7
Ta`lim texnologiyalari (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-
ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi
faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga
mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
―Ta`lim texnologiyalari‖ - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u
talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan
puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik
jarayondir.
«Ta‘lim texnolo‘giyalari» faniining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv
yurtlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalarining tegishli kursi bo‘yicha «Ta`lim
to‘g‘risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar
hamda Davlat talim standartiga ko‘ra qo‘yilgan talablar darajasida zamonaviy
pedagogik texnologiyalar va ularni o‘quv – tarbiya jarayonida qo‘llash,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv – tarbiya jarayonidagi o‘rni,
ulardan foydalanish, shuningdek, ―Aqliy hujum‖, ―Tarmoqlar‖ (Klaster) usullari,
―Bumerang‖, ―Skarabey‖, ―CHarxpalak‖,‖Rezyume‖ va shu kabi boshqa ta`lim
texnologiyalr va ularni o‘quv – tarbiya jarayoniga qo‘llashning nazariy asoslari
bilan izchil qurollantirishdan iborat.
«Ta‘lim texnolo‘giyalari» fanidan belgilangan maqsad asosida talabalarni
kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: bo‘lajak mutaxassislarning
«Ta‘lim texnolo‘giyasi» kursida mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi
hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollanadi. Ushbu dastur ta`lim
oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, Talabaning kasbiy ta‘lim asoslari bo‘yicha
bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar,
kasbiy ta`limda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy
asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
- bo‘lajak kasb ta`limi o‘qituvchilarini zamonaviy ta`lim texnologiyalarining
nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;
- yaxlit pedagogik darajada ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishlari
uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari;
- zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng
turlarida yo‘l topa bilish mahorati;
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri rejalashtirishga tayyorlikni
shakllantirish;
- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zini mutaxasislik
darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: