1. Tarkibida 0,3∙NA ta vodorod atomi saqlagan amiak hajmini (l, n.sh.) aniqlang.
A) 4,48 B) 6,72 C) 8,96 D) 2,24
2. 0,6 mol K, Na va Ca aralashmasi suvda eritilgada 7,84 l gaz ajraldi. Hosil bo'Igan aralashmada kaliy gidroksidning massasi kalsiy gidroksid massasidan 9,4 gr ga ortiq bo`lsa, natriyni massa ulishini (%) aniqlang?
A) 22,66 B) 43,8 C) 57,6 D) 4,6
3. Quyidagi keltirilgan qatorda elementlar atomlarning radiusi qanday ozgaradi?
Br, Cl, F, Li, Na, K, Rb
A) kamayadi B) ortadi
C) litiygacha ortadi, songra kamayadi
D) ftorgacha kamayadi, songra ortadi
4. Temir (II) sulfat va qalay (II) sulfat aralashmasi eritilgan eritmaga rux tayoqcha tushirildi. Reaksiya tugagach tayoqcha massasi ozgarishsiz qoldi. Dastlabki tuzlarning mol nisbatini aniqlang.
A) 1:6 B) 6:1 C) 1:3 D) 3:1
5. Temir, mis va oltindan iborat aralashmaga xlorid kislota tasir ettirilganda eritma massasi 2,7 g ga ortdi. Erimay qolgan qoldiq konsentrlangan sulfat bilan ishlanganda 1,12 l (n.sh) gaz ajraldi. Qolgan qoldiq massasi 4,0 g ni tashkil etdi. Dastlabki aralashmadagi temirning massa ulushini (%) toping.
A) 40 B) 20 C) 56 D) 28
6. Quyidagi rasmda kislorodning laboratoriyada olinishi tasvirlangan bolib reaksiya natijasida qanday oksid hosil boladi?
(Moddalarning rangi va shakli tabiiy emas.)
A) amfoter B) befarq C) asosli D) kislotali
7. 172 g 10 % li KOH eritmasi 8 F tok bilan elektroliz qilinganda necha foizli eritma hosil boladi?
A) 17,2 B) 15,8 C) 28,4 D) 16,4
8. reaksiyada SO3 ning konsentratsiyasi 2 mol/l bolganda kimyoviy muvozanat qaror topdi. SO2 ning boshlangich konsentratsiyasi 3 mol/l bolsa kislorodning dastlabki konsentratsiyassini (mol/l) hisoblang (KM=1)
A) 5 B) 1 C) 2 D) 4
9. 4 mol etilxloridga KOH ning spirtdagi eritmasi tasir ettirilganda 50 % unum bilan necha gramm alken olinadi?
A) 56 B) 42 C) 70 D) 28
10. H2SO4∙SO3 tarkibli oleum eritmasiga 43,6 g H2SO4∙1,5SO3 tarkibli oleum eritmasi eritmasi qo’shildi. Olingan ertmaga 10,8 g suv qo’shilganda 100% li sulfat kislota eritmasi hosil bo’lsa, dastlabki oleum tarkibidagi SO3 massasini (g) toping.
A) 48 B) 40 C) 24 D) 32
11. Kalsiy xlorid eritmasida dissotsiyalanmagan molekulalar soni 20 ta bolsa, eritmadagi xlor va kalsiy ionlar farqini aniqlang.(α = 90% suvning dissotsiyalanishini hisobga olmang)
A) 120 B) 80 C) 180 D) 100
12. 25.2 g siklogeksanni katalitik degidrogenlab necha gramm benzol olish mumkin?
A) 78 B) 27 C) 39 D) 23,7
13. Nomalum metal xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda 11,2 l (n.sh) vodorod ajralib chiqdi va 68 g tuz hosil bolsa Nomalum metal ni aniqlang.
A) Fe B) Zn C) Mg D) Al
14. Mis(II) sulfat eritmasiga qaysi moddani qoshganimizda kok rangli chokma hosil boladi?
A) RbBr B) NaOH C) LiJ D) BaCl2
15. Ar atomida nechta to’lgan pog’ona va pog’onacha mavjud?
A) 3 ; 5 B) 3 ; 4 C) 2 ; 4 D) 2 ; 5
16. KNO2 + KMnO4 + H2SO4 → KNO3 + MnSO4 + K2SO4 + H2O
Ushbu oksidlanish – qaytarilish reaksiyasida 1 mol oksidlovchi ishtirok etgan bo’lsa, sarflangan qaytaruvchining miqdorini (mol) aniqlang.
A) 1,5 B) 2,5 C) 1 D) 5
17. . A(g) ↔ B(g)+C(g) reaksiya tenglamasi bo’yicha muvozanat holatidagi A moddaning konsentratsiyasi 2 mol/l bo’lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini(mol/l) aniqlang. (KM=4,5)
A) 3 B) 5 C) 6 D) 4
18. ) 1200 ml 0,05M xlorid kislota eritmasiga necha ml 0,2M xlorid kislota eritmasi qoshilganda pH =l ga teng boladi.
A) 500 B) 400 C) 600 D) 700
19. Quyidagi qaysi javobda berilgan uglevod gidrolizga uchraydi lekin shakar hosil qilmaydi?
A) glukoza B) maltoza
C) mellabioza D) kraxmal
20. X,Y va Z elementlarida atomlar nisbati 4:2:1 bolganda massa nisbati 1:1:1 boladi. Agar shu elementlar 4:2:1 massa nisbatda olinsa atomlar nisbati qanday boladi?
A) 8:4:2 B) 1:1:1 C) 1:2:4 D) 8:4:1
21. Metiletilamin yetarli miqdorda kislorodda yondirildi. Reaksiya natijasida hosil bolgan suv buglari kondensatlangach qolgan gazlar aralashmasiidagi CO2 ning mol ulushini aniqlang.
A) 8/9 B) 2/3 C) 6/7 D) 4/5
22. Metallarning suyultirilgan sulfat kislota bilan reaksiyasi natijasida qaysi tuzlarni olib bolmaydi.
1) temir (II) sulfat 2) rux sulfat 3) simob (II) sulfat 4) kumush (I) sulfat 5) kalsiy sulfat 6) oltin (III) sulfat
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 6
C) 3, 4, 6 D) 1, 3, 5
23. Xlorbenzol va geksaxlorbenzol tarkibidagi xlor atomlari sonlari nisbatini toping.
A) 3:1 B) 1:2 C) 1:1 D) 1:6
24. Molekular ogirligi 12,5 kg ga teng bolgan vinilxlorid kauchukning polimerlanish darajasini toping.
A) 150 B) 250 C) 300 D) 200
25. Saxarozaning to`liq gidrolizli uchun 2 mol suv sarflansa, qancha (g) mahsulotlar hosil bo`ldi?
A) 720 B) 180 C) 540 D) 360
26. Qaysi spirt degidratlanganda oddiy efir hosil qiladi, alken hosil qilmaydi?
A) 2,3dimetilbutanol1
B) butanol1
C) 2,2demetilpropanol1
D) 2metilpropanol2
27. 16 g nomalum gazning 23°C va 2 atm dagi hajmi 4,1 litr. Nomalum gazlarni aniqlang.
1) Ar, 2) CO; 3) PH3; 4) C3H4; 5) N2; 6) H2S (R = 0,082 atm⦁l/mol⦁K)
A) 1, 3 B) 1, 4
C) 2, 5 D) 3, 6
28. To'yingan bir asosli karbon kislota to'liq yondirilganda 11,2 litr (n.sh.) karbonat angidrid hosil bo'ldi.
Xuddi shunday massali kislotani neytrallash uchun 32 ml (p=l,25 g/ml) 12,5 % li NaOH eritmasi sarflandi. Kislotaning molekulyar massasini hisoblang.
A) 74 B) 60 C) 46 D) 88
29. Metall, kovalent va ion boglanishli moddalar ketmaketligini toping.
A) N2, BaF2, BaSO4 B) Li, Na3N, MgS
C) Au, CH4, NaCl D) O3, N2O5, Li3PO4
30. Asosiy zanjirida 5 ta uglerod bolgan va molekulyar massasi eng katta bolgan alkan molekulasida nechta atom boladi?
A) 53 B) 47 C) 41 D) 35
Do'stlaringiz bilan baham: |