Atrof - muhit holatini kartada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va ahamiyati
barchaga ma`lum. ekologik kartalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik karta‖ni
tuzishni nazarda tutmaslik kerak. ―Ekologiya‖ tushuncha- siga ko`ra tirik organizmlarning
bir-birlari va atrof muhit bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini o`zgarish deb qaralsa, u
holda bu yo`nalishda bir necha bir-birlari bilan bog’liq bo`lgan mavzuli kartalar yaratish
mumkinligi ravshan bo`ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar,
inson bilan tabiat munosabatlarining geografik va ekologik aspektlariniqamrab olganlari
tufayli bu borada ko`plab turli mavzuli analitik va sintetik kartalar tuzish taqozo etiladi.
yo`naltirilganligi), undan foydalanish turiga ko`ra uch tipga: 1) umumekologik, 2) aniq
maqsadga yo`naltirilgan, 3) amaliy kartalarga ajratish mumkin. Umumekologik kartalarga
mazmunan keng qamrovli, ko`pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali
umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi kartalar sintezlashgan toifaga mansubligi
68
tufayli kartografik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga ega va shuning uchun ham boy
ma`lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. ―Tabiatdan foydalanish kartasi‖, ―Ekologik
karta‖, ―Geoekologik karta‖, va boshqa shu toifadagi kartalar umumekologik kartalar deb
atash mumkin.
Aniq maqsadga yo`naltirilgan ekologik kartalar maxsus kartografik mazmuniga ega
bo`lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan
bo`ladi. Bu jihatdan qaraganda Ushbu toifadagi kartalar mazmuni, ma`lum maqsadga
yo`naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida
vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan
foydalanish borasida xududda tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa
jarayon va hodisalar umumlashgan holda kartada aks ettiriladi. Albatta, asosiy kartada suv
resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim
karta-kesmalarda asosiy kartani mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar
tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish
natijasida tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa jarayon va hodisalar
umumlashgan holda aks ettiriladi. Albatta asosiy kartada suv resurslaridan foydalanish va
uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim karta-kesmalarda asosiy kartani
mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik
kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni
tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi.
Amaliy ekologik kartalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga
xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o`z oldiga qo`ygan aniq maqsadiga ko`ra bu
toifadagi kartalar sintetik va analitik guruhlarga bo`linadi. Sintetik ekologik kartalar
mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari olingan ko`rsatkichlar, mezonlar,
me`yoriy ma`lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma`lumotlar, tajribaviy va
dala axborotlari maxsus kartografik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida
ta`kidlash lozimki, bu guruhdagi kartalar ko`proq qayta ishlangan, ya`ni tahlil qilingan
miqdoriy va sifatli ko`rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik kartalardan keskin
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: