Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Ekskursiyalar o‘tkazishda o‘qituvchining topshirig‘iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (baiglar yig‘ish, qurigan shoxlarni qirqish, rasmlar chizish, o‘lchashlar o‘tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o‘quvchilar o‘qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o‘quvchilarni ish uslubi (masalan, qanday barglarni yig‘ish, shoxlarni qanday kesish, o‘simliklarni qanday kovlab olish) bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o‘qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko‘rsatadi.
Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab o‘qituvchi o‘qitishning xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo‘llaydi. o‘qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to‘ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsad - o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari-ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiatshunoslik fanining tushunchalarini to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.
Eksperimentlar ko‘pincha flziologik jarayonlarni o‘rganishda o‘tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo‘ladi. Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o‘tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug‘ning tarkibi, tuproq-ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo‘lishi va shunga o‘xshashlarni o‘rganishga umum ma’lum ishlar misol bo‘la oladi. Urug‘larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug‘lan-tirish kabi ancha sodda tajribalarni o‘quvchilar uyda bajaradilar.
Odatda, eksperimental ishlarni o‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o‘quv tajriba maydonida bajaradilar.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to‘ldiradi, tabiiy materialni o‘iganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o‘rgatadi.
Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalari va ko‘nikmalari hosil bo‘lishiga, mustaqil ishlashga yordam beradi.
2. Taqvim-mavzu rejalar amaldagi oʻquv dasturlar va tayanch oʻquv reja asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining fan oʻqituvchilari uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.
Ushbu namunaviy taqvim-mavzu rejalar quyidagi qismlarga ajratilgan:
1. Dars tartibi.
2. Mavzu nomi.
3. Soat.
4. Taqvimiy muddat.
3. Nazariy dars berish uchun o`quvchilarga ta'lim berish metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda har bir muxandis pedagogning ish usullarini tushunmog` kerak. O`qitish jarayoni ko’p qiralli bo`lib, nixoyatda xilma-xil va turli omillarga bog`liq. O`qituvchi ixtiyorida o`qitishning turli-tuman metodlari mavjud. Quyida ularning ba'zilarini keltirdik:
1. O`qitishda o`qituvchining xarakatlari tavsifiga qo`ra:
A) Aktiv metodlar (labarotoriyada kitob bilan ishlash);
B) Passiv metodlar (ma'ruzalar, suxbat, tushintirish, ekskursiya va boshalar.)
Do'stlaringiz bilan baham: |