9.8. Geoaxborot ta’limi istiqbollari
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga
geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda
geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror
qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham
qaralmoqda. Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq
dasturlarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda
ishlashni oʻrganish boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga
bakalavrlik, magistrlik hamda doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida
sanalgan sohalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham
zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi va aynan geoinformatika sohasidagi
bilimlarni egallashi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |