Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
70
siklik.
Nominal atribut ma’lumot
atributning eng oddiy turi boʻlib, uning
vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy
raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Nominal atributlar asosan
raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ordinal atribut ma’lumotda
ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketma-
ketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada oʻz yerlarini sinflarga boʻlib baholaydi:
1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf oʻrtacha yer deb baholanadi.
Oʻzbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |