19
bo’lguncha fenol eritmasidan qo’shamiz. So’ngra fenolyatga qatiq yoki sut zardobidan
1ml qo’shsak sarg’ish - yashil rang hosil bo’ladi.
Salitsil kislotada fenol gidroksili borligini temir (III) -
xlorid ta’sirida aniqlash
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar: 1.
Salitsil kislota, to’yingan eritma.
2. Temir (III) -xlorid, 3% li eritma.
Probirkaga salitsil kislotaning suvdagi to’yingan eritmasidan 1 ml quyib ustiga 3%
li temir (III) -xlorid eritmasidan tomchilatib 2-3ml qo’shsak binafsha rang hosil bo’ladi.
Bu salitsil kislotada fenol gidroksili borligini ko’rsatadi. Shu tajribani benzoy kislotasi
bilan ham takrorlaymiz. Bunda temir (III)- xlorid bilan bu reaksiya bormaydi.
Vino kislotasidan segnet tuzini hosil qilish.
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
Reaktivlar : 1. Vino kislotasi, 5% li eritmasi.
2. Natriy gidroksid, 10% li eritma.
3. Kaliy gidroksid, 10% li eritma.
Probirkaga 1ml vino kislotasining 5% li eritmasidan solib 1 tomchi fenolftalein
qo’shamiz va tomchilatib kaliy gidroksidi eritmasidan quyamiz. Bunda vino kislotali
muhitda bo’lgani holda cho’kma tushadi. Bu vino kislotasining kaliyli nordon tuzidir.
Cho’kma hosil bo’lgach kaliy gidroksid qo’shishni to’htatib, o’rniga
natriy gidroksid
eritmasidan tomchilatib qo’shamiz. Bunda cho’kma eriy boshlaydi va kuchsiz ishqoriy
muhitda to’la erib bo’ladi. Bunda vino kislotasining kaliyli –natriyli normal tuzi hosil
bo’ladi.
Segnet tuzining mis(II)- gidroksid bilan ta’siri.
(Feling reaktivini olish)
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
20
Reaktivlar: 1. Segnet tuzi. 3-5% li eritmasi.
2. Mis (II) - sulfat, 5% li eritma.
3. Natriy gidroksid, 10 % li eritma.
Probirkaga segnet tuzi eritmasidan 1ml solib ustiga ishqoriy muhit hosil
bo’lguncha ishqor eritmasidan qo’shamiz (Feling -1), ustiga mis sulfat tuzining 5 -6 %
li eritmasidan (Feling -2) tomchilatib qo’shamiz. Bunda hosil bo’lgan
laxcha zangori
cho’kma erib to’q ko’k rangga bo’yaladi.
Sut kislotasi oksidlanganda pirouzum kislotaga
aylanishi
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.
2.Reaksion probirka.
Reaktivlar: 1. Sut kislota.
2. Sirka kislota
3. Fenil gidrazin.
4. Kaliy permanganat, 5% li eritmasi.
5. Natriy karbonat, 10 % li eritmasi
Reaksion probirkaga 0,1 g sut kislotasidan solib ustiga neytral muhitga o’tguncha
natriy karbonatning 10% li eritmasidan tomizamiz va kaliy permanganatning 5% li
eritmasidan 0,5 ml qo’shib qaynaguncha qizdiramiz. Aralashmani sovutib filtrlaymiz.
Marganes (IV) - oksididan tozalangan filtratga 2-5 tomchi sirka kislotasi qo’shib
kislotali muhit hosil qilamiz. Keyin fenil gidrazinning sirka kislotadagi eritmasidan bir
necha tomchi qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Bir necha daqiqadan so’ng pirouzum
kislotasining fenil gidrazoni kristallari cho’kadi.
Do'stlaringiz bilan baham: