Abiotik omillar – bu tirik organizmga bilvosita yoki bevosita ta’sir etuvchi atrof muhit omillari – kimyoviy, fizik, geografik, va iqlimiy turlarga bo‘linadi.
Kimyoviy abiotik omillarga - havo, suv va tuproqning tarkibi kirsa, fizik abiotik omillarga – harorat, yorug‘lik, bosim, namlik, zichlik kiradi, geografik abiotik omillarga - kun va tunning uzunligi, yer yuzasining relefi va boshqalar kirsa, iqlimiy abiotik omillarga esa shamol, havo suv, dengiz oqimi, radioaktiv nurlar va boshqalar kiradi. Abiotik omillar har bir organizm uchun juda zarur elementlar hisoblanib, organizm shu omilga moslashgan taqdirdagina o‘z hayotini saqlab qolishi mumkin.
Ekosistemada organizmlar qanchalik rang-barang bo‘lsa, oziq to‘rlari keng va turlarning ekologik o‘rnini bosish imkoniyatlari qanchalik keng bo‘lsa u shunchalik turg‘un, barqaror bo‘ladi. Insoniyat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar hech qachon biosfyeraning o‘z-o‘zini tiklash qobiliyati o‘rnini bosolmaydi. Faqatgina tabiiy holida saqlanib qolgan biota biosfyeraning barqaror muvozanatini tiklab turishi mumkin. Insoniyatning bosh vazifasi atrof-muhit ifloslanishlarining oldini olishgina emas, balki tabiiy biotani saqlab qolish bo‘lishi kyerak. Buning uchun tabiiy biota va ochiq okean biotasini o‘zlashtirishni to‘xtatish, shuningdek, o‘zlashtirilgan quruqlikdagi tabiiy biotani tiklash lozimdir. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Inson xo‘jalik faoliyatining tabiat qonunlariga mos kelmasligi, biosfyeraning insonga aks ta’siri ekologik muammolar kelib chiqishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Mahalliy, milliy, regional va global miqyosdagi ekoogik muammolarni ajratish mumkin. Tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi, ekosistemalarga me’yoridan ortiqcha bosim oqibatida ekologik muammolarning keskinlashuvi, mahalliy, milliy, regional va global ekologik xalokatga olib kelishi muqarrardir.
Ekologik xalokat deganda ekosistemalarning qayta tiklanmaydigan darajada buzilishi natijasida o‘ta salbiy iqtisodiy oqibatlarga yoki aholining ommaviy nobud bo‘lishiga olib keladigan vaziyat tushuniladi. Mo‘ynoq tumanida mahalliy ekologik falokat, bir necha davlatlar hududini egallaydigan Chyernobil AES falokati, Orol bo‘yi muammosi regional ekologik xalokatga yaqqol misol bo‘ladi. Atmosfyerada «Ozon tuynuklari»ning hosil bo‘lishi, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi va boshqalar global ekologik muammolar hisoblanadi. Inson hayoti uni o‘rab to’rgan atrof muhit bilan chambarchas bog‘liq. Bizni o‘rab to’rgan tabiatni chindan ham ona desa bo‘ladi. Chunki u butun borliqni hayotbaxsh nafasi bilan ta’minlab turadi, to‘ydiradi, kiyintiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |