Raqamli yuza (Digital surface) .. − .. qaysidir bir hudud chegarasidagi va
koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi
obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasi.
Rastr format (Raster format) − kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki
katakchalar koʻrinishida tasvirlash.
Rastr (
Raster) − oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro
bogʻlanmagan tavsifga ega boʻlgan kataklar jamlanmasi.
Rastrlash (Rastering) .. − .. berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishli tasvirdan
raqamli koʻrinishga keltirib tasvir olish jarayoni.
Rastr grafikasi (Raster graphics) −
. kompyuter grafikasining zamonaviy
koʻrinishi.
Skaner (Scanner) − qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda
kiritish uchun rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma.