Limon va mahorkada limon kislotasi borligini
YUQX
usuli bilan aniqlash.
Kerakli asboblar: 1.Silufol. 2.Eksikator 3. Shisha plastinka. 4.
Petri chashkasi
Reaktivlar: 1.Limon shirasi. 2.Tamaki ivitmasi. 3.Limon
kislotasining 0,5% li eritmasi.
Avvalgi tajribadagi kabi silufol plastinkasidan 3×10 hajmda qirqib olib,
pastdan 1-1,5 sm yuqorida bir chiziqda qora qalam bilan uchta nuqta belgilaymiz.
Birinchi nuqtaga suvda suyultirilgan limon shirasidan, ikkinchi nuqtaga limon
kislotasining 0,5% li eritmasidan (guvoh sifatida), uchinchi nuqtaga esa tamakining
suvdagi ivitmasidan (mahorka maydalanib issiq suvda 0,5 – 1 soat oldin ivitib
qo’yiladi) bir tomchidan shisha kapillyar yoki pipetka yordamida tomizamiz, quritamiz
va eksikatordagi etanol – geksan 3:1 sistemasi solingan Petri chashkasiga qiya o’rnatib
eksikatorni zich yopamiz. Хromatogrammani avvalgi tajribadagi kabi yod bug’lariga
tutamiz va dog’larning Rf ni aniqlaymiz.
Kofe va choyda kofeinni YUQX usuli bilan
Aniqlash
Kerakli asboblar: 1.Silufol. 2.Eksikator. 3. Petri chashkasi.
Reaktivlar: 1.Choy. 2. Kofe. 3.Kofein 4.Yod kristallari.
Oldingi tajribadagi kabi sulifol plastinkasidan 3 ×10 sm li hajmda qirqib, pastidan 1 -
1,5 sm yuqorida bir chiziqda qora qalam bilan uchta nuqta belgilaymiz. Birinchi
121
nuqtaga choyning suvdagi eritmasidan, ikkinchi nuqtaga kofeinning 0,5% li
eritmasidan, uchinchi nuqtaga esa kofeinnig suvdagi eritmasidan bir- ikki tomchidan
shisha kapillyar yoki pipetka yordamida tomizamiz,quritamiz va eksikatordagi 5ml
etanol solingan Petri chashkasiga qiya o’rnatib eksikatorni zich yopamiz. Erituvchi
ko’tarilib yuqori qismiga 0,5 sm qolganda plastinkani olib erituvchi ko’tarilgan chiziq
(front chizig’i) ni qora qalam bilan belgilaymiz. Хromatogrammani quritib yod
kristallari solingan eksikatorda bir- necha minut saqlaymiz. Paydo bo’lgan dog’larni
qora qalam bilan chegaralab Rf ni aniqlaymiz.
Sariyog’ tarkibidagi moy kislotasini YUQX usuli
bilan aniqlash.
Kerakli asboblar: 1. Eksikator yoki kimyoviy stakan. 2. Shisha
plastinka 3. Petri chashkasi. 4. Silufol
Reaktivlar: 1. Sariyog’ (eskirgan) 2.Benzol 3. Moy kislotasining
0,5% li eritmasi
Bir necha ml sariyog’ni kolbaga solib uni bir necha ml benzol bilan
yaxshilab aralashtiramiz va bir necha minut qizdiramiz. Bu vaqtda sulfol plastinkasidan
3×10 sm o’lchamda qirqib olib pastidan 1-1,5 sm yuqoridan qora qalam bilan bir
chiziqda ikkita nuqta belgilaymiz. Birinchi nuqtaga moy kislotasining 0,5% li
eritmasidan (“guvoh “ sifatida) shisha kapillyar yordamida quritib turib bir necha
tomchi tomizamiz. Ikkinchi nuqtaga sariyog’ning benzoldagi eritmasidan shisha
kapillyar yordamida bir necha tomchi (quritib turib) tomizamiz. Eksikatordagi Petri
chashkasiga 5ml etanol-ammiak-suv (20:1:4) aralashmasidan solib, plastinkani qiya
o’rnatib og’zini zich yopamiz.Erituvchi ko’tarilib plastinkaning yuqorisiga 0,5-1sm
qolganda
xromatogrammani
olib
front
liniyasini
qora
qalam
bilan
belgilaymiz,quritamiz va yod kristallari solingan eksikatorda bir necha minut
qoldiramiz. Paydo bo’lgan dog’larni qora qalam bilan chegaralaymiz va Rf ni
aniqlaymiz. Moy kislotaning Rf -0,65ga teng.
Askorbin kislotani sifat reaksiyasi yordamida
aniqlash
122
Dorivor mahsulotlar tarkibidagi vitaminlarni asosan xromatografik usul
yordamida aniqlanadi. Bu usul bo'yicha na'matak mevasi tarkibidagi askorbin kislota
quyidagicha aniqlanadi:
0,5 g na'matak mevasini chinni hovonchada maydalanadi va ustiga 5 ml suv quyib,
aralashtirib, 15 minutga qadar tindiriladi, so'ngra ajratma filtrlanadi. Silufol
plastinkasining start chizig'iga tayyorlangan ajratmadan kapillyar (shisha qil naycha)
yordamida tomiziladi. Tomchining qatoriga «guvoh» modda sifatida askorbin kislota
eritmasi tomizilib, keyin plastinka ichiga erituvchilar aralashmasi (etilatsetat —
konsentrik sirka kislotasining 80:20 nisbatdagi aralashmasi) quyilgan xromatografik
kameraga joylashtiriladi va 20 minut davomida qoldiriladi (erituvchilar aralashmasi
taxminan 13 sm ga ko'tariladi). So'ngra plastinka kameradan olinib, havoda quritiladi
va xromatogrammaga 2,6— dixlorfenolindofenolyat natriyning suvdagi 0,04 % li (yoki
0,001 n li) eritmasi purkaladi. Natijada, «guvoh» sifatidagi va ajratmadagi askorbin
kislotalar pushti fonda bir xil balandlikda joylashgan ikkiga oq dog'lar sifatida
ko'rinadi!
2. Askorbin kislota miqdorini aniqlash
Askorbin kislota miqdorini aniqlash, uning oksidlovchilar yordamida
oksidlanish xususiyatiga asoslangan. Askorbin kislota yumshoq oksidlovchilar (KJO
3
,
yod va 2,6-dixlorfenolindofenolyat natriy eritmalari) yordamida titrlab aniqlanadi.
Na'matak o'simligining mevasi tarkibidagi askorbin
kislota miqdorini aniqlash (XI DF bo'yicha).
Na'matakning tozalangan mevasidan tarozida 10 g (tozalanmagan mevadan 20 g)
tortib olib, uni chinni havonchaga solinadi. So'ngra 5 g neytral shisha maydasidan
hamda 300 ml suv (ozginadan bo'lib-bo'lib qo'shiladi) solib, yaxshilab eziladi va 10
minut davomida qo'yib qo'yiladi. Ma'lum vaqtdan so'ng aralashtirib filtrlanadi. 50—
100 ml hajmli konussimon kolbaga 1 ml filtratdan solib, unga xlorid kislotaning 2 % li
eritmasidan 1 ml va 13 ml suv qo'shiladi hamda tez-tez chayqatib turib, 1 minut ichida
123
o'chmaydigan pushti rang hosil bo'lgunga qadar, 2,6— dixlorfenolindofenolyat natriy
birikmasinig 0,001 n eritmasi bilan mikrobyuretka yordamida titralanadi.
1 ml 2,6- dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 n eritmasi 0,000088 g askorbin
kislotaga to'g'ri keladi.
Askorbin kislotaning absolyut holigacha quritilgan mahsulotdagi % miqdori (X)
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bunda—a—2,6- dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 n eritmasini titrlash uchun
ketgan ml miqdori;
C — 2,6- dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 n eritmasini to'g'rilash faktori;
B —- mahsulotdan tayyorlangan ajratmaning ml miqdori;
S - titrlash uchun olingan ajratmaning ml miqdori;
R — analizga olingan mahsulotning miqdori;
W — mahsulotning foiz bilan ifodalangan namligi
.
Mahsulot tarkibidagi vitamin k1 ni xromatografik usul
yordamida aniqlash (
Х
I DF bo'yicha)
1 g maydalangan mahsulotni 15 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml geksan quyiladi
va 3 soat davomida asta-sekin chayqatiladi. So'ngra ajratma filtrlanadi va 2—3 ml
qolgunicha 45°C da suv hammomi ustida kam bosimda haydalinadi.
«Silufol» plastinkasi (13X5 sm kattaligida) ning start chizig'iga mikropipetka
(mikrotomizg'ich) yordamida ajratmadan 0,1 ml tomizilib, plastinka havoda 3—5
minut davomida quritiladi. Qurigan plastinkani benzol — petroley efir (1:1 nisbatida)
aralashmasi quyilgan kameraga joylashtirilib, pastga yo'naluvchi usul bo'yicha
xromatografiya analizi o'tkaziladi. Erituvchi suyuqliklar aralashmasi 10 sm gacha
shimilib tushgandan so'ng xromatografik plastinka kameradan olinadi, havoda 2—3
minut davomida quritiladi va 2 minut UB (Ultra binafsha) nurida (360 nm uzunlikdagi
to'lqinda) ushlanadi. Natijada ajratmadagi vitamin K1 sariq-yashil rangda tovlanuvchi
dog' holida ko'rinadi.
Vitamin K1 tabiatda keng tarqalgan, asosan o'simliklarning yashil qismida uchraydi. U
qon oqishini to'xtatish (qonni ivitish) ta'siriga ega. Shuning uchun tarkibida shu vitamin
124
bo'lgan o'simliklardan tayyorlangan dori turlari, asosan qon oqishini to'xtatuvchi vosita
sifatida ishlatiladi.
Yurak glyukozidlariga rangli reaksiyalar.
Yurak glyukozidlariga rangli sifat reaksiyalar ko'p bo'lib, ularni uch guruhga bo'lish
mumkin:
1. Yurak glyukozidlarining skeleti-sterinlarga bo'lgan Libermen-Burhard reaksiyasi.
Mahsulotdan tayyorlangan va bug'latib quritilgan ajratmani (yoki glyukozidlarni)
konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatida) 2 ml qo'shib
aralashtirilsa, bir ozdan so'ng (yoki bir oz qizdirilsa) oldin pushti-qizil rang hosil
bo'ladi. Hosil bo'lgan rang tezda ko'k yoki yashil tusga kiradi.
II. Yurak glyukozidlarning to'yinmagan lakton halqasiga reaksiyalar
1. Legal reaksiyasi. Quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarning) spirtdagi eritmasiga 2
tomchi piridin, natriy nitroprussidning 5 % li suvli eritmasidan 2 tomchi va ishqorning
10 % li suvli eritmasidan 2 tomchini asta-sekin qo'shilsa, suyuqliklar uchrashgan joyda
qizil rang (qizil halqa) hosil bo'ladi.
Legal reaksiyasi asosan tarkibida 5 a'zoli to'yinmagan lakton (butenolid) halqasi
bo'lgan yurak glikozidlariga — kardenolidlarga xosdir.
2. Raymond reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga m-dinitrobenzolning 10 %
li spirtdagi va natriy ishqorining metil spirtdagi 10 % li eritmalari aralashmasidan bir
necha tomchi qo'shilsa, tezda ko'k rangga o'tuvchi binafsha rang hosil bo'ladi. Bu
reaksiya ham asosan kardenolidlarga (butenolid halqasi bo'lgan yurak glikozidlariga)
xosdir
3. Kedde reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga yangi tayyorlangan 3,5-
dinitrobenzoat kislotasining metil spirtdagi 2 % li va ishqorning 40 % li eritmalari
aralashmasi qo'shilsa, ko'k (ba'zan binafsha yoki qizil) rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya
ko'proq kardenolidlarga xosdir.
4. Rozengeym reaksiyasi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90 % li
uchxlorsirka kislotadan bir necha tomchi qo'shib qizdirilsa, ko'k yoki qizgish-binafsha
125
(ba'zan sariq) rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya ko’pincha tarkibida 6 a'zoli to'yinmyagan
lakton (kumalin) halqasi bo'lgan glikozidlar—bufadiyenolidlarga xosdir.
5. Balye-Neyman (yoki Baljett) reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy
pikratning spirtdagi 1 % li va ishqorning suvdagi 10 % li eritmalaridan qo'shilsa to'q
sariq rang hosil bo'ladi. Bu -reaksiya yordamida tarkibida to'yinmagan lakton halqasi
bo'lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.
6. Vindaus reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga benzoldiazoniy xlorid
eritmasi qo'shilsa, kislota sharoitida tiniq qizil, ishqor sharoitida esa tiniq binafsha rang
hosil bo'ladi. Bu reaksiya ham tarkibida to'yinmagan lakton halqasiga ega bo'lgan
xamma yurak glikozidlari uchun xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |