Tabiiy birikmalar kimyosidan praktikum ( uslubiy qo’llanma)



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana14.12.2022
Hajmi1,82 Mb.
#885318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
tabiiy birikmalar kimyosidan praktikum

 
 



Kirish 
Tabiiy birikmalar kimyosi tirik materiyani tashkil etuvchi o’simlik va hayvonot 
dunyosidagi birikmalarning sifat tarkibi, miqdoriy o'lchash va hayotiy jarayonlardagi 
o'zgarishlar haqidagi fandir. U organik kimyo, fiziologiya va tibbiyot asosida 
shakllangan. 
Tabiiy birikmalar sanoat, tibbiyot, qishloq xo'jaligi kabi sohalar uchun amaliy 
ahamiyati ham katta bo'lib, u ozuqa oqsillari, o'ta zarur aminokislotalar, alkaloidlar, 
vitaminlar, efir moylari, antibiotiklar, bakterial o'g'itlar ishlab chiqarish hamda toza 
ferment preparatlar olish imkonini beradigan biotexnologiya va uning mikrobiologik 
sintez kabi tarmoqlaridan keng miqyosda foydalanish bilan bog'liqdir. 
Ushbu amaliy mashg'ulotlarning asosiy maqsadi - talabalarda amaliy ishga ijodiy 
munosabatni shakllantirish, umumiy kimyo, organik kimyodan, bioorganik kimyodan, 
tabiiy birikmalar haqidagi olgan bilimlarini mustaxkamlash bo'lib, unga bajarilishi 
qiyin bo'lmagan va ko'p vaqt sarflanmaydigan tajribalar kiritilgan. 
Tejamkorlik maqsadida reaktivlar, aralashmalar, eritmalar va oldingi tajribalarda hosil 
qilingan moddalardan keyingi ishlarda foydalanish ko'zda tutiladi. 
ORGANIK KISLOTALAR 
O’simliklardan erkin va bog’langan kislotalarni ajratib 
olish
Erkin kislotalarni ajratib olish 

250ml li konussimon kolbaga yaxshilab quritilgan va maydalangan o’simlik 
organidan 5g solib ustiga 25ml oddiy efir aralashmasini quyib og’zini berkitib 30 minut 
aralashtiramiz va filtirlaymiz. Filtratda organik kislota borligini aniqlash uchun, shisha 
kapilyar yordamida filtr yoki xromatografik qog’ozga bir nuqtaga tomizilgan tomchini 
quritib yana bir nechta tomchi tomizamiz va bromfenol ko’kining 0,05% li spirtdagi 
eritmasidan sepamiz. Kislota tomizilgan nuqta sarg’ayadi. Erituvchini haydab, qoldiqni 
xromatogrfik o’rganish uchun qoldiramiz. 
Bog’langan kislotalarni ajratib olish 

250 ml li konussimon kolbaga o’simlikning erkin kislotalari ajratib olingan 



qoldiqlardan 5g solib ustiga 10-15 tomchi 29% li H
2
SO
4
eritmasidan, 50ml oddiy efir 
va 25 ml aseton aralashmasidan quyib 30minut aralashtiramiz va filtrlaymiz. Filtratdan 
shisha kapillyar yordamida filtr yoki хromatografiya qog’oziga bir necha marotaba bir 
nuqtaga (tomizilgan tomchi qurigandan so’ng) qayta tomizamiz va bromfenol 
ko’kining 0,05% li spirtdagi eritmasidan sepamiz. Aralashma tomizilgan nuqtada sariq 
rang paydo bo’lishi organik kislota borligini ko’rsatadi. Filtrni haydash kolbasiga 
o’tkazib, erituvchini to’la haydaymiz va qoldiqni xromatografik o’rganish uchun 
qoldiramiz.
Bir asosli karbon kislotalarni aniqlash 

0,5 mg bir asosli karbon kislotalarning (chumoli, sirka, propion, moy, valerian, 
kapron, enant, kapril) 1 ml suvdagi eritmasini 0,01 ml (10 l, bitta o’rtacha kapillyar)
N-butil spirti-50ml, 1,5 n ammiak eritmasi-200ml 0,4% suvli KJ eritmasi-50 ml, 
0,1%-li suvli kaliy yodnovatokisliy eritmasi-50ml, 0,5%-suvli kraxmal eritmasi-50ml. 
Yuqorida bajarganimizday filtr qog’ozga 0,01ml har kislotadan ayrim-ayrim nuqtalarda 
tomiziladi. Harakatchan suyuqlik sifatida n-butil spirti, 1,5 n-to’yingan ammiak 
eritmasida yaxshi aralashtiriladi, tindiriladi, yuqori qismi ajratiladi. 
Filtr qog’ozi silindrga tushiriladi tubida yuqoridagi erituvchi. Silindr yopilgach, 
finishga yaqinlashguncha qarab turiladi, keyin olinadi, front chizib qo’yiladi, quritiladi, 
keyin bu qog’ozni bir necha sekund 0,4%-suvli KJ, 0,1% li kaliy yodnovatokisliy, 
0,5%-kraxmal eritmalari teng miqdorda aralashtirilgan vannochkaga botiriladi. Kislota 
o’rnida qizg’ish rang paydo bo’ladi. 
Ma'lum kislotalar Rf lari, n-butanol-suv-ammiak. 
Chumoli-0,1 . sirka-0,11, propion-0,19, moy-0,29, valeriyan-,41, kapron-0,53,
enant-0,62, kapril-0,65. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish