Tabiiy fanlar fakulteti biologiya(turlari boʻyicha) yo`nalishi 1–bosqich 19-59 guruh talabasining “Botanika” fanidan bajargan malakaviy amaliyotning hisoboti


Sh. Mamajonov - Tabiiy fanlar fakulteti dekani, rais



Download 51,57 Kb.
bet2/5
Sana27.06.2021
Hajmi51,57 Kb.
#102895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot

1. Sh. Mamajonov - Tabiiy fanlar fakulteti dekani, rais;

2. M.Shermatov - Biologiya kafedrasi mudiri, a`zo;

3. M.Davidov – Botanika kafedrasi mudiri, a`zo;

4. V. Maxmudov - Botanika kafedrasi dotsenti, a`zo;

5. K. Asqarov-Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, a'zo.

Biz talabalarga malakaviy amaliyot rejasi, qoidalari va talablari ma`lum qilindi. Talabalar bilan xavfsizlik texnikasi bo`yicha suhbatlar o`tkazildi, tegishli ko`rsatmalar berildi. Malakaviy amaliyotning maqsadi, vazifasi, amaliyot uchun kerakli jixozlar, gerbariylar tayyorlash texnikasi bilan tanishtirildi, tayyor gerbariy namunalari ko`rsatilib o`simliklarni aniqlash uslubi bilan yaqindan tanishtirildi. Amaliyot jarayonida materiallar to`plash va to`plangan materiallarni aniqlag`ichlar yordamida aniqlash uslublari bilan tanishtirildi. Talabalarni texnika xavfsizligi va amaliyot qoidalari bilan tanishtirildi hamda fuqaro va mehnat muhofazasi bo`limi boshlig`i D.Shodmonov taklif qilinib batafsil ma`lumotlar berdi, talabalar amaliyot davrida texnika xavfsizligi bo`yicha ogohlantirildi.



Rejaga muvofiq 03.11.2020 yil amaliyotning ikkinchi kuni Bugungi amaliyot dasturimizga muofiq Oʻsimliklarning vegetativ oʻrganlaridan Ildizning tuzilishi, tiplari unda kuzatiladigan metamorfoz xillarini oʻrgandik. Shu bilan birga Fargʻona shahri va shahar atrofidagi hududlar o`simlik olami bilan tanishib, Farg`ona shahri va uning tashkil etilishi, qurilishi, ko`kalamzorlashtirish tarixi, o`simliklarning joylashtirilishi, ko`kalamzorlashtirishda kompozitsiyalarning asosiy prinsiplarining qo`llanilishi, shaharning ko`kalamzorlashtirishda ignabargli o`simliklarning o`rni, Farg`ona shaxrida o`stirilayotgan daraxt-butalar va gullar haqida qisqacha ma’lumotlar oldik. Shahardagi manzarali daraxt va butalar, ularning fenologiyasi, yozga tayyorlanish jarayonlari, birinchi gullovchi o`similklar, universitet hududidagi doimiy yashil daraxt, buta va o`t o`simliklar bilan tanishtirildi. O`simliklarning hayotiy shakllari, kurtaklarning holati va ikkinchi marta gulga kirgan o`simliklar, mevalarning xillari va holati bilan ham tanishtirib o`tildi. Namunalar yig`ish va ularni aniqlash usullari o`rgatildi.
04.11.2020 amaliyotning uchinchi kuni

Amaliyotimizning bugungi kunida Oʻsimliklar vegetativ organlari tuzilishlarini oʻrganishni davom ettirgan holda Barg morfologiyasi, uning poyada joylashish xillari va shakllarini, unda kuzatiladiganmetamorfoz jarayonlarini oʻrgandik. Amaliyotimiz Fargʻona shahrida boʻlib oʻtdi. Bizga bu yerda ko`kalamzorlashtirish va fitodizayn yaratish ishlarida mahalliy flora o`simliklari bilan bir qatorda introduksiya qilingan, biologik xususiyatlari jihatidan istiqbolli, manzaraliligi o`ta yuqori bo`lgan turli buta va daraxt hamda gulli o`tsimon o`simliklardan keng miqyosda foydalanilayotgani haqida malumotlar berildi. Yana bizga Manzarali istiqbolli o`simliklardan kompozitsiya yaratish uchun ularning gullashiga katta ahamiyat berilishi kerakligini, gullash muddatlari aniqlangan, istiqbolli, manzaralilik darajasi yuqori bo`lgan ayrim buta va daraxt turlarini Farg`onaning tuproq- iqlim sharoitlarida to`g`ri joylashtirilsa, yaratilgan kompozitsiya o`z manzarasini va go`zalligini to`la namoyon qilishi mumkunligini, hozirgi kunga qadar buta va daraxt o`simliklarning 2000 ta turi, o`tsimon o`simliklarning 900 ta, 2100 ta tur va navdan iborat bo`lgan gulli manzarali o`simliklar, O`rta Osiyo florasi o`simliklaridan 1500 ta, dorivor o`simliklarning 600 ta, 950 ga yaqin tropik va subtropik o`simliklar o`rganilib, introduksiya qilinganligi haqida qoʻshimcha ma'lumotlar ham berib oʻtildi.



05.11.2020 amaliyotning to`rtinchi kuni

Bugun biz amaliyotimiz davomida Poya va uning xillari, shoxlanish tiplari, funksiyalari, metamorfoz tiplarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi genetika va o`simliklar ekperimental biologiyasi instituti Farg`ona filiali hamda Uchko`prik tumani O`rozmergan qishlog`ida joylashgan “Mehrigiyo” dorivor o`simliklarni yetishtirish va mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxonasiga tashrif buyurdik. Uning faoliyati hamda ular ishlab chiqargan mahsulotlar: shifobaxsh choylar, balzamlar, siroplar va boshqa oziqa mahsulotlari bilan tanishdik.Bu yerdagi Rahbarlar tomonidan bizga koʻplab qiziqarli ma'lumotlar berib oʻtildi. Bulardan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Mehrigiyo” kichik korxonasi raqobatbardosh mahsulotlari bilan iste’mol bozorida mustahkam o‘rin egallamoqda ekanligi, Korxonada asalari mahsulotlari va o‘simliklardan 77 turda tabiiy, shifobaxsh choylar tayyorlashi, “Mehrigiyo” korxonasi jamoasi papayyadan yuqori texnologiya asosida shifobaxsh toza ko‘k va qora choylar tayyorlab, mutaxassislar e’tiboriga havola etayotgani, toza ipakdan tayyorlangan xaltachalarga qadoqlangan bu choy jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilashii, ko‘zga quvvat berishi, Ellik kishi ish bilan ta’minlangan korxonada ekologik toza, shifobaxsh darmon dorilar turini ko‘paytirish borasida Toshkent farmatsevtika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Xorazm Ma’mun akademiyasining olimlari bilan bamaslahat ish olib borilayotgani haqida va yana Issiqxona tizimi hamda undagi Noyob oʻsimliklar haqida juda qiziqarli ma' lumotlar berildi.


06.11.2020 amaliyotning beshinchi kuni



Bugungi amaliyotimizda biz gul, gul formulasi, diogrammalarini hamda toʻpgullar va ularning klassifikatsiyasini amaliyotda koʻrib, oʻrgandik.Misol uchun yalpizdoshlar barchasi polikarpik oʻsimliklar hisoblanib, har yili gullab, urugʻlaydi. Shu sababli urugʻlari yordamida ham yaxshi koʻpayadi. Bu oilani turkumlar boʻyicha morfologik tuzilishi oʻrganilib, tahlil qilindi. Bu oilaning koʻkamaron (scutellaria L.) turkumi oilaning turlarga boy boʻlgan turkumlaridan biri.Bu turkum vakillari generativ organlarining tuzilishi bilan oilaning boshqa turkumlaridan farqlanadi. Vakillardagi gullarning kosachabarglari asosan qoʻngʻiroqsimon, 2 labli boʻlib bu lablar butun holatda boʻladi. Mevalash jarayonida bu lablar bir muncha oʻsadi. Bu hodisa koʻplab turlarda yuqori labning qoʻshimcha oʻsishi hisobiga choʻziladi. Keyinchalik meva pishgandan soʻng tushib ketadi. Gullarining tojbarglari ham 2 labli boʻlib uzun qayrilgan turubkasimon. Changchilari bir-biriga juda yaqin boʻlgan 4 ta changchidan iborat. Changdonlari kipriksimon. Yuqoridagilari 2 uyli pastkilari bir uyli. Ustunchasi juda kalta yuqori boʻlmali boʻladi.
07.11.2020 amaliyotning oltinchi kuni

Bugungi amaliyotimizning mavzusiga muofiq bizga Amaliyot rahbarlarimiz tomonidan Meva va urugʻ, ularning tiplarini oʻrganish;meva va urugʻlarning tarqalishidagi moslanishlar; meva va urugʻlar namunalarini yigʻish va kolleksiyalar yigʻish toʻgʻrisida ma'lumotlar berildi.Misol uchun Rano'doshlar oilasi Rubus turkumi vakili boʻlgan ZANGORI MAYMUNJON(rubus caesiusL.) mevasi bir qancha donakchali, koʻk-qoramtir rangli boʻlib, may-iyun oylarida pishadi. Xalq tabobatida maymunjonning hom mevasidan zotiljam kasalligini, bargidan tayyorlangan qiyomdan esa, tomoq ogʻrigʻini davolashda foydalaniladi. Undan oziq-ovqat sanoatida turli konfetlar, yoqimli likyor, spirtsiz ichimliklar, limonatlar ishlab chiqariladi. Uning mevasi tarkibida shakar, efir moyi, tannid oqsil moddasi, flavonlar, kaliy va fosfor tuzlari, solitsil, olma, chumoli hamda limon kislotalari va C vitamini koʻp boʻladi.


09.11.2020 amaliyotning yettinchi kun

Bugungi amaliyotimizning Oʻsimliklarning Hayotiy shakllari: oʻt, chala buta, buta, daraxt shu bilan birga lianalar tuzilishlari, ularda kechadiga oʻxshash yoki nooʻxshash jarayonlarini oʻrganish mavzusi yuzasidan Fargʻona shaxri va shahar atrofidagi xudud o`simliklar olami hamda Shahardagi keng tarqalgan daraxt va butalar bilan tanishdik. Asrlar davomida davom etgan tabiiy tanlanish jarayonida daraxtsimon o`simliklarning turli shakllari paydo bo`lgan. Ushbu belgilariga ko`ra ular bir necha tiplarga ajratiladi. Asosiy tipga daraxtlar, ya’ni yakka, yaxshi rivojlangan tanaga ega bo`lgan daraxtlar bo`lib, tana balandligi 40-50 m, diametri 0.5-1.5 m gacha etadi. Daraxt o`simliklarni quyidagi kategoriyalarga ajratish qabul qilingan

-birinchi kattalikdagi daraxtlar – 25 metrdan baland daraxtlar (qarag`ay, tilog`och, qora qarag`ay);

-ikkinchi kattalikdagi daraxtlar – balandligi 15-25 metr bo`lgan daraxtlar (oq qarag`ay, terak, chinor, qayrag`och);

-uchinchi kattalikdagi daraxtlar – balandligi 7-15 metr bo`lgan daraxtlar (zarang, eman, qayin, oq akatsiya);

-past daraxtlar – balandligi 5-7 metr bo`lgan daraxtlar (pista, tol, shumtol, jiyda);

-baland bo`yli butalar – 2.5-5 metr balandlikda (chakanda, marjondaraxt);

-o`rta bo`yli butalar – 2.5 metr balandlikda (na’matak, zirk, irg`ay, shilvi);

-past bo`yli butalar 0.5-1 metr

-butachalar 0.5 metr balandlikkacha o`sib rivojlanadi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan daraxt o`simliklari tiplaridan tashqari lianalar va yer bag`irlab o`suvchi o`simliklar tiplari mavjuddir. Tok, aktinidiya, klematis, pulariya, lomonos, maymunjon o`simliklari lianalar toifasiga misol bo`ladi.

10.11.2020 amaliyotning sakkizinchi kuni

Oʻsimliklarning ekologik guruhlarini oʻrganish; gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlar, gigrofitlarni va h. k.larnioʻrganish boʻyicha amaliyotga chiqdik. Shulardan Gidatofit oʻsimliklari butunlayiga suvga botib yashovchi oʻsimliklar. Bu guruhga: elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi oʻsimliklar kiradi. Guruh vakillarining bazilari suvda suzib yuradi, bazilarining ildizlari hovuz tubidagi loyga yopishib oʻsadi. Faqat gullash vaqtida toʻpgullari suv yuzasiga chiqadi.

Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning kam boʻlganligi sababli qiyinlashadi. Suvni harorati qancha baland boʻlsa, shuncha suvda shuncha kislorod kam boʻladi. Shuning uchun bu oʻsimliklarning organlarini yuzasi umumiy massasidan koʻp boʻladi. Barglari esa juda yupqa boʻladi. Suvda botib oʻsadigan oʻsimliklarga yorugʻlik kamroq yetib boradi. Shuning uchun ularda soyasevarlik hususiyatlari ham bor. Epidermasida esa fotisintezda qatnashuvchi xloroplastlar mavjud. Epidermasida kutikula boʻlmaydi yoki juda yupqa boʻlib, suvning kirib chiqishiga xalaqit bermaydi. Shuning uchun suv oʻsimliklari suvdan chiqarilganda bir necha daqiqada qurib qoladi. Bu guruh oʻsimliklarining toʻqimalarida yirik hujayra oraliqlari mavjud boʻlib, gaz bilan toʻlib, yaxshi koʻrinadigan aerinximani hosil qiladi. Shuning uchun suvda yashovchi oʻsimliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik toʻqimaga muhtoj emas. Oʻtkazuvchi naylari boʻlmaydi yoki juda sust rivojlanadi, ular suvni butun tanasi bilan shimadi. Hujayra oraliqlari faqat suvda suzishini taminlabgina qolmasdan gaz almashinish joyi hamdir. Kunduzi fotosintez vaqtida ular kislorod bilan toʻladi. Qorongʻuda esa kislorod toʻqimalarning nafas olishi uchun sarflanadi, nafas olganda ajralib chiqqan kabonat angidridi tunda hujayra oraliqlarida toʻplanadi, kunduzi fotosintezda qatnashadi. Koʻpchilik gidatofitlar vegetativ yoʻl bilan koʻpayadilar.

Aerogidatofitlar oraliq guruh oʻsimliklar hisoblanib, bular ham gidatofitlardir. Barglarining bir qismi suv yuzasida suzib hayot kechiradi (ryaska, kuvshinka). Sariq kuvshinkaning barglaridagi ogʻizchalar faqat bargning ustki epidermasida (1mm² da 650 dona) boʻladi. Mezifilida palisad parenxima juda yaxshi rivojlangan. Barg yaprogʻidagi, bandidagi ogʻizcha va keng hujayra oralilaridan kislorod ildizpoya va ildizga boradi.
11.11.2020 amaliyotning to`qqizinchi kuni

Agrofitotsenozlar yani insonlar tomonidan hosil qilinadigan sun'iy oʻsimliklar jamoalarini oʻrganish hamda ularni(paxtazor, bugʻdoyzor, mevali bogʻlar va h.k)barcha talablarga javob beradigan tarzda yaratish haqida qiziqarli malumotlar berib oʻtildi. Madaniy o`simliklar va begona o`tlar ularning yovvoyi o`simliklardan farqi, tumanda ekiladigan muhim madaniy o`simliklar va ular bilan o`suvchi begona o`tlarning o`zaro munosabatlari, begona o`t turlarining tarkibi va hayotiy shakllari haqidagi ma`lumotlar rahbarlarimiz tomonidan bizlarga tushuntirildi. Agrofitotsenozning qavatligi, begona o`tlarning biologik tiplari, ularga qarshi asosiy kurash choralari batafsil gabirib berildi. Ekinzorlardagi muhim madaniy o`simliklar (texnik, don-dukkakli, bog`, sabzovot va poliz ekinlari) orasida uchraydigan begona o`tlar, madaniy ekinlarning o`t bosish darajasini o`rganish va aniqlash usullari o`rgatildi.




12.11.2020 amaliyotning o`ninchi kuni

Amaliyotimiz davomida bugun choʻl oʻsimliklari ekologik jamoalarini hamda ularning boshqa mintaqa oʻsimliklaridan farqli hususiyatlarini oʻrgandik. Choʻl(tekislikdagi) oʻsimliklar hayoti asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok bilan bogʻliq.Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik butalardan: oq saksovul, jungʻun(qandim), cherkez; butalardan oq boʻyalich, quyonsuyak, qizilcha kabi oʻsimliklar oʻsadi. Qisqagina bahor oylarida tez oʻsib, gullab meva berishga ulguradi. Gipsli choʻl florasi unchalik turlarga boy emas. Oʻsimliklar jamoasini shakllantirishda asosan shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Masalan yarim butalardan: buyurgʻun, boʻyalich hamda bir yillik shoʻralar(baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni koʻplab uchratish mumkin. Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi. Nam qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik rivojlanishi uchun juda noqulay, lekin shunga qaramay ayrim joylarda sarisazan, qizil shoʻra, qora baroq, shohilak, oqbosh, buzoqbosh, donashoʻr, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab turadi. Umuman bunday sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrhoklarlarda keng tarqalgan oʻsimliklarga saksovul (2 la turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp vakillari (baliqkoʻz, quyonjun, qorashoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir(issiq va quruq) sharoitida oʻsishga turlicha shaklda moslashgan, yani ayrimlarining bargi, poyasi seret boʻlsa, boshqalarining bargi tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan.



13.11.2020 amaliyotning o`n birinchi kuni

Bugungi amaliyotimizning rejasiga muofiq Adir oʻsimliklari jamoalarining oʻziga xos hususiyatlari va harakterli turlari haqida batafsil malumotlar berilib, u yerdagi oʻsimlik guruhlari bilan tanishtirildi. Bulardan biz amaliyotda Karamguldoshlar, dukkakdoshlar, govzobondoshlar, sigirquyruqdoshlar, soyabondoshlar, labguldoshlar, g`alladoshlar va murakkabguldoshlar oilasiga oid efemer turlar, piyozguldoshlar, ayiqtovondoshlar, ko`knordoshlar, gulsafsardoshlar oilasiga mansub efimeroid turlarni uchrattik. Adir oʻsimliklar qoplamida qo`ng`irbosh (Poa bulbosa L.) va rang bilan birga oqquray (Psoralea drupacea Bge.), qo`ziquloq (Phlomis thafsoilts Bge), shashir, shirach, qatron kabi ko`p yillik o`simliklar mavjudligini koʻrdik. Ammo ularning turlari unchalik ko`p emas ekan. Eng xarakterli turlari esa qo`ziquloq (Phlomis thafsoilts Bge), oqquray (Psoralea drupacea Bge.), karraklar ekan. Bundan tashqari shirach va shashir ham o`sib, shambala, beda, esparset, chitir, o`sma kabi turlar kam bo`lsada uchrar ekan. Boychechak, lola, sarvinjon, yuno, burmaqora, erantus kabi efemeroid turlarni ham uchratdik.




Download 51,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish