ta muhim tashabbusning yoshlar hayotida tutgan o’rni



Download 32,04 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi32,04 Kb.
#546989
  1   2   3
Bog'liq
4 mavzu


O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning
mazmun mohiyati
Reja:

1. “ O’zbekitonda yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi “ qonuni mazmun mohiyati

2. O’zbekitonda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati

3. 5 ta muhim tashabbusning yoshlar hayotida tutgan o’rni

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.


O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Darvoqe , hammamizga ma’lumki, bugungi kunda yoshlarga juda ko’plab imkoniyatlar yaratilib berilmoqda, chunki yoshlar kelajakning poydevorlari hisoblanadi. O’zbekiton Respublikasida ham ham ularning ta’lim olishlari ,ham unib o’sishlari uchun juda kata eshiklar ochilmoqda . Buning isboti sifatida O’RQ -406-sonli 2016 yil -14 sentabrdagi “O’zbekitonda yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi “ qonuni asosida ularni huquqiy tomondan ham himoya qilishni ko’zda tutadi. Ushbu qonun 4-bob va 33 moddadan iborat hisoblanadi. Xususan, 1-bob: Umumiy qoidalar deb nomlangan va unda 6 ta modda bor. Quyida esa ularning nomlari ko’rsatib o’tilgan :
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi.
2-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.
3-modda. Asosiy tushunchalar .
4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari .
5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari .
6-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar .
Ushbu bobda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qanday hujjatlardan foydalanilayotganligi ta’kidab o’tilgan va yosh oila ,yosh tadbirkor kimligi haqida ta’riflar ko’rsatib o’tilgan .
Ushbu qonunning 2–bobi esa ushbu ishlarni amalga oshirishda qaysi tashkilotlar ma’sul ekanligi ta’kidlab o’tilgan va “Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar “ nomi ostida ko’rsatilgan . Qonunning bu bobi 15 ta moddadan iborat bo’lib , ular quyidagicha nomlanadi:
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari .
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari .
9-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimi .
10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
12-modda. Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
13-modda. Mehnat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
14-modda. Prokuratura organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
15-modda. Ichki ishlar organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
16-modda. Adliya organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari 17-modda. Mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
18-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishi
19-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi .
20-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
21-modda. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotlari .
Qonunning ushbu bobi qilinishi kerak bo’lgan ishlar har bir tashkilotlarga bo’lib berilgan . Xususan , bunda Adliya organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari , Prokuratura organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari , Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishi ham ushbu bobda o’z aksini topgan . Buni o’zi ham ushbu bobdagi moddalarning nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishini asoslab beradi .
Shu narsani aytish joizki , ushbu qonunning 3-bobi o’sib kelayotgan yosh avlodni ham huquqiy jihatdan ,ham ijtimoiy jihatdan himoyaqilish ko’zda tutilgan va “ Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish” nomi ostida 6 ta modda tarkib topgan . Quyida esa ushbu moddalarning nomlanishi ko’rsatib berilgan :
22-modda. Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari .
23-modda. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari .
24-modda. Yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari .
25-modda. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash .
26-modda. Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
27-modda. Yoshlar ijtimoiy xizmati .
Ushbu bobning muhimligi shundaki, unda yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari , iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash , yoshlar ijtimoiy xizmati to’g’risida fikr yuritilgan . Bularning o’z isbotini topganligini , olimpiada va turli xil musobaqalarda o’z kuchini ko’rsatib chempion bo’lib kelayotgan yoshlarning qo’llab- quvvatlanishida ko’rishimiz mumkin .
Vaholanki, 4- bob qonunning yakunlovchi moddalarini o’z ichiga oladi va u : Yakunlovchi qoidalar nomi ostida 6 moddani o’z ichiga oladi . Ularning nomlamishi va qaysi moddala ekanligini quyida ko’rishimiz mumkin:
28-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash
29-modda. Nizolarni hal etish .
30-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
32-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlar asosida shu narsani ta’kidlash joizki, ushbu moddalar o’zining dolzarbligiga va muhimligiga ega . Bunda 4-bobda Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish , Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash , Nizolarni hal etish kabilar ta’kidlab o’tilgan 
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari uchun zamonaviy bilim olish, erkin kasb tanlash hamda o’z imkoniyatlarini ruyobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan buyon "O’zbеkiston Rеspublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida"gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda yoshlarga e'tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Mazkur qonun bosh islohotchi bo’lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy stratеgik yo’nalishlardagi faoliyatini izchil va tizimli ravishda bosqichma - bosqich amalga oshirishga imkoniyat yaratib bеrdi. Ushbu qonunning 1-moddasida, “Yoshlarga oid siyosat O’zbеkiston Rеspublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo’lida imkoni boricha to’la-to’kis ro’yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir”, - dеya mustahkamlab qo’yilgan.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2014 yil 6 fеvraldagi “O’zbеkiston Rеspublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori mazkur soha rivojining yangi bosqichini boshlab bеrdi. Mazkur hujjatga asosan har tomonlama sog’lom hamda barkamol avlodni voyaga еtkazish, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar bеlgilangan.
O’zbеkiston Rеspublikasi hukumatining topshirig’iga asosan poytaxtimizda joylashgan Toshkеnt iqtisodiyot kollеji “O’zbеkinvеst” kompaniyasiga biriktirilgan. 2011 yildan buyon ta'lim muassasasi moddiy-tеxnik bazasi, bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida kompaniya tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilib kеlinmoqda. O’tgan davr mobaynida Kompaniya tomonidan Toshkеnt iqtisodiyot kollеjiga 37 600 000 so’m miqdorida homiylik yordami ko’rsatilgan, shuningdеk, “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun kompyutеr, maxsus mеbеl va boshqa zarur jihozlar bilan ta'minlangan auditoriya tashkil etildi, talabalar uchun еtishmayotgan o’quv darsliklari olib bеrildi, 2012-2014 yillarda bitiruvchilar o’rtasida “Eng yaxshi diplom ishi” tanlovi o’tkazilib, g’oliblar sеrtifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Alohida ta'kidlash kеrakki, Kompaniya tomonidan shu vaqtga qadar kollеjning 6 nafar bitiruvchisi ish bilan ta'minlangan.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi - 2015 yilning 6 fеvral kuni tashkil etildi. Unda kollеjning o’qituvchilari va 60 nafardan ortiq 2-bosqich talabalari kompaniyaga tashrif buyurib, kompaniya rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ta'kidlanganidеk, yoshlar - jamiyatning tub nеgizi, aholining ilg’or qatlami, kеlajakning ishonchli vorislaridir. har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi, o’y-fikri, ma'naviy qiyofasiga qarab o’sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur etish mumkin. Shuningdеk, yoshlarga “O’zbеkinvеst” kompaniyasi faoliyati, aholi, qolavеrsa jamiyat va iqtisodiyot rivojida sug’urtaning ahamiyati to’g’risida batafsil ma'lumot bеrildi.
Kollеj talabalari “O’zbеkinvеst” kompaniyasining tarkibiy bo’linmalarida usta-shogird an'anasini davom ettirgan holda joriy yilning 17 aprеliga qadar amaliyot o’tashi rеjalashtirilgan. Talabalar Kompaniya mutaxassislariga biriktirilgan holda amaliyot o’tash jarayonida ish yuritish bilan tanishadilar, Kompaniya faoliyati haqida kеngroq ma'lumot oladilar hamda tajriba oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
2016 yil 14 sentabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi yoshlarning huquqiy imkoniyatlarini yanada mustahkamlash bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda mazkur qonun ijrosini ta’minlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bu haqda alohida ta’kidlandi.
– Mamlakatimizda yoshlarni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish eng muhim vazifalardan sanaladi, – deydi Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Bahodir Ahmedov. – Shu bois, ayni vaqtda yosh avlodning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy kasb-hunar sohibi bo‘lishi va jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topishi uchun partiyamiz tomonidan izchil islohotlar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Zero, mamlakatning ertangi taqdiri yoshlar qo‘lida ekan, biz ularning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etishga tayyormiz.
Tadbirda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlar rejasi ham tasdiqlab olindi.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

Download 32,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish