Tabiatni asraylik Reja: Tabiat va jamiat. Ekologik madaniyat shakllanishi tarixi


Tabiat, jamiyat va ruhiyat uyg‘unligi



Download 39,61 Kb.
bet3/3
Sana29.05.2022
Hajmi39,61 Kb.
#617558
1   2   3
Bog'liq
TABIATNI ASRAYLIK

Tabiat, jamiyat va ruhiyat uyg‘unligi Tabiat deganimizda butun borliq, turfa olam, sayyoramizdagi jonli va jonsiz jismlar tushuniladi. Erning jonli qismiga o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar, jonsiz qismiga esa havo, suv va tog‘ jinsi qatlamlari kiradi. Ular bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Tabiiy muhitni saqlab qolish, tabiiy boyliklardan omilkorlik bilan foydalanish, jahon xalqlari oldidagi asosiy muammolardan biriga aylandi. Bu muammo keyingi yillarda qator tabiiy, texnik va hatto gumanitar fanlar- ning eng asosiy vazifalaridan biriga ham aylanmoqda. Ekologiya grekcha so‘z bo‘lib, ekos-yashash joyi, uy, muhit, logiya-fan manosini anglatadi. Bu so‘zni fanga birinchi marta 1867 yili nemis biolog olimi Ernest Gekkel kiritgan bo‘lib, u ko‘p vaqtgacha faqat biologiya fanida ishlatilib kelingan. Insoniyatni tabiatga nisba- tan salbiy ta’siri oshib, havo, suv, tuproq tarkibining o‘zgarishiga, inson salomatligining yomonlashishiga sabab bo‘la boshlaganidan so‘ng ekologiya so‘zining lug‘aviy ma’no- si kengayib, u hozirgi vaqtda tabiiy muhit va undan omil- korlik bilan foydalanishni o‘rgatuvchi fan manosini anglatmoqda. Hozirda bu tushuncha bilan bog‘liq masalalar olam- shumul ahamiyat kasb etadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa, insoniyat global ekologik inqirozning oqibat- larini anglab etdi. Insoniyat sivilizatsiyasi o‘zining o‘n ming yillik tarixi davomida shartli uch bosqichni bosib o‘tgan. 13 Birinchi bosqichda mehnat takomili paydo bo‘ldi; oddiy mehnat qurollari bilan ta’sir qilib, asosan yovvoyi o‘simlik va ovchilik vositasida oziqlanishdan insoniyat dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini o‘zlashtirishga o‘tdi va tabiat kuchlarini ilohiylashtirishdan voz kechdi. Natijada insonning yaratuvchilik qudratini ulug‘lash g‘oyasi yuzaga keldi. Ikkinchi bosqich ko‘proq g‘arb davlatlaridagi uyg‘onish, mulkiy munosabatlarning shakllanishi, sanoatning paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri kelib, dunyo, kosmos markaziga inson omilini olib chiqdi. Bu esa yangilash davri boshlanganidan dalolat berib, insonning tabiiy atrof-muhitga munosaba- tini tubdan o‘zgartiradi. XX asrga qadar zamonaviylash- tirish jarayoni ekologik muvozanatning, atrof-muhit barqaror holatining saqlanishiga ziyon etkazmadi. Uchinchi bosqichda, ya’ni XX asrda er yuzida global o‘zgarishlar jarayoni boshlandi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, tabiatga nisbatan qilingan xatti-harakatlar salbiy natijalarni berib, insoniyatni ekologik halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. Bunday muammolarning echimi bormikan? Keling, yaxshisi bu muammolarga atroflicha yondashaylik, balki muammoning echimi nimada ekanligini bilib olarmiz. Biz bilamizki, inson tabiat va uning tabiiy resurslarisiz yashay olmaydi. Bu jarayon, asosan, ishlab chiqarish bilan aloqadordir. Muammoni, chuqurroq anglash uchun, avvalo, “koinot” tushunchasiga murojaat qilish zarur. “Koinot” atamasini keng va tor manoda tushunish mumkin. Keng ma’noda, koinot-barcha mavjud narsalarni, yulduzlar, galaktika, metagalaktika tizimlari, shuningdek, makon va zamondagi eng kichik zarralardan tortib, o‘simliklar, insonlar olami-hammasini o‘z ichiga oladi. Bu tushuncha butun borliqni qamrab oladi. Biz koinotni tor ma’noda erdan tashqaridagi olam ma’nosida ham ishlatamiz. 14 Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlarni-oziq- ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, energiya, mineral ashyolar va boshqalarni tabiatdan oladi. Hozir dunyo bo‘yicha har xil yoqilg‘ilarning ishlatilishi tufayli 10.1 milliard tonna kislorod sarflanadi, qishloq ho‘jali- giga yaroqli bo‘lgan tuproqning 70 foizi, o‘rmonlarning 50 foizi, chuchuk daryo suvlarining 20 foizi, biologik resurs- larning 70 foizi kishilar tomonidan o‘zlashtirilib foydalanilmoqda. Tabiatning nematlari shu tarzda kamayib ketaversa keyingi hayotni qanday tasavvur qilish mumkin? Bu holatga kelmaslik uchun tabiatni va uning ne’matlarini muhofaza qilish kerak. Tabiatni muhofaza- lash ishlari xalq ho‘jaligining turli sohalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muhim muammolardan biridir. Tabiat muhofazasi sayyoramizning eng asosiy muammo- laridan biri bo‘lib, unga BMT 1960 yildan so‘ng jiddiy e’tibor bera boshladi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish masalalari bilan BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO shug‘ullanadi. Tabiatni muhofazalashga bag‘ishlab BMT 1972 yil iyulda Stokgolmda konferensiya o‘tkazdi. SHu yili 15 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining XXVII sessiyasida davlatlar- aro hamkorlikning tashkiliy va moliyaviy tadbirlarini belgilab, “Tashqi muhit bo‘yicha BMT ish dasturi” (YUNEP) va uning boshqaruvchilari Kengashini ta’sis etdi. 1973 yil iyunda kengashning 1 -sessiyasida Stokgolmda qabul qilingan “Atrof muhit sohasidagi harakat dasturi” muho- kama qilinib, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yo‘nalish- lari belgilandi. Bularga: kishilar sog‘ligi va farovonli- gini muhofaza qilish, tuproq va suvni muhofaza qilish, cho‘llarning kengayishiga qarshi kurashish, bu sohaga oid ta’lim va malaka oshirishni kuchaytirish, axborot tarqa- tish ishlarini olib borish, okeanlarni muhofaza etish, 15 o‘simliklar, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslarni muhofaza etish, energetika resurslari va boshqalar. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish maqsadida er to‘g‘risida, o‘rmon, hayvonlar, suv, qazilma boyliklar, atmosfera to‘g‘risida respublikamizda qator qonunlar qabul qilingan va bir necha marta hukumat qarorlari chiqqan. Jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar tabiatni muhofaza qilishlari, uning boyliklarini qo‘riqlashlari shart ekan- ligi ko‘rsatilgan. 1992 yil 9 dekabrda Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan. Tabiatni muhofazalashda davlat tashkilotlaridan tashqari Respublikamizda prof. YU.SH. SHodimetov rahbar- ligida 1992 yili tashkil etilgan “Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg‘armasi” – EKOSAN jamoa tashkilotining hissasi ham katta. EKOSANning asosiy vazifasi xalqaro tashkilotlarni, olimlarni, mutaxassislarni, siyosiy arboblarni ekologiyaning dolzarb muammolarini o‘rganish- ga, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarning ekologik siyosatini ilmiy asoslashning takomillashuviga, ekologik fikrlash va tarbiyalashga qaratilgan.

Download 39,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish