Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish.
Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o‘simliklami parvarish qilishga yo‘llangan mehnatida ishtirok etadiiar. Ular 1-2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo‘rakka solish, o‘simliklarni oldindan hozirlab qo‘yilgan suv bilan sug‘orish va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta- sekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O‘rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o`rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o‘zini 2-3 kun davomida bajaradilar. Natijada o‘rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.