar qoplamining almashinishida vaqtning roli kattadir. Vaqt o‘tishi bilan o‘simliklar qoplami turli sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. Bunday sabablarga, birinchidan, yil fasllarida ob-havoning o‘zgarishi, ikkinchidan, o‘sha joy uchun eng har aktyerli bo‘lgan o‘simliklarning rivojlanishi, uchinchidan, iqlim sharoitining muttasil o‘zgarib turishiga bog‘liq. O’simliklar qoplamini almashinishi vaqtga bog‘liq; aytaylik 50 x 50 m yoki undan kattaroq maydonda o‘sadigan o‘simliklarni olib u yyerda efemyer va efemyeroid o‘simlik hamda asosiy edifikator bo‘lgan shuvoq (yoki boshqa o‘simliklar) bilan qoplangan bo‘lsin. Agar aynan shu maydon o‘simligini 30—50 yildan keyin qayta o‘rganib tekshirsak, u yyerda avvalgi o‘simliklarning bir necha turi o‘rnida yaltirbosh, rang, qo‘ng‘irbosh, karrak, qirqasoch kabilarning o‘sayotganligini ko‘rish mumkin. Oradan yana shuncha, balki undan ham ko‘proq vaqt o‘tgach, shu yyerni yana takror tekshirsangiz avvalgi o‘simliklarning bir nechasi o‘rniga no‘xatak, chitir, chalov, yantoq, bir necha chala buta va butalarning o‘sib yotganligini ko‘rishingiz mumkin. Xo‘sh bir maydonda vaqt o‘tishi bilan o‘simliklar qoplamining bunday o‘zgarib almashinishiga sabab nima dyersiz? Buning sababi juda ko‘p.
Bu tabiiy ta’sirot, yil fasllarining o‘zgarishi hamda tashqi ta’sirlar (mol boqish, yyerni haydash, yog‘in, sel yuvish kabilar) natijasidir. Agar unga hech qanday kuch ta’sir etmasa, u juda ko‘p vaqt o‘z holatini saqlab turishi mumkin. Lekin tabiatda doimo rivojlanish mavjud bo‘lib, u qarama-qarshiliklar qonuniga asoslangandir; uzoq yillar o‘tishi bilan bu yyerda chala buta, buta yoki efemyeroid yoki boshqa bir o‘simlikning urug‘i uchun sharoit sodir bo‘lishi natijasida unib ko‘payishi mumkin. O’simliklar qoplami vaqt o‘tishi bilan almashinishi shu yyerda o‘sadigan o‘simliklarning biologik xususiyatiga, boshqa o‘simliklar bilan qarshi kurashish faoliyatiga (yyerdagi namni, oziq moddalarni o‘zlashtirishga) va qator boshqa omillarga bog‘liq. Bunda qaysi o‘simlik sharoitga tez moslashsa, u o‘sha joyning asosiy xo‘jayini bo‘lib, boshqa o‘simliklarni qurib qolishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, yantoq bilan shuvoq hech vaqt birga o‘smaydi. Yantoq o‘sgan joyda shuvoq o‘smaydi. Bu yyerda asosiy o‘simlik edifikatori yantoqdir. Uning ildizi yyer osti suviga tegib turadi. U har qaiday sharoitda ham o‘sa oladi. Natijada yantoq bilan qoplangan maydonda shuvoq butunlay o‘smaydi, bor bo‘lsa ham juda kichik, nimjon tuplarinigina uchratish mumkin. Bu ham yo o‘lib borayotgan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra kelib qolgan shuvoq urug‘ining vaqtincha o‘sayotgan tipi bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan o‘simliklar qoplamining almashinishida yil fasllaridagi ob-havoning o‘zgarishi ham katta ta’sir qiladi. Ba’zi syeryog‘in yillar o‘simliklar baland bo‘yli, syerhosil bo‘lib, ko‘p mevalaydi. Natijada bunday yillari uning urug‘i o‘sha joyga va atroflarga tarqalib, o‘simliklar qoplamining asosiy qismini tashkil qilib boradi. Kam yog‘in yillari esa uning aksi bo‘ladi. Ana shunday qurg‘oqchil holat bir necha yil takrorlansa, o‘simliklar urug‘ — meva byermaydi, atrofga tarqala olmaydi, o‘zi ham qurg‘oqchilikka chidash byera olmaydi va bora-bora qurishi, o‘rnini qurg‘oqchilikka chidamli boshqa o‘simliklarga bo‘shatib byerishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan o‘simliklar qoplamining almashinishida bunday tabiiy faktorlardan tashqari turli ta’sirotlarning roli ham kattadir. Bunga odamning, hayvonlarning va tabiiy ofatning ta’sirida o‘zgarib borishi misol bo‘la oladi. O’simliklar qoplamining almashinishida tabiiy relef, tuproq asosiy rolni o‘ynaydi. Ma’lumki, qum tuproqli yyerda issiqqa chidamli shu sharoitga moslashgan o‘simlik o‘sadi. Cho‘lning bunday qismida eng avval saksovullar bilan qoplangan maydonni uchratish mumkin. Qum bilan qoplangan yyerlar ma’lum joygacha borgach, u tugab o‘rniga gips yoki soz tuproqli yyerlar boshlanadi. Demak, saksovulzorlar tugab, uning o‘rniga shu relefda, shu tuproqqa moslashgan yantoq yoki shuvoq bilan qoplangan maydonni ko‘rish mumkin. Tabiiy relef toshloq, qumloq, shag’alli bo‘lsa, ular bir-biridan farq qiladi. Toshloq yyerlar tez isiydi va issiqlikni atrofga — o‘simliklar qoplamiga tarqatadi. Qumloq yyer ham kuchli isiydi. Uning havosi quruq bo‘ladi. Qum tuproqning isishi ancha ichkarigacha boradi. Bu issiqlik va quruq havo o‘sha joyda o‘sadigan o‘simliklar dunyosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘simliklar qoplamining almashinishida relef va tuproqning roli kattadir. O’simliklar qoplami almashinishida odamning ta’siri ham kattadir.
Ba’zan o‘zi uchun foydali, lekin tabiat uchun zararli ishlarni ham qiladi. Bu ko‘pincha tushunmaslikdan yoki tushunib qilinadi. Akademik Q.Z.Zokirov o‘zining «O’simliklar qoplamining o‘zgarishida odamning roli» degan maqolasida bu haqda shunday yozadi: «Urmiton qishlog‘ida 400 dan ortiq axoli yashaydi. Ularning hamma imoratlari archa daraxtidan qilingan. Uylarning yaqinidagi tog’’ tepaliklarida butunlay daraxt yo‘q. Xuddi shuningdek, Kant va Pinxon qishloqlari atrofi ham bo‘m-bo‘sh. Haqiqatda u yyerlarda bir vaqtlar qalin daraxtlar bo‘lgan va buni isbotlovchi dalillar bor».
Kishilar ongli ravishda ko‘pgina joylarga turli xil ekinlar, daraxtlar ekib, o‘sha joyning o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Masalan, katta maydonlarda arpa, bugdoy ekib, u yyerlarni o‘zlashtiradi. Suvsiz cho‘llarga turli issiqqa chidamli o‘tlar, yem-xashak bo‘ladigan cho‘g‘on, qandim, keyreuk yoki ihota daraxtlari, qorqsaksovullar ekib, o‘zlashtirib, u yyerlarni syero‘t, syerhosil qiladi. Natijada bu joylarda ham yangi tur o’simliklar o‘sib, ular qoplamida yangi o‘zgarishlar yuz byeradi. Respublikamiz tyerritoriyasida bu holni ko‘p uchratish mumkin. Kishilar yangi yyerlar ochish, dehqonchilik qilish uchun qanchadan-qancha foydali o‘simliklarni sindirib, yo‘q qilib yuborgan. Masalan, quyonsuyak bundan 20—30 yil ilgari cho‘lda juda ko‘p o‘sardi.
Endilikda uni izlab zo‘rg‘a topish mumkin (quyonsuyak yoqish, qamchin dasta, xalacho‘p va hassa qilish uchun ayovsiz sindirib yuborilgan). Masalan, saksovul yaqingacha qalin o‘rmon hosil qilar edi. Cho‘lga qadam qo‘yishingiz bilan cho‘lning issig‘iga, shamoliga bardosh byerib, yo ko‘karib yotgan saksovulzorni ko‘rardingiz. Endi-chi? Kamida cho‘lning 40—50 km ichkarisiga kirib bormaguncha, qalin saksovulzorni uchratish qiyin. Cho‘lning ko‘pgina joyida saksovullar siyrak bo‘lib, har 100— 150 m da 1—2 tupini uchratish mumkin. Bunday bo‘lishiga sabab, yoqish uchun saksovulni ayovsiz sindirib kelinishidir. Ildizi bilan sug‘urib olingan saksovul qayta ko‘karmaydi. Sindirilgan saksovul o‘rniga urug‘idan ekib ko‘kartirish va avvalgi holiga keltirish uchun kamida 10— 15 yil kyerak. O’sha joyga saksovul urug‘i ekilsa, ma’lum vaqtdan keyin o‘rnini to‘ldirish mumkin, ekilmasa u yyerda boshqa o‘simliklar o‘sib, yangi o‘simlik qoplami hosil bo‘ladi. Demak, bir vaqtlar saksovul bilan qoplangan joyda boshqa o‘simliklarning o‘sishiga kishilar sababchi bo‘lgan.
O’zbekiston tyerritoriyasi turli-tuman o‘simliklarga boy o‘lka. Ana shu o‘simliklarning ba’zilari kishilar ta’sirida yo‘qolib ketgan. Faqat ularning ko‘p o‘sganligini hozirgi saqlanib qolgan nomlardan ham bilish mumkin. Ma’lumki, bir joyni nomlashda uning o‘ziga xos, hammaga tanish bo‘lgan xususiyati xisobga olinib, keyin nomlanadi. Xuddi shunday nomlardan: anjirli, pistali tog’‘, olmazor, yong‘oqli qishloq, tolpalak qovuncha va boshqalarni eslatish mumkin. Afsuski, ana shu joylar hozir ismi-jismiga monand emas. Pistali toqqa chiqsangiz pista daraxtidan birorta ham uchrata olmaysiz. Haqiqatan nomidan ma’lumki, bu joylar ilgari pistazor bo‘lgan. Bu daraxtlar turli sabablarga ko‘ra (yoqish, imoratga ishlatish, yyer ochish uchun qirqilib) yo‘qolib ketgan. Natijada, yillar o‘tishi bilan u yyerlarda boshqa o‘simliklar o‘sib, o‘simliklar qoplami almashingan. Shu narsa aniqlanganki, Nurota tog’‘lari bir vaqtlar archa bilan qalin qoplangan.
Endilikda esa ular butunlay yo‘qolib, faqat uch tup archa saqlanib kolgan. Tog’‘dagi archa daraxtlari uzoq muddat sindirilgan, yong‘in tufayli kuyib ketgan, noto‘g‘ri foydalanish natijasida kamayib borgan va yillar o‘tishi bilan yo‘qolib ketgan. Endilikda ularning o‘rnida boshqa o‘simliklar ko‘karib, yangi o‘simliklar qoplami hosil bo‘lgan. O’simliklar qoplamining almashinishida kishilar ekish uchun tabiiy o‘simliklarni xaydab yuborib, o‘rniga madaniylarini ekadilar. Natijada o‘sha uchastkada o‘simliklar qoplami almashinadi. Masalan, shuvoq bilan qoplangan maydonni buzib arpa, bug‘doy yoki boshqa ekin eksa, u yyerda yangi o‘simlik qoplami hosil bo‘ladi. Kishilar bu joydagi 6—7 yil foydalangach, keyin tashlab qo‘yib, u yyerga ekin ekishmaydi. Endi bu yyerda boshqa o‘simliklar — qo‘ng‘irbosh, rang, chitir, karrak yoki boshqa o‘simliklarning urug‘i turli sabablarga (ko‘piicha shamol yordamida) ko‘ra kelib tushsa, u yyerda unib, yangi o‘simlik qoplamini hosil kiladi. O’simliklar qoplamining almashinib turishida qushlar va boshqa xil hayvonlarning (ayniqsa chorva mollarining) ham roli katta. Qushlar tog’‘ mintaqasidagi ba’zi o‘simliklar mevasini, donini yeb, cho‘l mintaqalariga o‘z go‘ngini tashlaydi. Natijada, bu joyda shu o‘simlik ko‘karib urug‘laydi, atrofga urug‘ini tarqatib, asta-sekin ko‘payadi. Yillar o‘tishi bilan u cho‘l mintaqasida yangi o‘simlik qoplamini hosil qilishi mumkin. Hayvonlarning roli yana shundaki, ular yurib o‘tlaganda pishgan o‘simliklarning urug‘ini ham yedi yoki ba’zi o‘simliklarning mevasi ilmoqli bo‘lib, ular qo‘y-echkilarning juniga yopishib, uzoq masofalarga ham tarqala oladi. Natijada, yangi sharoitga tushgan o‘simlik urug‘i unib, o‘sha joyda o‘sadi va urug‘laydi hamda urug‘ini atrofga tarqatadi.
Yangi joyga yaxshi moslashsa, u yyerda ko‘karib yil sayin ko‘payadi, atrofdagi boshqa o‘tlarni siqib chiqaradi. Natijada o‘sha joyda o‘simliklarning yangi qoplamlari hosil bo‘ladi. Ba’ zi tabiiy o‘simliklarning urug‘i qalin po‘st bilan qoplangan bo‘lib, ularga biror ta’sir bo‘lmasa, uning urug‘i unib chiqmaydi. Masalan, yantoq urug‘i ana shunday qalin po‘st bilan qoplangan. U urug‘idan juda qiyin ko‘payadi. Yantoqni urug‘dan ko‘paytirish uchun uni avval issiq suvga 1—2 kun solib qo‘yib, keyin ekilsa, yaxshi unadi. Yantoq urug‘ini undirishda ikkinchi oson yo‘l, u g‘arq pishgan paytda yantoqzorga qo‘ylarni haydab yuborish kyerak. Qo‘ylar yantoq urug‘ini yeydi. Yantoq y egan qo‘ylarning go‘ngini istagan joyga olib borib to‘ksangiz, yantoq to‘liq unib chiqadi.
Buning boisi yantoq urug‘ining qalin po‘sti qo‘yning oshqozoniga tushgach, undagi turli fyerment va kislotalar ta’sirida yumshab, urug‘ning unib chiqishi uchun imkon yaratadi. Boshqa o‘simliklarda ham shunday hodisa bo‘lishi mumkin. Natijada o‘simliklarni bir joydan ikkinchi joyga tarqalish ida hayvonlarning xizmati kattadir. Yangi sharoitga tushgan o‘simlik shu joyga moslashsa, o‘sib rivojlanadi. Yillar o‘tishi bilan bu yyerda yangi o‘simliklar qoplami hosil bo‘ladi. O’simliklar qoplami almashinishida xayvonlarning yana bir ta’siri shundaki, mollar ba’zi joylarda ko‘p boqilsa, ko‘p yursa, u yyerning o‘tini bosib payhon qiladi. Bordi-yu, bu hol ko‘p yil takrorlansa, u yyerdagi eng har aktyerli o‘simlik yo‘qolib, o‘rniga boshqa o‘simlik o‘sishi mumkin. Masalan, qo‘ra va quduqlarning atrofida qo‘y podalarining ko‘p yurishi natijasida ularning tuyog‘i bilan u yyerdagi yem-xashak o‘tlari: shuvoq, karrak, qo‘ng‘irbosh kabilar payhon qilinib, keskin kamayib, o‘rniga isiriq ko‘karadi. Isiriq azotga, ammiakka boy tuproqda yaxshi o‘sadi. Bu joyda tez ko‘karib, yaxshi urug‘laydi. Qo‘ra va quduqlar atrofi qo‘y qiyig‘i (go‘ngga) — ammiakka boydir. Shu sababli ham isiriq qo‘ra va quduqlar atrofida zich o‘sadi. Hatto ba’zi eski ovul, eski qo‘ra va quduqlar atrofida 5—6 km gacha zich isiriq o‘sadi. Qo‘ralardan uzoqlashgan sari isiriq siyraklashib boradi. Chunki azotga, ammiakka boy tuproq kamaya boradi. Shu sababdan keksalar «cho‘lda qolib adashganingda, isiriqqa duch kelsang, u siyrak tomonga qarab emas, tig‘iz tomonga qarab yur, albatta yaqin orada qo‘ra yoki ovulga kelib chiqasan » deb bejiz aytmagan. Cho‘l hatto adir poyasida ham isiriq bilan qoplangan bunday joylarni ko‘p uchratish mumkin. Yaylovlarda, qo‘ra, quduq va ovullarda mollarning plansiz joylashtirilishi, u yyerning o‘simliklar qoplami o‘zgarishiga katta ta’sir qilar ekan. O’simliklar qoplamini almashinishida tabiiy faktorlardan shamol, suvning ham roli katta. Shuni ham eslatib o‘tish kyerakki, o‘lkamizdagi barcha o‘simliklarni to‘liq o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Hali botaniklarimiz qadam qo‘ymagan yyerlar juda ko‘p. Bu borada talabalar, maktab biologiya o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida birmuncha yangiliklarni aniqlash mumkin.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish