O‟quv metodik hujjatlar
Tabiiy ob`ektlarga sirasiga jonli va jonsiz tabiat ob`ektlari kiradi, ta`lim oluvchilar ular bilan mashg‘ulotlarda tarqatma yoki namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar
|
Modellar tabiiy ob`ektlarning sun`iy ko‘rinishi bo‘lib, ularning muhim sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali
qo‘llanmalar hisoblanadi.
|
Mulyaj (maket)lar
qo‘llanmalardir.
|
moddiy
|
ob`ektlarga
|
aynan
|
o‘xshatib
|
yaratilgan
|
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladi.
|
Darslik
Masalalar to‘plami Ma`lumotnoma Jadval
Eskiz Rasmlar Plakatlar
Ko‘rgazmali plakatlar Laboratoriya ishlarini bajarish ko‘rsatmasi
Diagramma Ish daftari Sxemalar
O‘qitish vositalari
O‘qitish qo‘llanmalari Ma`ruza konspekti O‘quv ob`ekti Tarqatma material Laboratoriya daftar Xarita
O‘quv dastur Nazorat dasturi Maket
Xarakatlanuvchi model CHizmalar
ilova
1 - jadval
O‘qitishning texnik vositalari
Diaskop Negataskop Kadroproektor Kodoskop Diaproektor Vidiomagnitafon
Texnik qurilmalar
Ko‘rsatish pulti Filmoskop Epiadoskop Filmoproektor Stereoproektor Ko‘chma kinoproektor
3 - jadval
9
Tutashmalar o‘quv televizion tizimlari Kinoqurilma Magnitafon Videomagnitafon
Mikrofon Televizion namoyish qurilmasi
Radiopriemnik Diktafon
Magnitafon-informator Radiomikrofon
Maslaxat-televizion majmuasi Trenajyor
Nazorat avtomatlashtirilgan sinf Ko‘chma trenajyor Trenajyor stend Displey
Trenajyor majmualari Boshqaruv pulti Plakatlarni ko‘tarish moslamasi Lazer ko‘rsatkich
YOrug‘likni sozlovchi elektrorazetka
Zamonaviy o‘qitish vositalari
4 - jadval
Kompyuterli o‟qitishning texnologik sxemasi
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko‗p tarqalgan ta'rif quyidagicha: masofaviy o‗qitish texnologiyasi bu ta'limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo‗naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o‗qitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir ko‗rinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, ko‗pincha YuNeSKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YuNeSKO ta'rifiga ko‗ra masofaviy o‗qitishga quyidagi ta'rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o‗qitish texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o‗zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta'lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo‗llash va
ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‗lib, bilvosita individuallashgan ta'lim tizimida o‗qitish shakllarini maqbullashtirishni o‗ziga vazifa qilib qo‗yadi.
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
ta'lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;
ta'lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;
ta'lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
Ta'lim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda ko‗llashi uchun, ta'lim oluvchiga berish kerak bo‗lgan bilimlardir. Masofaviy o‗qitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qo‗yiladi. Elektron kitoblardagi ta'limiy axborot tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi.
Elektron darslik quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak:
tushunchalar beriladigan matn qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi (tushunchalar, ta'riflar, teoremalar), va bayonning mantiqiy tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bog‗liqligi);
ta'lim olishda qulay yangilik tizimiga ega bo‗lishi, tinglovchi kursning bir qismidan ikkinchi qismiga o‗tishi, o‗qituvchiga elektron xabarlar yuborishi, munozaralar bo‗limiga o‗tishi;
zamonaviy kompyuterlarning multimedia va Internet imkoniyatlaridan foydalanish;
darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
glossariy mavjudligi (avtonom qo‗shimcha ma'lumotlar) va ularga tayanish. Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun ishlab chiqariladi;
darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi manbalarning ko‗rsatilishi;
qulayligi- tizimga tez kirish;
o‗qituvchi bilan samarali aloqada bo‗lish (elektron pochta, ...) aniq vaqt birligida Internet orqali gapira olish;
Ta'lim axborotlari ta'lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta'lim texnologiyasi – bu ta'lim axborotlarini manbadan iste'molchiga uzatishda qo‗llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‗qitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak, ya'ni o‗qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko‗rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o‗qitish tizimi ta'lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy o‗qitish tizimida kuyidagi ta'lim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
video-ma'ruzalar; multimedia-ma'ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi maslaxatlar va testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o‗qituvchi va tinglovchi o‗rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‗llashga tayangan apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular – axborot texnologiyalaridir.
Masofaviy o‗qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo‗lib, kuyidagi qo‗shimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptatsiya – ta'lim jarayonini o‗quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta'lim olish jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik – bu talabga rioya etish ta'lim tizimining moliyalash mablag‗lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O„zgaruvchanlik – ta'lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o‗quv materiallarini modernizatsiyasini amalga oshirishga imkoniyat ta'minlab berish. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko‗ra paydo bo‗ladi.
Nazorat – o‗qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash.
Nazorat savollari
Kompyuterlashtirilgan o‗qitish texnologiyasini ta'rifini va mohiyatini aytib bering.
Axborot banki tushunchasini izohlab bering.
Kompyuterli o‗qitishni maqsadli yo‗nalishlarni aytib bering.
Kompyuterli o‗qitishni ishlatish sohalarini aytib bering.
Kompyuterli o‗qitishni konseptual qoidalarni tushuntirib bering.
Kompyuterli o‗qitishni mazmunning xususiyatlarini aytib bering.
Kompyuterli o‗qitishni uslubiy xususiyatlarni izohlab bering.
Kompyuterli o‗qitishda pedagogni funksiyalarni namoyon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |