kursni o’rganishda qo’llaniladigan ish turlari va metodlari
Atrof-tabiat bilan tanishtirish bo’yicha o’tkaziladigan o’quv, tarbiya ishlarida ta’limning turli metodlari qo’llaniladi. Ta’lim metodlari bolalarning ijtimoiy hayot, tabiat haqidagi to’plangan ma’lumotlarni talilil qilish, taqqoslash, muhimlarini ajrata bilish, tartibga solish, umumlashtirish qobiliyatiga qarab tanlanadi.
Atrof olam bilan tanishtirishda o’tkaziladigan mashg’ulotlar darslar tuzilishi, ularning mavzusi va maqsadiga bog’liq.
Agar darslar ekskursiya va tabiatni kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat yoki didaktik o’yinlar bilan bog’liq bo’lsa, 40 – 45 daqiqa davom etadi.
Darslar g’oyaviy, mehnat va axloqiy tarbiya birligi tamoyillari asosida tuziladi.
Mashg’ulotlarni rejalashtirishda:
boshqa fanlar (ona tili, o’qish, matematika, mehnat, tasviriy sanoat, musiqa);
jamiyat hayoti haqidagi bilimlarni mustahkamlaydigan, umumlashtiradigan o’yinlar;
muhim sanalarni nishonlash;
darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar kabilardan unumli foydalaniladi.
Atrof olam bilan tanishtirishda quyidagi metodlar samarali natija beradi:
1. Og’zaki metodlar – bayon qilish, hikoya, suhbat, darslik bilan ishlash.
3-4. Ko’rgazmali metodlar – namoyish qilish, mustaqil kuzatishlar, ekskursiya.
3. Amaliy metodlar – og’zaki va yozma mashqlar, chizmalar, tajriba, laboratoriya ishlari.
Darslarni o’tish jarayonida quyidagi ish turlari va usullaridan foydalaniladi:
1. Tadqiqiy metod.
3-4. Muammoli o’qitish.
3. Dasturlashtirilgan o’qitish.
Tabiatshunoslikni o’qitishda sinfdan tashqari ishlar ham e’tiborga olinadi, bular:
individual ishlar;
guruh mashg’ulotlari;
to’garak ishlari;
ommaviy ishlar;
adabiyotlar o’qishlardir.
Hozirda o’qituvchi bilan o’quvchilarning demokratik munosabatlari tamoyillari keng rasm boldiki, bu hamkorlik pedagogikasining asosi hisoblanadi. Ijodiy ravishda ishlaydigan o’qituvchilar tajribasi o’qituvchining o’quvchilar bilan va o’quvchilarning bir-biri bilan o’zaro insonparvarlarcha, tenglik munosabatida bo’lishi ta’lim va tarbiya ishiga juda yaxshi ta’sir etishini ko’rsatadi. Hamkorlik pedagogikasi ham shu jihatdan yetakchi rol o’ynaydi.
O’qituvchi bilan bolalar munosabatlarini erkinlashtirishda o’qitishning jadal metodlariga, kuzatish, tajriba, amaliy ishlarga keng o’rin beriladi. Ammo o’qitishning so’zlab berish, suhbat o’tkazish, darslik bilan ishlash metodlari ham mavjud bo’lib, o’qituvchi ulardan samarali foydalanishi mumkin.
Maktabda o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda bu metod va usullardan foydalanilganda ular yagona uch funksiyani – o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirib borishni bajaradi. Bu metodlarning har biri o’rganilayotgan materialning mazmuniga qarab boshqa metodlarga qo’shilishi va ularni to’ldirishi kerak, Metod va usullarni shunday tanlash zarurki, ular orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlansin, fanga bo’lgan qiziqishi orsin.
O’quvchilarning darsdagi qiziqarli va ijodiy mehnati atrof olam haqidagi ma’lumotlarni dars davomida to’la o’zlashtirib, ularni uy vazifasidan birmuncha ozod qilish imkoniyatini beradi.
Tabiatshunoslikni o’qitishning yuqorida aytib o’tilgan metodlari bilan bir qatorda ko’rgazmali va ekranda qo’llanmalarini ko’rsatish, harakatli o’yinlardan foydalanish, kinofilmlar, diapozitivlar ko’rish, tarqatiladigan material bilan ishlash kabi metodik usullar ham qo’llaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan umumdidaktik metodlarni Tabiatshunoslikni o’rganish, o’qitish jarayonida qo’llashning ba’zi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Kuzatishlar. Atrofdagi voqelikni bilish kuzatuvchanlik va diqqat–e’tiborga asoslangan sezgi hamda idrokdan boshlanadi. o’quvchilarda kuzatuvchanlik va diqqat–e’tiborni yetarlicha rivojlantirmasdan turib, ta’lim-tarbiya ishini olib borib bo’lmaydi. Atrof olamni o’rganish muntazam ravishda uyushtirilib boriladigan kuzatuvlarga tayanadi.
7 – 8 yoshli bolalarda ixtiyoriy diqqat-e’tibor hali turg’un bo’lmaydi, kuzatish vaqtida ular bir necha obektni birdan qamrab ololmaydi. Kichik sinf o’quvchilarini kuzatuvchan, sinchkov bo’lishga o’rgatish uchun, birinchi navbatda, ularda turg’un diqqat–e’tiborni rivojlantirishga harakat qilish lozim. o’quvchilarni «Ish daftari»ni to’ldirib borishga o’rgatishni davom ettirish shu jihatdan juda foydalidir.
Ekskursiya. Bolalarni atrof olam bilan tanishtirishning eng muhim jihatlaridan biri ularni sayrga olib chiqishdir. Ekskursiyalar turli maqsadda: taassurotlarni boyitish, bilim, o’quv va malakani mustahkamlash, chuqurlashtirish hamda kengaytirish uchun uyushtiriladi. Ekskursiyalar oldindan puxta o’ylab o’tkazilgandagina samarali bo’ladi. Tayyorgarlik ko’pincha quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Mahalliy sharoitni hisobga olgan holda reja tuzish.
3-4. Har bir ekskursiyaning aniq tarbiyaviy vazifalarini belgilash.
3. Ekskursiya yunalishini oldindan tanlash.
4. Ekskursiyada bajariladigan vazifalarning rejasini tuzish.
5. Suhbat uchun savollar tayyorlash.
6. Borilayotgan joyga aloqador shaxslarni o’quvchilar bilan suhbatga tayyorlash.
7. O’quvchilarni oldindan tartib - intizom qoidalari bilan tanishtirish, anjomlarni yig’ish.
8. Ekskursiyaga birga boradigan va yordam beradigan kishilar (ota-onalar, tarbiyachilar)ni tayyorlash.
O’quvchilar ekskursiya chog’ida tabiiy materiallar yig’adilar, manzara yoki aynan bir aniq buyum rasmini chizadilar. Ekskursiya natijasi sifatida bajarilgan ishlar bo’yicha albomlar, gerbariylar, foydali qazilmalar to’plami, ya’ni kolleksiyalar, ko’rgazmali qurollar tayyorlanadi.
Sayrga chiqish ham ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarning biror mavzu yuzasidan kelgusi darslarga bog’lik bilimlarini boyitish va kengaytirishga yordam beradi. Kutubxonaga, maktab bog’iga, ko’chaga, do’konga, sport maydoniga sayrga olib chiqish mumkin. Bunday sayrlar jarayonida ham ta’limning kuzatish, tushuntirish, kuzatilayotgan narsa haqida hikoya qilish kabi metodlaridan foydalaniladi. Bu kabi sayrlar uchun 10 – 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
Harakatli o’yinlar ham o’quvchilarning o’zaro munosabatini yo’lga soladi, his-tuyg’ularini tarbiyalaydi, erkinligini mustahkamlaydi. o’qitish jarayoniga o’yin elementlarining kiritilishi darsni jonlantiradi. «Kim chaqqon?», «Bir, ikki, uch – daraxtni quch», «Bu qaysi qush?», «Hayvonmi yoki qush?», «Mushuk va sichqon», «Yog’di, yog’di, nima yog’di?» kabi harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.
Didaktik o’yinlar – ta’lim xarakteriga ega bo’lib, o’quvchilar bilimini mustahkamlash, aniqlashtirish, umumlashtirish va tizimga solishga yordam beradi, atrofdagi narsalarga hamda tabiat hodisalariga qiziqishni oshiradi.
Umumlashtirish, taqqoslash, muhimini ajratish, bog’lanish va munosabatlar o’rnatish, xulosa chiqarishni talab etadigan o’yinlar eng samarali hisob–lanadi, Ba’zi mashg’ulotlarni boshidan oxirigacha o’yin shaklida tashkil etish mumkin.
Ayrim mashg’ulotlarda darsni mustahkamlashga ko’proq e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |