TABIATSHUNOSLIK FANIDAN 4-SINFLAR UCHUN 3-CHORAK TEST TOPSHIRIQLARI.
1.Cho’l deb qanday yerlarga aytiladi?
a) o’simliklar yaxshi rivojlana olmaydigan qurg’oqchil yerlarga
b) o’simliklar yaxshi rivojlana oladigan yerlarga
d) yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan yerlarga
2. Cho’llar nechi xil bo’ladi? Qaysilar?
a) 2 xil. Gilli va toshli
b) 3xil. Qumli, gilli, toshli
d) 4 xil. Toshli,qumli, gilli,suvli
3. Barxan nima?
a) qumli cho’lda shamol qumlarni surganda hosil bo’lgan do’ngliklar
b) qumliklarda o’sadigan o’simlik turi
d) qumliklardagi suv havzalari
4. Taqir yerlar qanday hosil bo’ladi?
a) o’simliklar o’sganda
b) qumliklarda suv chiqganda
d) gilli cho’llarning qotib yorilishidan
5. Cho’llarda o’sadigan o’simliklar qaysilar?
a) yantoq, shuvoq, saksovul
b) lolaqizg’aldoq, tugmachagul
d) rovoch, afsonak, tog’beka
6. Adirlar nimasi bilan cho’llardan farq qiladi?
a) adirlarda cho’llarga nisbatan o’t-o’simliklar qalin bo’lib o’sadi
b) adirlar cho’llarga nisbatan qumliklari ko’p
d) adirlarda cho’llarga nisbatan issiq ko’p bo’ladi
7. Adirlarda o’sadigan o’simliklar qaysilar?
a) yantoq, shuvoq, saksovul
b) rovoch, afsonak, tog’beka
d) isiriq, qoqio’t, jumagul, sebarga
8. Adirlarda eng ko’p uchraydigan ilonlardan biri- ......
a) chipor ilon
b) sariq ilon
d) bo’g’ma ilon
9. Tog’da o’sadigan o’simliklar qaysilar?
a) yantoq, shuvoq, saksovul
b) lolaqizg’aldoq, tugmachagul
d) rovoch, afsonak, tog’beka
10. Tog’da ko’pincha qanday daraxtlar uchraydi?
a) archa, qayin, yong’oq
b) saksovul, eman, tut
d) terak, o’rik, olma
11. O’lkamiz tog’larida qanday yirik qushlar uchraydi?
a) to’ti,qarga, chittak
b) lochin, burgut, qirg’iy
d) qaldirg’och, musicha
12. O’lkamiz tog’larida qanday hayvonlar yashaydi?
a) mushuk, sigir, it
b) tovuq, xo’roz, ot
d) tog’ echkisi, Buxora qo’yi, morxo’r
13. O’rmonlar deb qanday joylarga aytiladi?
a) daraxtlar zich va tartibsiz o’sadigan joylarga
b) suv bilan qoplangan joylar
d) qumliklar bilan qoplangan joylar
14. O’rmonlarning necha xil turi mavjud? Qaysilar?
a) 3 xil: tog’, to’qay, cho’l o’rmonlari
b) 2 xil: tog’, cho’l o’rmonlari
d) 4xil: tog’, cho’l, to’qay, adir o’rmonlari
15. Tabiiy boyliklarga nimalar kiradi?
a) Quyosh energiyasi, suv, havo, o’simlik
b) plastmassa, mashina
d) un, yog’, shokolad
16. Tabiiy boyliklar nechi turga bo’linadi? Qaysilar?
a) 2 tur: tugaydigan, tugamaydigan
b) 1 turi mavjud: tugamaydigan
d) 3 tur: tugaydigan, tugamaydigan, qayta tiklanadigan
17. Tugaydigan tabiiy boyliklarga qaysilar kiradi?
a) yerosti boyliklari
b) suv, havo
d) o’simlik, hayvonlar
18. Tugamaydigan tabiiy boyliklarga qaysilar kiradi?
a) o’simlik, tuproq
b) Quyosh nuri,havo,suv
d) yerosti boyliklari
19. Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklarga qaysilar kiradi?
a) yerosti boyliklari
b) suv, havo
d) o’simlik, hayvonlar, tuproqlar
20. Qo’riqxona deb nimaga aytiladi?
a) tabiat boyliklari muhofaza qilinadigan joy
b) suv bilan qoplangan joylar
d) qumliklar bilan qoplangan joylar
21. O’zbekistonda nechta qo’riqxonalar mavjud?
a) 8 ta
b) 9 ta
d) 10 ta
22. O’zbekiston hududi necha km ga cho’zilgan?
a) g’arbdan sharqqa tomon 1400 km, shimoldan janubga 925 km
b) g’arbdan sharqqa tomon 1000 km, shimoldan janubga 900 km
d) g’arbdan sharqqa tomon 1200 km, shimoldan janubga 800 km
23. Mamlakatimiz yer maydoni qanchani tashkil etadi?
a) 223 900 kv. km
b) 448 900 kv km
d) 338 800 kv km
24. O’zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
a) Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston,Tojikiston, Afg’oniston
b) Turkmaniston, Qirg’iziston,Tojikiston, Afg’oniston
d) Qirg’iziston,Tojikiston, Afg’oniston
25. O’zbekiston qanday ma’muriy hududlarga bo’lingan?
a) Toshkent shaxri,12 ta viloyat va Qoraqalpog’iston Respublikasi
b) Toshkent shaxri,12 ta viloyat
d) Toshkent shaxri, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |