Tabiatshunoslik va geografiya fakultet I


KIRISH Ilmiy ishning dolzarbligi



Download 306,96 Kb.
bet2/6
Sana23.02.2017
Hajmi306,96 Kb.
#3153
1   2   3   4   5   6

KIRISH

Ilmiy ishning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi mustakillikka erishgandan keyin davlatimiz fan va texnologiyalarni rivojlanishiga katta yo`l ochib berish bilan birga, tabatimizni bir kismi bo`lmish xayvonot dunyosini saklash va ulardan okilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlarni misol kilib keltirishimiz mumkin. Bular sirasiga davlatimiz chikargan bir kancha buyruk va farmoishlarni misol keltirishimiz mumkin. Jumladan 1998 yil 1 apreldagi 139-sonli qarori bilan “O`zbekiston Respublikasi boxilma – xilligini saqlashning Milliy strategiyasi va xarakat rejasi” vazirlar maxkamasining raisi Islom Abdug`anievich Karimov tomonidan ma’qullandi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat muhofazasi jamiyat a’zolari va davlat ishi ekanligi mustaxkamlab qo`yildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 55 moddasida “Er, yer osti boyliklari va suv, o`simlik va xayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular tabiat muhofazasidadir” deb qayd etilgan.

SHuning uchun barcha komponentlarni o`z ichiga olgan yovvoyi tabiatni saqlash ulardan oqilona foydalanish hozirgi davrning eng asosiy masalalaridan biridir. Turlar sonini keskin kamayishi va bioxilmaxillikni saqlab qolishdek eng asosiy muammoni yechimiga qaratilgan bir qancha ilmiy ishlar mavjud. Olimlarning hisob kitobi bo`yicha 2010-2015 yillarda biotalarda turlar sonining kamayishi 10-15% ga yetishi mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan, bu holat bashorat qilib bo`lmas darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shunday ekan har bir tur takrorlab bo`lmas darajadagi genofondga ega, evolyutsiya jarayonida tabiiy tanlanish natijasida hosil bo`lgan noyob genlar majmuasiga ega bo`lgan turlarni yo`qolib ketishiga olib keladi. Xorazm vohasi o`zining betakror tabiati hamda turli tuman fauna va florasiga ega. Tabiiy landshaft va sun’iy agrotsenozlari asosiy boyligimiz hisoblanadi. Ayniqsa tabiiy landshaftlarda uchraydigan hasharotlar (Insecta) sinfiga mansub Noctuidae oilasi turlari ekologiyasi yetarlicha o`rganilmagan. Tabiiy va agrotsenozlarda turlar tarkibi tashqi xilma-xil omillar ta’sirida doimo ijobiy va salbiy tomonga o`zgarib turishi hammaga ma’lum. Biotsenoz va agrotsenozdagi turlar soni ham keskin o`zgarib bormoqda.



Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi makrolepidopteralari turlarini biologik va ekologik tahlil qilish, ularni tavsiflash hamda bioxilma – xilligini muhofaza qilish muammolarini o`rganishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar yechimini xal qilish ko`zda tutiladi.

  • Xorazm vohasi makrolepidoptera turlarini biologiyasi xususyatlarini o`rganish

  • Xorazm vohasi makrolepidoptera turlarini ekologik tarqalishini aniqlash;

  • Xorazm vohasi makrolepidoptera turlarini ekologo-populyatsion tavsifi;

Xorazm vohasi makrolepidoptera turlarini biotsenotik tavsifi;

Xorazm vohasi makrolepidoptera faunasini muhofaza qilish muammolarini o`rganish;



Ilmiy tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti sifatida Xorazm vohasi makrolepidoptera turlari va tanlangan o`simlik turlari, biologiyasi, ekologik xususiyatlari va ular xilma xilligini muhofaza qilish ishning predmetini belgilaydi.

Himoyaga olib chiqilayotgan xolat

Makrolepidoptera tur tarkibi va ekologik xususyatlari



  1. Bob. Makrolepidoptera kalaklarini o`rganilish tarixi. (Adabiyotlar sharxi )

O`zbekistonda entomologiya fanining rivojlanishida V.I.’lotnikov, V.’.Nevskiy, M.I.Kosobutskiy, V.V.Yaxontov, R.A. Olimjonov, Ye.I.Gan, S.N. Alimuhamedov, Qodirova kabi olimlarning ham hissasi katta. V.V Yaxontov tomonidan yozilgan “O`rta Osiyo qishloq ho`jaligi zararkunandalari” (1953), “Hasharotlar ekologiyasi”, R.Olimjonov tomonidan yozilgan “Entomologiya” (1977) kabi darsliklar res’ublikamizda hasharotlar to`g`risidagi fanning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Yuqorida keltirilgan malumotlar hozirgi O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston hayvonot dunyosini o`rganishga uzoq davr mobaynida juda kam ehtibor berilganligini ko`rsatadi. Bu sohadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asrning ikkinchi yarmida N.A.Severtsov boshlab berdi. U o`z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshang’ va Pomir tog`lari hayvonlarini va tabiatini o`rgandi. O`rta Osiyo hayvonot dunyosini o`rganishda tabiatshunos olim A. Fedchenko xizmatlari ayniqsa katta. U 1868-1871 yillarda Oloy va Zarafshonda o`tkazilgan ekspeditsiyalarida 4000 hayvon turi (asosan hasharotlar)ni o`z ichiga oluvchi 20000 ga yaqin kollektsiya to`’ladi. Uning birgina Zarafshon vodiysining yuqori qismida olib borgan tekshirishlarida 1000dan ortiq hayvon turi yig`ildi.

A. Fedchenkoning zamondoshi V.F.Oshanin 1844-1945 Oloy vodiysi, Zarafshon va Turkiston tizma tog`lari va ‘omir tabiatini tekshiradi, Amudaryoning yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni o`rganadi. U “Turkiston chala qattiqqanotlilar faunasining zoogeografiyasi” (1891) kitobida 700dan ortiq hasharotlar turi haqida mahlumot berdi. V.F. Oshaninning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi.

Asrimizning 20-30 yillarida O`rta Osiyo hududida yashovchi aholi o`rtasida keng tarqalgan ‘arazitar kasalliklarga qarshi kurash amalga oshirishga katta ehtibor berildi. Buning uchun entomologiya fani oldiga ‘arazit va kasal tarqatuvchi hayvonlarni o`rganish vazifasi qo`yildi. SHu maqsadda O`rta Osiyoga bir necha eks’editsiyalar tashkil etildi. N.I. Xodukin (1896-1954), ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqdi. L.M.Isaev tashabbusi bilan O`zbekistonda bezgakni tadqiq etuvchi stantsiyalar va Tibbiyot ‘arazitologiya instituti tashkil etildi. Olim rishta ‘arazitini o`rganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi. O`sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar 50-yillarda O`rta Osiyoda bezgak kasali va rishtani batamom tugatish imkonini berdi.

Asrimizning20-yillarida zoologiya sohasida asosiy tadqiqotlar yangi tashkil etilgan Turkiston universitetida olib borildi. T.Z. Zohidov Qizilqum hayvonlari ekologiyasini o`rgandi va zoologiya sohasida bir qancha yirik asarlar yozdi. V.V. Yaxontov (1899-1970) va R.O. Olimjonovlar hasharotlarni, S.N. Alimuhamedov zararkunanda bo`g`imoyoqlilarni va boshqa olimlarimiz ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishdi.

XX asrga kelib hayvonot dunyosini o`rganish rejali asosda va kom’leks ravishda olib boriladigan bo`ldi.

A.S. Serebryakov zararkunanda hasharotlarni o`rganib, ularga qarshi kurashning genetik usuliga asos soldi.

Birinchi marotaba bog`dorchilik, dalachilik, sabzavotchilikda va ‘olizchilikda tarqalib zarar ko`rsatayotgan hasharotlarni Turkistonda aniqlanganligi haqida 1914-1915 yillarda V.I. ‘lotnikov va I.V. Vasilg’evlar tomonidan mahlum qilindi. SHuni ham aytib o`tish kerakki, Turkistonda qolaversa, O`rta Osiyo res’ublikalarida o`simliklarning hasharotlari, zararkunanda va kasalliklari bu davrgacha yaxshi o`rganilmagan edi.

Faqat 1917 yildan keyingina o`simliklardagi hasharot va zararkunandalarni rejali ravishda aniqlash hamda ularga qarshi kurash olib borish ishlari amalga oshirildi xalos.

1924-1925 yillarga kelib res’ublikamizning ayrim viloyatlaridagi hasharotlarning qaysilari qanday o`simlikka ziyon yetkazish va bu zararkunandalardan ekinlarni himoya qilish sohasida qilingan ishlar yakuni 1926-1929 yillarda V.I.’lotnikov, V.V.Yaxontov va V.’. Nevskiylar tomonidan birinchi marotaba kitob holida nashr etildi. SHu tariqa res’ublikamizning har bir viloyatida hasharotlarni ‘axta, beda, makkajo`xori, ‘oliz ekinlari va boshqa ekinlarga ko`rsatayotgan zararini aniqlovchi va ularga qarshi kurashuvchi, o`simliklarni himoya qilish tashkilotlari tuzildi, keyinchalik O`zbekiston fanlar akademiyasi qoshida zoologiya va ‘arazitologiya ilmiy-tekshirish instituti, O`rta Osiyo o`simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti hamda uning filiallari tashkil to’di. Keyingi yillarda O`rta Osiyo va O`zbekistonda entomologiyani rivojlantirgan ko`’lab yirik olimlar yetishib chiqdilar. Bulardan entomolog K.I. Larchenko, fito’atolog N.S. Mir’o`latova, mikrolog U.U. Rasulov, akademik M.N. Nazarqulov, ‘rofessor B.G. Aliev, VASXNILning muxbir ahzosi S.N. Alimuhamedov va boshqalar ham faol ishlamoqdalar.

SHu kunlarda res’ublikamizda va qo`shni MDH davlatlarida 169 o`simliklarni himoya qilish stantsiyalari, shu miqdorda axborot va diagnostika laboratoriyalari, 1681 tadan ortiq axborot ‘unktlari va minglab biologik laboratoriyalar muntazam ishlab turibdi.

Markaziy Osiyo tangachaqanotlilari to`g`risida dastlabki mahlumotlar

M. Menetriz va Ye. Eversmanga taalluqlidir. Ular sayohatchi –tabiatshunoslar tomonidan to`plangan materiallar asosida ilmiy maqolalar cho’ qilishgan. Turkiston o`lkasiga sayohat qilgan N.A. Fedchenkoning to`plagan materiallarini zoolog olim N.G. Yershov qayta ishlab, ka’alaklarni, shu jumladan, tunlamlarning ro`yxatini tuzib chiqdi.

Turkiston o`lkasidagi cho`l va chala cho`l zonasi tangachaqanotlilarni o`rganish borasida G. Xristof, O. SHtaudinger, R. ‘yungeler, S. Alferaki va boshqalar muhim tadqiqotlar olib borishgan. L. Berg va CHetverikovlarning ilmiy tadqiqotlari Orolbo`yi tangachaqanotlilari faunasini o`rganishga qaratilgan.

Tunlam ka’alaklari qishloq ho`jaligi ekinlarining ashaddiy zararkunandasi sifatida mahlum bo`lgani uchun ko`’chilik olimlar ularni bioekologik xususiyatlarini o`rgana boshladilar. Qozog`iston tunlamlarining tur tarkibi va faunasi, ekologiyasi bo`yicha G.X. Shek (1964-1969-1975) ning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. G.X. Shek tomonidan aniqlangan turlarning ko`’chiligi qishloq ho`jaligi ekinlarining zararkunandalari hisoblanadi. SHuningdek Qozog`istonning zararkunanda tunlam turlari va ularning bioekologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar A.N. Kazanskiy (1958), I.’. Zaeva (1961), G.L. Matyasova, I.D. Mityaeva, L.N. Yuxnevich (1962) va boshqalar tomonidan olib borilgan. Entomolog – olim D.A. Milg’ko Qirg`iziston tunlamlari faunasini o`rganishga katta hissa qo`shdi. Olim tomonidan tunlamlarning faunasini, biologiyasi va ekologiyasiga doir to`’langan mahlumotlarni “Qirg`iziston genetik fondi” kadastrining III tomidan bilib olish mumkin. F.I Markov (1952, 1958,1965) tomonidan tunlamlarning zararkunanda turlariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.

Tojikiston tunlamlari faunasini o`rganishga katta hissa qo`shgan olimlardan biri Yu.L. Shyotkindir. U o`zining “Vaxsh vodiysining qum zona yuksak tangachaqanotlilari” monografiyasida Noctuidae oilasiga mansub 61 tur ka’alakni qayd qilib o`tgan.

Turkmaniston tunlamlari faunasi va bioekologiyasini o`rganishda ‘.’. Bogush (1935,1956), V.I. Kuznetsov (1958,1960), M.A. Daricheva (1960, 1965) va boshqalarning xizmatlari kattadir. ‘.’. Bogush qishloq xo`jalik ekini hisoblangan g`o`zaning ashaddiy zararkunandasi karadrinani Turkmaniston sharoitida o`rganib, mazkur tunlam bioekologik xususiyatlari va unga qarshi kurash choralari haqida monografiya yozdi.

I.L. Suxareva Qizilqumning Janubiy – G`arbiy qismida tarqalgan tunlamlar tur tarkibini aniqladi va bu to`g`rida “Qizilqum tunlamlari faunasi (Le’ido’tera, Noctuidae)” mavzusida ilmiy maqola yozdi. Unda 12 kenja oilaga mansub 144 tunlamning biologik hususiyatlari va ozuqa o`simliklari qayd etib o`tilgan.

M.A. Daricheva quyi Murg`ob zonasining madaniy va qum landshaftlaridagi tunlamlar faunasini hamda bioekologik xususiyatlarini o`rganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Janubiy - G`arbiy Qizilqum tunlamlari faunasi A.G. Davletshina va boshqalar tomonidan o`rganilgan. Ular tomonidan Janubiy – G`arbiy Qizilqum tunlamlari 6 ta biotsenozda uchrashi qayd etilgan. Bu biotsenozlar o`zining o`simlik dunyosi bilan boshqalaridan ajralib turadi. O`zbekiston sharoitida tunlamlarni o`rganish ko`’roq o`simlik zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqishga qaratilgan. O`zbekiston sharoitida tunlamlarni o`rganish ko`’roq o`simlik zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqishga qaratilgan. O`zbekiston sharoitida tunlamlar faunasini o`rganish bo`yicha ilmiy – tadqiqotlar bir qator entomolog olimlar tomonidan alohida regionlarda olib borildi.

V.V. Yaxontov yovvoyi tunlam, g`o`za tunlami, beda tunlamini, Ye.N. Ivanov yovvoyi tunlam, undov tunlamini (1944), R.O. Olimjonov va Bronshteynlar Zarafshon vodiysi tunlamlarini (1956), A.M. Mo`minov yer osti tunlamlarini (1968,1981), A.SH. Hamroev karadrina, g`o`za tunlami, tsirkufleksa tunlamini (1967) biologiyasi va ekologiyasini o`rganish borasida muhim ilmiy – tadqiqotlar olib borishgan.

SHuningdek , S.N. Alimuhamedov, SH.T. Xo`jaev (1978) G.SH. SHomurotov, A.N. Nurjonov (1987), F.X. Ari’ovlar va boshqalar tomonidan tunlamlar biologiyasi o`rganilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.

S.B. Bekmurotov (1967) yer osti tunlamlarini Samarqand viloyati sharoitida ekologik hususiyatlarini o`rganib chiqdi.

B.A. Mo`minov Toshkent viloyati tunlamlarini o`rganib chiqdi. Uning ilmiy tadqiqotlari natijasida Toshkent va uning atroflaridagi madaniy landshaftlarida tunlamlarning 8 ta kenja oilaga mansub 35 turi uchrashi qayd etilgan. L. Boboxonova undov tunlamining bioekologik hususiyatlarini o`rgandi. Keyingi yillarda Quyi Amudaryo tunlamlari faunasi va bioekologiyasini o`rganish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xorazm vohasining antro’ogen landshaftlari tunlamlarini o`rganish natijasida g`o`za, sholi, beda, makkajo`xori agrotsenozlarida tarqalgan tunlamlar tur tarkibi aniqlandi. (B.A. Mo`minov 1995, Rahimov 1977)

Yuqorida aytib o`tilgan agrotsenozlarda 53 tur uchrashi qayd etildi, shundan g`o`za agrotsenozlari – 20 tur, makkajo`xorida – 28 tur, beda agrotsenozida – 30 tur, sholi agrotsenozida - 4 tur aniqlandi. Xorazm vohasining tabiiy landshaftlari tunlamlari faunasi X.O`. Bekchanov tomonidan o`rganilgan bo`lib, mazkur hududda 13 kenja oila va 58 avlodga mansub 109 tur uchrashi qayd qilingan (1998,1999), shundan 39 tur tunlam har ikkala landshaftda ham, qolgan 70 tur faqat tabiiy landshaftlarda uchrashi mahlum.

XIX - asrning oxirlarida XX - asrning boshlarida Azov dengizining bo`yidagi Tigorag shahri qirg`oqlarida taniqli rus entomologi S.N. Alferaki (1876,1877,1880,1908) tunlamlar solishtirma faunasini ishlab chiqdi.

XX - asrning 60- yillarida Ukrainaning Rostov oblasti bilan chegaradosh sharqiy rayonlarida, cho`l qo`riq uchastkalarda Z.F. Klyuchko tunlamlar faunasini o`rgandi (1970), qisman Streleles va Xomutovskiy cho`llarida 3 fasl davomida tunlamlarning juda ko`’ turlarini aniqladi va sistemaga solishga muvofiq bo`ldi. U o`z ishida S.N. Alferakini tunlamlar solishtirma faunasining tahlilini, Rostov oblastini g`arbiy qirg`oqlaridagi tunlamlarni 100 yil davomidagi solishtirma tahlilini aniqlashga yordam bergan. SHu regionlar faunasida tunlamlar sifat o`zgarishlari 50% ga o`zgargan. Lekin oilalar ko`rinishlar soni va ekologik gru’’alar solishtirmasi avvalgidek bo`lib qolgan. Z.F. Klyuchko faunistik yig`inlar davomida Rostov oblastlarida ‘ericyma albidentaria Frr tunlamini aniqlab bilmagan, chunki S.N. Alferakini XIX - asrning 70-80 yillarida ‘ericyma albidentaria Frr juda ham noyob deb belgilagan edi.

1938 – yilda rus olimi B.N. SHvanvich juda qiziqarli mahlumotlarni ko`rsatdi. Bunda ko`’ turdagi ka’alaklarni qanotidagi rang rasmlari o`zining yashaydigan yerining mikrolandshaft ko`rinishlarini takrorlaydi degan fikrni ilgari surdi.

Rossiya tunlamlar ro`yxatini A.Yu. Matov tomonidan 2004- yilda tuzilgan bo`lib, unga mamlakat bo`yicha turli tadqiqotchilar tomonidan matbuotda ehlon qilingan 1531 ta tur to`g`risidagi mahlumotlar kirgan. Ushbu ro`yxatdagi klassifikatsiyaning asosi qilib Yevro’a ka’alaklari katologi (Karsholt, Razowski, 1996) va tangachaqanotlilar ekologiyasi va sistematikasidagi (Kitching, Rawlins, 1999) tunlamlar bo`limi, xizmat qiladi. Hadeninae, Noctuinae larning ro`yxatini tuzishda Noctuinae Euro’aene (Fibiger 1900 va boshqa: Hacker et al., 2002) atlasining materiallaridan foydalanilgan, hamda Rossiya Uzoq SHarq tangacha qanotlilarining aniqlagich kitobining bo`limlari (Kononenko, 2003) dan ham foydalanilgan

Catocalinae ro`yxatini tuzishda ushbu gru’’aning klassifikatsiyasi bo`yicha A.Yu. Matovning xulosalari ham hisobga olingan. (Matov 2003).

Hozirgi davrda Rossiya ka’alaklari katologini, shu jumladan tunlamlar tuzish bo`yicha kollektiv ishlar olib borilmoqda. Yangi katalogga taxminan Rossiyada uchraydigan tunlamlarning 100 ta turi qo`shildi va 2004 yil noyabr oyining mahlumotlar bazasiga ko`ra tunlamlarning 1986 tokson oilasi mavjud.

SHimoliy Kavkazda Tuta luctuosa tunlamining rivojlanishi, tarqalish arealini o`rgangan olimlar Fili’g’ev, 1937; Kuznetsov va Martinova, 1954; Zaeva 1961; ‘os’elov 1962; Falg’kovich 1969 yillarda bu tunlamni begona o`tlardan qo`y’echak (Convolvulus) zarar keltirishini aniqlaganlar.


A.S. Makrjevskiy va V.’. ‘os’elov 1913 yil tajribada zararkunanda tangachaqanotlilarga qarshi biologik kurashda trixogrammani qo`llay boshlaganlar.

Azarbayjonda g`o`zani kemiruvchi tunlamlar to`g`risidagi Logazidze va Jamolov (1956,1957), Aliev (1961), Raximov (1969) Tri’haena ‘ronuba L, Gra’hi’hora C-nigrum., Agfrotis segetum Schiff., Euxoa coms’icua Hb va boshqa tunlamlarni o`rganish borasidagi ishlari diqqatga sazovordir.




II. BoB. Tadqiqot o` tkazish joyi, materiallari va tadqiqot o` tkazish uslublari

2.1Kaplaklarni aniqlash uchun kolleksiya qilish usullari

Agar biz bahor va yoz faslida dalalarga yoki gulzorlarga sayohat qilib qoladigan bo`lsak, albatta, ko`’lab uchayotgan, gullarga qo`nib nektarini so`rayotgan ka’alaklar ehtibor imizni o`ziga jalb qiladi. Tikilib qarab turganimizda yoki kuzatayotganimizda, ayrim turdagi ka’alaklar gullarning ajratgan hidiga yoki gulning rangiga qarab qo`nayotganlarini ‘ayqash mumkin. Gullarning chiroylari ranglari - bo`yoqlari va o`zlaridan ajratadigan hidlari ka’alaklarning har xil turini o`ziga jalb qiladi. Bu g`o`zallikni ko`rib, har bir insonda unga nisbatan qiziqish ‘aydo bo`ladi. Albatta, har bir ka’alakning nomlarini, hayotini va rivojlanishini yaqindan bilishga intilamiz. Ka’alaklarni o`rganish borasida ularning o`lchami, rangi, uchish muddatlari va tarqalish arealidan tashqari qishloq xo`jaligidagi ahamiyati ham qiziqarlidir. SHuni tahkidlash kerakki, bu ka’alaklar orasida bir qancha qishloq xo`jaligi ekinlarining zararkunandalari ham uchraydi. Zararkunanda ka’alaklar biologiyasini o`rganib, ularga qarshi kurash choralarining eng qulay usulini ishlab chiqish mumkin.



Ka’alaklarni ushlash uslubi

Ka’alaklarni ushlashdan maqsad - ularni biologiyasini o`rganish yoki kolleksiya holiga keltirishdir. Ka’alaklar faolligiga qarab kunduzgi va tungi ka’alaklarga ajratiladi. Kunduzgi ka’alaklarni o`rganishda dokali ushlagichdan foydalanamiz. Ushlangan ka’alaklar kolleksiya uchun zarur bo`lsa, ular darhol xloroform bilan o`ldiriladi. Agar biologiyasini o`rganmoqchi bo`lsak, ushlangan ka’alaklar maxsus joylarda-insektariylarda yoki shisha bankalarda boqiladi.

Tungi ka’alaklarni ushlash uchun ham maxsus asboblardan foydalanamiz. Ka’alaklarning biologiyasidan mahlumki, tungi hasharotlar yorug`likka qarab uchib keladi. Ana shu xususiyatlardan foydalanib, DRL-400 markali yoritgichli ushlagichdan foydalanamiz. Bu asbobni elektr toki bor joylarda ishlatish mumkin. Elektr toki bo`lmagan joylarda boshqa yorug`lik tarqatuvchi moslamalardan, masalan eni va bo`yi 2 metr keladigan oq dokadan foydalaniladi.

Ka’alaklar kolleksiya uchun ushlanishi lozim bo`lsa, DRL-400 markali yoritgichga ega ushlagich konteyner xloroform shimdirilgan ‘axta tashlab qo`yiladi. Mazkur konteyner har 2 soatdan almashtirilib turiladi. O`lgan ka’alaklarni ham har 2 soatdan olib, maxsus asbob yordamida qaytadan kolleksiya holiga keltiriliadi. Xloroform ka’alaklarni noo`rin harakatlanib, shikastlanishdan saqlaydi va tezda nobud qiladi.

Agar ushlangan ka’alaklar biologiyasini o`rganishga mo`ljallangan bo`lsa DRL -400 markali yoritgichli ushlagichga xloroformli ‘axta qo`yilmaydi. Ka’alaklar to`g`ridan-to`g`ri konveyerdan olinib, keyingi tajriba uchun 1 litrlik bankalarga solinadi va oziqlantirish davom ettiriladi. Ka’alaklarni to`g`ri aniqlash uchun eng avvalo ularga bug` bilan ishlov berish kerak. Bu jarayon bizga ka’alakni barcha belgilari bilan tanishishishga imkon beradi. Dastlab, ka’alakni qachon va qayerda tutilganligi haqida qayd qilib qo`yish muhim. Hech qachon xotirangizga ishonmaslik kerak.

Kolleksiya ko`’lab maxsus qutilardan, namunali bug`lantirilgan o`lik hasharotlardan iborat bo`lib, ular to`g`ri aniqlangan va hujjatlashtirilgan bo`lish lozim.

Kolleksiya yig`ishda biz albatta mahalliy faunadan foydalanamiz. Bu ishni yuqori darajada o`tkazish maqsadida o`z faoliyatimiz chegarasini belgilaymiz. Iloji boricha, shu mintaqa uchun to`liq va aniq kolleksiyani to`’lashga harakat qilamiz. Ammo, yolg`iz bir tadqiqotchining O`zbekistondagi barcha tur ka’alaklardan kolleksiya uchun yig`ib olish imkoniyati bo`lmaydi. SHuning uchun mahlum bir hududni chegaralab olib, shu yerda kuzatuv ishlarini olib bormoq maqsadga muvofiqdir. Materialni yig`ish uchun barcha usullardan to`liq foydalangan mahqul. Bunda biz turli muammolarga duch kelamiz. Ularni hal qilish uchun oldimizda mashaqqatli mehnat turadi. Ko`’ kolleksionerlar o`z mehnatlarini bir oilaga yoki bir turga mansub ka’alaklarni yig`ishga sarflaydilar. Mahlum bir turlarni chuqur o`rganuvchi mutaxassislar tabiiy zonalarning iqlim sharoitini ham to`liq o`rganishlari lozim. Yig`ish o`tkaziladigan hududning geografik joylashuvini aniq belgilanib, landshaft turini, o`simliklar tarkibi, relhefi balandligini va geobotanik tafsilotlari beriladi. Ayrim hududlarda har xil o`simliklar turlari uchraydi, shuningdek, ka’alaklarning tarqalishi ham o`zgaradi. Ka’alaklar qurtlari monofag, oligofag va ‘olifaglarga bo`linsada, bahzi ‘aytlarda ayrim qurtlarning normal oziqlana olmasdan bir o`simlikdan ikkinchi o`simlikka o`tib borishi kuzatiladi. Buning sababi shuki, har bir o`simlikning bargi yoki novdalarida o`zlashtirib bo`lmaydigan yoki o`zlashtirib bo`ladigan moddalar bo`ladi. Bir o`simlikning barglari ham har xil bo`lishi mumkin. Masalan: turong`il daraxtida geterofiliya hodisasi mavjud, yahni 2 xil barg uchraydi. Catocala neonim’ha ka’alagining kichik yoshdagi qurtlari ‘astki barglar, katta yoshdagilari esa yuqori qismdagi barglar bilan oziqlanadi.

Qurtlar qishlab chiqqandan keyin juda ko`’ harakat qilishadi, o`zlariga duch kelgan o`simliklardan tanlab oziqlanishadi. Agar kolleksioner bu qurtlarni qaysi o`simlikdan to’sa, shu o`simlikni aniqlash va qurtning yoshini kundalik daftarga yozib qo`yish kerak. Masalan: ‘illa o`rovchi ka’alaklarning kichik yoshdagi qurtlarini tol daraxtining yosh novdasida uchratish mumkin. Bu to’ilgan qurtlarni laboratoriyada ko`’aytirish uchun ularga tolning yosh novdalari berib boqiladi. Katta yoshdagi qurtlarga esa, katta yoki keksa barglar beriladi. Agar yosh qurtlarga noilojlikdan keksa barglar berib qolgudek bo`lsak, qurtlar kasallanishi yoki nobud bo`lishi ham mumkin. Yuqoridagi tavsiyalardan kelib chiqqan holda, mahqul deb tanlab olingan turlarni boqish maqsadga muvofiqdir. Katta bo`lmagan xususiy kolleksiyalarda ham qiziqarli nusxalarni uchratish mumkin. Bundan bizni qiziqtirgan bahzi savollarga javob to’sa bo`ladi. Kolleksionerning ishi ilmiy nuqtai nazardan foydali bo`lishi uchun kolleksiyadagi har bir nusxaning etiketkasi bo`lishiga erishish kerak. Unda ka’alaklarning tutib olingan joyi, ‘ayti va ushlangan odamning ismi-sharifi yozib qo`yiladi. Agar ka’alak yangi tur bo`lsa-yu, etiketkasi bo`lmasa, ilmiy qimmatini yohqotadi. Mahlumotlarni nafaqat kundalikka, balki qayd qilish daftariga ham yozish lozim.

Kolleksiyani har bir turga xos nusxalardan ko`’aytirish kerak, chunki ular variasion belgilarni aniqlashga imkon beradi va ka’alaklarni tarqalish arealini qayd qilishda qo`l keladi.

Bahzi kolleksionerlarda shunday odat bor-ki, ularning kolleksiyalarida ka’alaklarning turlaridan 2 yoki 4 ta yoxud 10 ta nusxagacha mavjud bo`ladi. Ularni bu nusxa bir joydan yoki boshqa mamlakatlardan to`’langanligi qiziqtirmaydi. Bu albatta, noto`g`ri. Aslida kolleksiya uchun bir turdan necha nusxa bo`ladigan bo`lsa, shuni qoldirgan mahqul. Bizda turlar ancha ko`’. Kartotekada ularning uchrab turadigan har bir formasi qayd qilib boriladi. Ayrim turlarida, masalan kungaboqar tunlamining individlari orasida ko`’ miqdorda har xil shaklga ega nusxalari bor, hattoki uch yuz nusxa ichida 2 ta aynan bir xil yoki o`xshash nusxa ham uchramaydi. Bunday vaqtda ka’alaklarning kolleksiyalari ularning naqshlariga (rangi) va jinsiga qarab tartib bilan joylashtiriladi. Huddi shunday tartibda ikkinchi va uchinchi bo`g`in ka’alaklarning turlari hamda ular oziqlanadigan o`simliklar ham belgilab qo`yiladi.

Har bir sayohat yoki kuzatishlar uchun aniq mahlumotlar yozib borish maqsadga muvofiqdir. Bunda ka’alak ushlangan vaqt, kun harorati, quyosh chiqib turgan vaqti, shamol, ob-havoning bulutlilik darajasi, o`simliklar qo’lami, u yoki bu o`simlikning dominantlik darajasi hamda turlar nomi aniq qilib ko`rsatilishi kerak. Har bir bioti’ni, iloji bo`lsa, suratga olish tavsiya qilinadi. Ka’alak ushlangan joy qanchalik aniq qilib tasvirlangan bo`lsa, uni o`rganish shunchalik oson bo`ladi. To`qay zonasini ko`zdan kechirganimizda, faqat uning uchun xos bo`lgan Catocala avlodiga mansub turlarni uchratamiz. Lekin to`qayga yondosh mintaqada esa bu avlodga tegishli boshqa turlarni uchratishimiz mumkin. Bahzi turlar shu to`qay zonasining ichida juda kichik arealdagina uchraydi, boshqa yerlarda ularga duch kelinmaydi. Bunday bo`lishiga asosiy sabab mikroiqlim hisoblanadi. Bir vaqtning o`zida to`qay zonasining bir qancha joyida harorat o`lchanganda, 2-30 C gacha farq qilishi kuzatilgan, hattoki havoning namlik miqdori ham har xildir. CHo`l zonasining har xil joylarida kuzatuv ishlarini olib borganimizda, bu yerda uchraydigan ka’alaklarning rangi o`lchamlarida ham o`xshashlik borligi aniqlandi.

Keng uchraydigan bahzi turlarning tarqalishi bir xil emas. CHunki shu mintaqaning o`simliklar qo’lami yildan yilga o`zgarib turadi. Bahzi o`simliklar ko`’aysa yoki yaxshi rivojlansa, ayrimlari keksayib qirilib ketadi. Yillar o`tib to`qay va o`rmonlarda faqat chidamli ko`’ yillik o`simliklar qoladi, xolos. Ular go`yo hayot sharoitini yaxshilashga najot so`rayotganday tuyuladi. Hasharotlar dunyosi ham ana shu fitotsenozlarga bog`liq bo`ladi. Te’aliklarda yashash sharoitlari bir xil bo`ladi. Bunday yerlarda bahzi turlar uzoq muddat yashab qoladi. Masalan Catocala neonym’ha bir joyda uzoq yashaydi. Boshqalari esa, aksincha, hamisha o`z o`rnini o`zgartirib turadi. Bunga arvoh ka’alagi misol bo`la oladi. Hasharotlarning keng tarqalishiga bir qancha to`siqlar: g`animlarining ko`’ bo`lishi, noqulay havo sharoiti, jinslarning mos kelmasligi halaqit beradi.

Keng tarqalgan bahzi ka’alak turlarining tarqalishi bir xil deb hisoblash mumkin emas. Ayrim hududlarda, masalan, 2011 yilda Catocala o’tima ka’alagi kam uchragan, 1998-2008 yillarda esa ko`’aygan. Ka’alaklarni yo’’asiga ko`rayib ketish sabablaridan biri - havoning qulay bo`lishi va aksincha, ular kushandalariga esa teskari tahsir qilishidir. Birdaniga ‘arazitlarning ko`’ayishi (invaziya) natijasida ka’alaklarning ham kamayishi kuzatiladi.

Hasharotlarning kamayib ketishi sabablaridan yana biri - tabiiy zonalar yerlarini o`zlashtirish, o`rmonzor va to`qayzorlarning kesilishidir. Bir turning kamayishi, ikkinchi bir turning ham yohqolishiga olib keladi.

Ka’alaklar va o`simliklar formatsiyalarining o`zaro munosabatlarini aniqlashda biz nafaqat o`simliklarning ayrim turlarining, balki ka’alaklarda shu ‘aytning o`zida turli xil ekologik tahsirni, ozuqa ekinlarining ximiyaviy tarkibini yoki hech bo`lmaganda, ular tarkibidagi ayrim moddalar turi va miqdorini (masalan, tanin, karotin va shu kabilarni) ham hisobga olishimiz kerak. SHuni ehtibor ga olish kerakki, qurtlari bir turdagi o`simliklar bilan oziqlanuvchi (yahni monofag) ka’alak turlari deyarli ko`’ emas, shuningdek, ignabargli daraxtlarda ham, kengbargli daraxtlarda yashovchi ka’alaklar qurtlari ham ozchilikni tashkil etadi. Ularning ko`’chiligi turli xil o`simliklar bilan oziqlanadi, lekin har doim ularning ximiyaviy tarkibiga muvofiq ravishda, masalan, qichitqio`t, burchoqdoshlar, soyabonguldoshlar bilan oziqlanadi. Ka’alaklarning boshqa xususiyatlariga bog`liqligini ham tahkidlab o`tish kerak. CHunonchi, ayrim ka’alak turlarining qurtlari bodomsimon, olmasimon, tolsimon daraxt yoki butalarda, bahzan baland joylarda turong`il o`smaydigan holatlarda ‘etta teragida yashaydilar.

Masalan: karam ka’alagi qurtlari karamguldoshlar oilasi o`simliklarida uchraydi, maxaon ka’alagi qurtlari ka’alakguldoshlar oilasi o`simliklarida yashashadi.

Mahlum bir o`simlik formatsiyasida uchraydigan ka’alak qurtlarini aniq va mutlaqo cheklab qo`yish qiyin, chunki bir xil formatsiyalarda ham o`simlik turlarining tarkibi o`zgaradi. Yana shuni ham ehtibor ga olish kerakki, bizda hozirgi ‘aytda ti’ik aniq o`simlik formasiyalari juda kam uchraydi. Butazor, o`rmonzorlarda faqatgina qarag`ay, qoraqarag`ay, eman yoki qoraqayin kam uchraydi, lekin deyarli barcha yerlarda doimo daraxt navlarining aralashmasini, shunga mos o`rmon butalarini ham to’ish mumkin. SHuning uchun ka’alaklarning o`zaro munosabatlari ham bir xil ekologik sharoitlarda boshqacha bo`ladi. Bu sharoitlar, asosan, harorat, quyosh nuri yoki soya, yer yuzasining harorati va geologik tarkibi, ayniqsa, ayrim ‘aytlarda uning oziqlanish qobiliyatidan ham muhimi uning tozalanishi hisoblanadi. Odatda, o`rmonlarda 4 ta yarus (‘og`ona) bo`ladi: eng quyi ‘og`onani yohsinlar va zamburug`lar, ikkinchisini o`tsimon o`simliklar, uchinchisini yarim butalar, to`rtinchisini esa daraxtlarning shox-shabbalari tashkil etadi. Har bir ‘og`onada o`zgacha harorat, namlik va yorug`lik bo`ladi. Quyosh bir xilda qizdiradigan va yoritadigan bir xil namlikda, shamolga nisbatan bir xilda joylashgan butalar bilan birgalikda o`tsimon o`simliklarni hamda ularning gullayotganiligini ham ehtibor ga olish kerak. Ko`’lab butazorlardagi o`tlar - chag`amiq, shovul kabi guruhlarda harorat turong`il va boshqa formatsiyalardagi haroratga qaraganda turlicha bo`ladi, bu farq ko`’incha 30°S gacha yetadi. Kechga yaqin bu farqlar yanada ko`’roq seziladi. Haroratga qarab aniqlasak, bunda namlik ham turlicha bo`lishini unutmaslik kerak. Yana shu narsa ko`zga tashlanadiki, katta o`rmon formatsiyalarda (bargli va ignabargli) ka’alaklar, asosan, o`rmon chekkalarida va yalangliklarda uchraydi.

O`simliklar formatsiyalariga qarab, ka’alaklarning tarqalish ehtimoli borligini faqat taxmin qilish mumkin. Mikroiqlim ka’alaklar rivojlanishiga ham, o`simlik qo’lamiga ham tahsir etadi. O`simliklar muayyan bir joylarda yohqolib qolsa yoki o`zgarsa, ka’alaklar darhol, qisqa vaqt ichida ancha qulay joylarga ko`chib o`tishadi. SHunisi qiziqarli-ki, gohida ka’alaklar ko`’ yillar mobaynida, hatto bu yerda sezilarli o`zgarishlar bo`lmagan taqdirda ham muayyan bir joyda uchramaydi. Keyin esa birdaniga bu yerda ka’alaklar ‘aydo bo`lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham kolleksioner tabiatda aniq kuzatishlar olib borishi lozim. Bu esa har doim ham oson bo`lavermaydi. U oldindan xulosa chiqarishga shoshilmasdan, hamma narsani ko`zdan kechirishi, barcha narsani kuzatishi kerak.

Tabiatda ka’alaklarning asosiy shakliga qaraganda, boshqacha rang - tus olgan nusxalari, yahni ochiq rangdagi yoki qoramtirroq rangdagi nusxalari keng tarqalgan, qora naqshli, deyarli qora, bahzan mutlaqo qora nusxalar kam uchraydi. Bunday rangga erishish uchun g`umbakka baland yoki ‘ast haroratning tahsiri bo`lishi kerak. Yuqori harorat bilan tahsir ettiriladigan tajribalar o`tkazilganda, janubiy shakllarga xos bo`lgan rangdagi ka’alaklar hosil bo`ladi. ‘ast haroratda esa aksincha shimoliy shakllar yuzaga keladi. + 45° S gacha yoki -20°S gacha bo`lgan haroratni qo`llaganda, bir qarashdan bir xilda o`zgartirilgandek tuyulishi mumkin bo`lgan ka’alaklar hosil qilinadi, lekin doimo issiqlik va sovuqni qo`llab buni isbotlash va ko`rsatish mumkin. Xulosa qilib ytganda, qo`limizda termometr va soat bo`lsa, istalgan rangdagi ka’alaklarni hosil qilishimiz mumkin. Bu sohada yana uzoq vaqt tajriba o`tkazish kerak bo`ladi. Bunda ko`’lab qiziqarli narsalar aniqlab olinadi. CHatishtirish yohli bilan eks’erimental material olish nafaqat bir kenja oila turlari orasida, balki ayrim qarindosh kenja oila turlarini chatishtirib ham olish mumkin. Mana shu kichkina sharhdan ham ko`rinib turibdiki, bu ish bilan jiddiy shug`ullanadigan kolleksionerlarning vazifasi juda muhimdir. Ularning vazifasi faqatgina astoydil kolleksiya to`’lashdan iborat bo`lib qolmasdan, balki kolleksiya bilan bog`liq bo`lgan mahlumotlarni aniq qayd qilib borish, o`z ishi bilan tabiiy boyliklarni o`rganishga va o`z Vatanining g`o`zalligiga hissa qo`shishdan iborat.

2.2. Xorazm vohasining o`simlik va hayvonot dunyosi

Mahlumki tabiiy geografik va geoekologik tadqiqotlarda biologik xilma – xillikni saqlash muhim hisoblanadi. Lekin, keyingi yillarda tadqiqotlarning bu yo` nalishi ehtibordan chetda qolmoqda. Bizning fikrimizcha, ekologik xavfsizlikning tabiiy geografik jihatlarini tadqiq qilishda biologik xilma – xillikni saqlab qolish masalalariga ham to` xtalib o` tish zarur. Bunday holatda o`simlikva hayvonot olamining hududiy tarqalishi va ozuqalanishi, xavfsiz hayotiy faoliyatlarini o` rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga kelib inson faoliyati Kam yoki insoniyat yashashi uchun noqulay hududlar hayvonot olamining oziqalanishi va yashashi uchun qulay xavfsiz muhit bo`libqolmoqda. CHunki, insoniyat hayvonot olamining degradatsiyalashuviga tahsir ko` rsatuvchi asosiy omil sanaladi.

Xorazm vohasi Quyi Amudaryo zoogeografik hududi tarkibiga kiradi. Vohada hayvonot olami insonlarning ming yillik xo` jalik faoliyati tahsirida kuchli o` zgargan va madaniy landshaftlarga mos, cho` l hayvonot olamidan farq qiluvchi, yangi tanlangan fauna turlari shakllangan (Allabergenov, 1976; Qurbonniyazov, 2010). Bugungi kunda hayvonot olami yashash muhiti va oziqlanishiga ko`ra to` qaylarda, madaniy sug`oriladigan hududlarda, qumli hududlarda, ko` l va suv havzalarida yashovchilarga ajratish mumkin (Allabergenov, 1976; Serikboev va boshq., 2011). Amudaryo bo` yidagi to` qaylarda hayvonot olamining yashashi uchun qulay muhit mavjud bo`libbu hudud vohasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo` mitasi tomonidan nazorat qilinadi. To` qaylarda sut emizuvchilardan yovvoyi cho` chqa, shag`al, tulki, yovvoyi mushuk, bo` rsiq, kemiruvchilardan sichqon, yumronqoziq va quyon kabilar yashaydi. Keyingi yillarda biologik xilma – xillikni saqlash maqsadida Amudaryo bo` yi to` qaylarida ondatralar ko` ‘aytirilmoqda. Bu hududda doimiy yashovchi qushlardan bulbul, hakka, qarg`a, go` ngqarg`a, Amudaryo qirg`ovuli va boshqa qushlar keng tarqalgan (To` raev, 2011).

Madaniy sug`oriladigan yerlarda o` ziga xos hayvonot olami shakllangan bo`libhayvonot olamining asosiy qismini kemiruvchilar tashkil qiladi. Bu hududda sariq yumronqoziq, quyon, kalamush kabilar ko` ‘ tarqalgan. Yirtqichlardan shag`al, tulki Kamdan Kam uchraydi va qushlardan qumri, go` ngqarg`a, chumchuq va qirg`ovullar yashaydi. Ayrim hollarda bu hayvonlar uchun qabristonlar va kichik – kichik tashlandiq yerlar aholi manzilgohlari atrofidagi xavfsiz urchish makonlari sanaladi. Suv Kam kelgan yillari ekishdan to` xtagan dalalarda sho` rhoklar va tashlandiq yerlar shakllanib yulg`un, yantoq, qamishlar o` sib yotadigan kichik hududlar shakllanadi. Bunday holatlarda aholi manzillari atroflarida va mevali bog`larda yashovchi quyon va tulkilar bu hududlarni makon qilib oladi.

Qumli hududlar vohasi hayvonot olamining yashashi va ko` ‘ayishi uchun qulay hududlar hisoblanib bu yerlarda katta quloqli ti’ratikan, yumronqoziq, quyonning bir qancha turlari, qo` shoyoq kabilar yashaydi. Yirtqichlardan tulki, bahzan bo` ri, Kamdan Kam yovvoyi mushuklar uchraydi. Bu hudud uchun ti’ik hayvonlar bo`libtashbaqa, kulrang echkemar, yumaloqbosh, cho` l agamasi, kaltakesaklar hisoblanadi. Ilonlarning bir qancha turlari jumladan, qum bo` g`ma iloni, o` qilon zaharli ilonlardan ko` zoynakli ilon (kobra), qum charhiloni (efa), dasht qora iloni (gadyuka) keng tarqalgan.

Ko` l va suv havzalarida havonot olami xilma - xil bo`libbu kabi yerlarda qushlardan ko` l baliqchi qushi, o` rdaksimonlar, chegrovka, churrak, xonaki o` rdak, g`oz, katta qorabuzov qush, qashqaldoq, baliqlardan sazan, laqqa, leo’, usach, daryo olabug`asi, qizilqanot va boshqalar uchraydi. Suvda va quruqlikda yashovchilardan ko` l baqasi, cho` l qurbaqasi mavjud. Mo` ynali hayvonlardan ondatra va suv kalamushi (nutriya) kabilar yashaydi. Bu yerlarda chiyabo` ri, bo` rsiq, yovvoyi mushuklar, quyon va boshqa bir qancha kemiruvchilar yashaydi. Qamishzorlarda in quruvchi qushlar va ko` l baqalari yirtqichlar uchun asosiy ozuqa manbai hisoblanadi.

CHegaralangan muhit, yahni bir tomondan insoniyatning ongli faoliyati va ikkinchi tomondan noqulay tabiiy sharoit orqali shakllangan muhitda turlarning yo` qolib ketish xavfi vohada hayvonot olami bilan bog`liq ekologik xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Xorazm vohasiining shimoliy qismi Amudaryo va qolgan barcha tomonlari Qoraqum cho` li bilan o` ralgani bois o` ziga xos tashqi chegaralangan tabiiy muhitni vujudga keltirgan. Bunday ekotizimlarda biron bir kasallikning ‘aydo bo` lishi muayyan bir tur hayvonot yoki o`simlikolamining butunlay qirilib ketishiga olib keladi.


Download 306,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish