Tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya fanidan O`qitish materiallari tayyyorlov yo`nalishi


Ekskursiya uchun mеhnat qurollarini, o’yinchoqlarini tanlash va ularga rahbarlik qilish



Download 12,56 Mb.
bet145/148
Sana01.02.2022
Hajmi12,56 Mb.
#424750
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
Ekologiya toplam(1)

3.Ekskursiya uchun mеhnat qurollarini, o’yinchoqlarini tanlash va ularga rahbarlik qilish.
Bundatarbiyachidan katta mahorat talab etiladi, chunki tanlanadigan mehnat qurollari bolalarni yoshiga mos, yengil, ranglari yorqin, bolalarni shikastlamaydigan bo’lishi kerak. Bularga chelakcha, lattacha, supurgicha, lapatkacha, xaskashcha, teshacha, xokondozchalar kiradi. O’yinchoqlar o’yin vaqtida yerga tegishini va tushib ketishini inobatga olgan holda plastmassadan hamda rezinadan yasalgan bo’lishi kerak. Ularni ekskursiyadan so’ng guruhga olib kelib yuvishlari qulay bo’lishi kerakligi inobatga olinadi.
Tashkil etiladigan mehnat va o’yinlarga tarbiyachidan katta mahorat talab etiladi. Bunda tarbiyachi bolalarni jamoat asosida mehnat qilishga o’rgatadi. Mehnat vaqtida do’stona munosabatda bo’lishga, bir-biriga halaqit qilmaslikka, ehtiyotkorlik bilan mehnat qilishga o’rgatadi. Ekskursiya qayerga tashkil etilishidan qat’iy nazar tarbiyachi mehnatni to’g’ri tashkil eta olishi kerak. Ekskursiyaga olib borilgan joyiga qarab o’yinlarni ham to’g’ri tashkil eta olishi kerak.
4.Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi. Tarbiyachi ekskursiyani rejalashtirar ekan, ekskursiya mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o'rnini, unga boriladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ular diqqatini asosiy maqsaddan chalg'itmaydigan) yo’lni belgilaydi. Ekskursiya o'rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin), shuningdek mavsumni, yo'lning xususiyatlarini, ob-havo holatini hisobga olishi zarur.
Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo'lmasin, u bir-ikki kun oldin o'sha joyga borib ko'rib kelishi lozim. Tarbiyachi bo'lajak ekskursiya joyiga bo'lgan marshrutni aniqlaydi, kerakli ob’yektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlari mumkin bo'lgan joyni belgilaydi.
Ekskursiyani o'tkazishdan oldin tarbiyachi uni o‘tkazish usullarini atroflicha o'ylab ko'radi va ekskursiya qiziqarli o'tishi uchun oldindar she’r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan foydalanadi.
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Tarbiyachi bolalarni ekskursiyaga olib borishdan avval har bir bolaning sog’lig’i haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak.Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg'ulotga qiziqish uyg‘otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat o`tkazadi, ya’ni ekskursiya vazifalarini qo‘yadi, topshiriq va vazifalarni taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlaydi.
Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlar mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, tabiat burchagida o'tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya yakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o'simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o'simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Eks­kursiyadan 2—3 kun o'tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o‘qiladi, bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Ekskursiya yakunida umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi.

Download 12,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish