muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilmagan qimmatli tabiiy
ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb e’lon qilinadi va jiddiy muhofaza ostiga
olinadi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘tmishi va unda sodir bo‘layotgan
jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Masalan, valunalar-
muzlik qoldiqlari, «qo‘y peshonalari» - muzliklarning qoyalarga ishqalanishi,
jimjimador qoyalar – tog‘ jinslari nurashining guvohi. Tabiat yodgorliklariga
sharsharalar, geyzerlar, g‘orlar, relefning ajoyib shakllari, geologik ochilib qolgan
joylar, ayrim daraxt, tarixiy obidalar va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Umumiy
xususiyatiga
qarab
tabiat
yodgorliklari
geologik-geomorfologik,
botanik,
paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: