6-3.Jismonny mashqlarnnig ta’sirini belgilovchi omillar.
Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xil dagi jismoniy mashqlarning bir xil madaniyatviy ta’sir kursatishi ama liyetda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Madaniyat jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni oson lashtiradi. Bu omillar kuydagicha guruxlangan:
1.O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy xarakteristikasini bilish asosiy omillardin biri. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama - o’quvchilar ukiydi, o’qituvchi ukitadi. SHuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim ukitayotganligiga va kimlarni ukiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iktidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, kizikishi, harakat faolligi xamda boshqalarga bog’liq.
1.Ilmiy omillar - jismoniy madaniyatning qonuniyatlarini inson tomonidan anglash me’erini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chukur ishlab chikilgan bulsa, pedagogik vazifalarni xal qilish uchuchn shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3.Metodik omillar - jismoniy mashqlardan foydalanishda amal kilinadigan juda keng kamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni o’qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun kullayetib (masalan, jismoniy kobiliyatlarni rivojlantirish uchun) shuni xisobga olish kerakki, birinchidan, shu jismoniy mashqdan kutilayetgan samara, ya’ni bu mashq bilan kanday vazifalarni (bilim berish, madaniyatlash, soglomlashtirish) xal qilish mumkin; ikkin chidan, uning to’zilishi — statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik yoki boshqacha harakatmi; uchinchidan, mumkin bulgan takrorlash usullari (bulaklarga ajratib yoki mashqni tuda bajarish bilan urgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oraligida aktiv dam olishni qullashmi yoki passiv dam olishnimn va xokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi kuyilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy madaniyat vositalari va metodlariii tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bog’liq. Masalan, kanatga uch usul bilan tirmashib chikish erkin usul bilan tirma shib chikishdan samaralirokdir, chunki uch usul kullanganda badandrokka chikish imkoni bo’ladi. Jismoniy mashq bajargandan sung organizmda maxsus funksional o’zgarish vujudga keladi va u ma’lum vaqtgacha organizmda saklanib tura di. Vujudga kelgan o’zgarish fonnda keyingi mashqning ta’sir samarasi yanada boshqacharok bulishi mumkin. Dastlabki va sungi mashqda mashg’ulot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin.
Masalan, dikkat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab kiluvchi harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbalok oshish mashqlaridan sung muvozanat saklash mashqlarini o’zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bulishi mumkin. Ta’sirning oz yoki kuchlilik darajasi o’zining chukurligi va davomiyligi, o’quvchi holati uning jismoniy, akliy tayyorgarligi va xokazolarga bog’liq. Mashqlar ta’sirining talabini kompleks ishlab chikish harakat faoliyatining asosiy ta’siri samarasini xisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat jarayoni mashqlar ta’siri tizimini har bir yosh guruxi uchun ishlab chikishii takazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |