Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simliklar tempyeraturasining atrof-muhit tempyeraturasiga bog‘liqligi



Download 28,52 Mb.
bet75/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O‘simliklar tempyeraturasining atrof-muhit tempyeraturasiga bog‘liqligi
O‘simlikning tempyeraturasi bilan atrof-muxit tem­pyeraturasi qanday va qaysi darajada mos keladi yoki bog‘liq bo‘ladi, degan savolga javob byerishda o‘simlik tomonidan ajratiladigan issiklik miqdorini nazarda tutmaslik kyerak, chunki u juda kam miqdorni tash­kil etadi. Ildizning tempyeraturasi tuproqning tempyeraturasiga juda yaqin bo‘ladi, chunki ildiz tuproq bilan bevosita bog‘liq xolda joylashgan bo‘ladi. O‘simliklarning yer ustki organlari masalasi juda murakkabdir.
Ham ma vaqt, kechasi yoki kunduzi, qishda yoki yozda o‘simlikning butun hayoti davomida, xususan, uning yer ustki organlari issiqlik radiatsiyasi ta’sirida bo‘la­di. Odatdagi tempyeraturada o‘simlik barglari ko‘p miqdordagi uzun to‘lqinli radiatsiyani o‘zlashtiradi va tarqatadi. Barglarga radiatsiya bevosita yoki boshqa narsalardan aks etib tarqoq xolda tushishi mumkin. Barg o‘ziga tushayotgan enyergiya oqimining bir qismini o‘zlashtiradi va isiydi. Ular o‘zlashtirgan enyergiyaning juda oz qismi fotosintez uchun, ko‘p qismi transpiratsiyaga sarflanadi. 8—20% yashil va 45% gacha infraqizil nurlar qaytariladi. Nihoyat, insolyasiyaning ma’­lum qismi (yana asosan yashil va infraqizil nurlar) barglar orqali o‘tadi.
Shunday kilib, atrof-muxitdan tushayotgan enyergiya oqimi barglarga, shuningdek, butun o‘simlikka ta’sir ko‘rsatadi va unda boradigan fiziologik protsesslar normal o‘tishi uchun sarflanadi. Modomiki, barg tusha­yotgan va qaytaggan enyergiyani o‘zlashtirar ekan, ko‘p narsa o‘simlikka yaqin yuzadagi albedoga bog‘liq bo’ladi. Masalan, quruq qum uyumlari tushayotgan enyergiyaning 30—60% gacha qismini qaytaradi, shuning uchun bunday qum uyumlari ustida o‘sayotgan o‘simliklar bargi quyoshdan tushayotgan enyergiyani 20% ko‘p o‘zlash­tiradi. Bu protsesslar natijasida, odatda, kunduz kunlari barglar tempyeraturasi ko‘tarilib ketishi kuzatiladi. Buni ayniqsa insolyasiya kuchli, transpiratsiya sust bo‘lganda va issiklik almashinuvini kamaytiruvchi shamol bo‘lmaganda yaqqol ko‘rish mumkin.
Barglar tempyeraturasi ko‘p jihatdan qalinligiga va konsistensiyasiga bog‘liq. Bu tempyeratura bevosita tushgan nurlardan oshadi va xavo tempyeraturasidan ham ustun bo‘lishi mumkin; tarqoq tushgan yorug‘likda barglar tempyeraturasi, odatda, xavo tempyeraturasiga qaraganda past bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi uncha katta bo‘lmagan yupqa nozik barglar qalin barglarga qara­ganda insolyasiyaning o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchan bo‘ladi, chunki qalin barglarning satxi uncha katta bo‘lmaganligi uchun issiklik almashinish intensivligi past va transpiratsiya sust bo‘ladi.
V. I.Voznesenskiy va R. M. Reynus (1977) Janubn-G‘arbiy Qoraqumda o‘sadigan o‘simliklar assimilyasiya qiluvchi organlarining tempyeraturasi kun davomida sezilarli darajada o‘zgarib turishini ko‘rsatdilar. Chunonchi, baxor va yoz oylarida 8—14 gradusdan 35—39° gacha o‘zga­rib turadi; kuzda esa 4—30° atrofida bo‘ladi. Yozning eng issiq paytlarida o‘simlikning assimilyasiya qiluvchi organlari tempyeraturasi 40—43° ga yetadi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan, issiq vaqtda barglarini to‘kib yuboradigan buta va chala butalarning, shuningdek, bargli ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning assimilyasiya qiluvchi organlari tempyeraturasi ham ma vaqt havo tem­pyeraturasiga qaraganda past bo‘ladi. Masalan, rovochda maksimal darajadagi farq (8,1°) kuzatilgan.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish