Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati.
Qon
aylanish sistemasiga yurak, arteriya, vena va kapillyar hamda limfa tomirlari
kiradi.
Yurakning avtomik qisqarib-kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va
kapilliyarlar orqali tananing hamma to'qima va hujayralariga tarqalib, so'ngra
mayda o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Qon aylanish
sistemasining faoliyati tufayli barcha to'qima va hujayralarga oziq moddalar,
kislorod, gormonlar, mineral tuzlar boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi
natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ayirish organlariga
yetkaziladi, Shuning uchun bu sistema «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |