Biologiyoviy usul – maqbul navlar ekish, almashlab ekish tuproq organik birikmalari hosil qilish, chirindi paydo bo’lishini boshqarish.
Kimyoviy usul - o’g’itlar qo’llash, oxaklash, gipslash, kislotalik va ishqoriylikni mu’tadillash.
Tuproq madaniyligi – undagi chirindi miqdori, mikroolam faoliyati, muhiti donadorligi, qattiq va yumshoqliligi, haydalma qatlam qalinlig va boshqalarga qarab aniqlanadi.
Xulosa
Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo’lib, yer po’stining eng ustki g’ovak unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog’liq holda sodir bo’lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Karimov I.A «O’zbekiston iqtisodiy siyosatning ustivor yo’nalishlari ». T. O’zbekiston. 1993
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi “Sabzavot-polizchilik, bog’dorchilik va uzumchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 258-son qarori.
Sh.Xoliqulov, R.Uzoqov, I.Boboxo’jaev. Tuproqshunoslik. Toshkent 2011 yil.
Xantrayev M.V. Yeroziua va hosildorlik. T. O'zbekiston, 1981.
O.Ramazonov, O.Yusufbekov. Tuproqshunoslik va dehqonchilik. T.2003.
A.Ramazonоv, S.Buriyev. Tuproqshunoslik va dehqonchilik. T – “Barkamol fayz media” – 2018.
S.A.Abdullayev, X.Q.Nomozov. Tuproq meliorasiyasi. T.2011
S.A.Azimboyev. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. T.2006.
Musaev B.S. Agrokimyo. T. “Sharq”. 2001.
M.Bahodirov, A.Rasulov. Tuproqshunoslik. T., 1975.
O.Ramazonov, M.Mahmudova. Dehqonchilik va o’simlikshunoslik. T. 2001
http: //www.calorizator.ru/product/nut/circassian-walnut
http: //edaplus .info/produce/walnut.html
Do'stlaringiz bilan baham: |