O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:--------------------
18- dars
KARTOSHKA. SABZAVOT EKINLARI. QULUPNAY
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay, ularni ekish va yetishtirish haqida bilim berish va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga o‘zlari iste’mol qiladigan kartoshka, sabzavot ekinlari, qulup-nayni yetishtirishda odamlarning ko‘p mehnati sarfla-nishini tushuntirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning kartoshka, sabzavot ekinlari, qulupnay haqida tasavvurlarini kengaytirish, ularni yetishtirish haqida dunyo-qarashlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari. Piyoz, sabzi, pomidor, karam urugdari, kartoshka hosili, qulupnay tupi namunalari, ularning ekin maydoni tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qodlaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, karam urugdari namunalarini 0‘quv-chilarga ko‘rinadigan joyga qo‘yish, ularning tupi va ekin maydoni tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Begona o‘tlar» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi.
Quyidagi qo‘shimcha savollar bilan suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Nima uchun begona o‘tlar yulib tashlanadi?
2. Zarpechak qanday ko‘payadi? Unga qarshi qanday kurashiladi?
3. G‘umay qanday o‘sadi?
4. Sho‘ra qanday zarar keltiradi?
5. Yana qanday begona o‘tlarni bilasiz?
3. Yangi mavzuning bayoni. « Kartoshka va sabzavot ekinlari» mavzusi boshida ikkita savollar berilgan:
1. Qanday sabzavotlarni bilasiz?
2. Pishirib iste’mol qilinadiganlarini va xom yeyila-diganlarini aytib bering.
3. Kartoshkadan qanday ovqatlar pishiriladi?
4. Piyoz, sabzi va karam qaysi ovqatlarga solinadi?
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari toddiradilar.
Yangi mavzu bo‘yicha kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, karam, ularni ekish va yetishtirish haqida 0‘quv-chilarga batafsil so‘zlab beriladi. Bunda darslikda bayon qilinganlardan tashqari quyidagi madumotlar ham o‘quvchilarga berilishi tavsiya etiladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan eng ko‘p iste’mol qilinadiganlaridan biri kartoshkadir. Deyarli barcha ovqatlarga kartoshka solinadi.
Kartoshkaning ertagi navi erta bahorda ekiladi. Daladagi kartoshka tuplari yerdan 10 —15 sm ko‘tarilgandan keyin atroflari yumshatilib ishlov beriladi.
Kartoshka tupining kushandasi kalorida qo‘ng‘izidir. Bu qo‘ng‘iz kartoshka barglari va poyasi bilan oziqlanadi. Kalorida qo‘ng‘izi vaqtida terib yo‘q qilinmasa, barglar orqasiga tuxum qo‘yib tez ko‘payib ketadi. Tuxumlardan chiqqan qurtlar daladagi barcha kartoshka tuplaridagi barglarni yeb tugatishi mumkin.
Ovqatlarni pishirishda piyoz va sabzi ko‘p ishlatiladi. Bu sabzavotlarning ikkisi ham urug‘dan ko‘payadi. Piyoz va sabzi ekilgan jo‘yaklardan begona o‘tlar chiqib, bu ekinlarning o‘sishiga ziyon yetkaza boshlaydi. Shuning uchun begona o‘tlar vaqti-vaqti bilan yulib turiladi. Ularga o‘g‘itlar solinadi, egatlariga ishlov beriladi va sug‘orib turiladi.
Odatda pomidor urug'lari fevral-mart oylarida issiq-xonaga ekilib, ko‘chati tayyorlanadi. Ochiq dalalarga mart oyi oxirida va aprel oyida ularning ko‘chatlari ekiladi. Ekilgan ko‘chatlar sug’orilib turiladi.
Karamli ovqat ko‘p vitaminli hisoblanadi. Uni yetishtirish boshqa ekinlarga nisbatan osonroq va uning hosili barakalidir. Barglari birining ustiga biri o‘ralib biz iste’mol qiladigan karamni hosil qiladi. Yetilgan ertagi karam may oyida uzib olinadi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. Ularni bajarish davomida o‘quvchilar bilan quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashiladi:
1. Kartoshka qanday ekiladi?
2. Piyoz, sabzi, karam va pomidor qanday ko‘pay-tiriladi?
Amaliy ishlarning bir qismi shu darsda bajariladi. Unib chiqqan bu o‘simliklarning organlari keyingi darslarda ko‘rib chiqiladi va tuvaklarga o'tqaziladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Kartoshka qaysi oylarda ekiladi va qachon kavlab olinadi?
2. Sabzavot ekinlariga nimalar kiradi? Ulardan qaysilari bir yillik, qaysilari ko‘p yillik?
3. Qulupnay necha yillik o‘simlik? U qanday ko‘pay-tiriladi?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan to‘l-diriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |