Ma’lumotlarning jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali koʻrinishi
.
GAT
bu dunyo ma’lumotlar bazasini oʻzida jamlovchi tizimdir yoki boshqacha nom
bilan geografik ma’lumot bazasi deb ham atashimiz mumkin. GAT dunyoni
geografik jihatdan maxsus tuzilishga ega boʻlgan ma’lumotlar bazasi orqali
tasvirlaydi. Bunda ma’lumotlar geoaxborot tizimidagi vektor qatlamga
bogʻlangan maxsus jadvallarga kiritiladi. Qulayligi shundaki, vektor formatdagi
qatlamlardagi geoshakllar (nuqta, chiziq, poligon) toʻgʻrisidagi barcha atribut
ma’lumotlar jadvalda aks ettiriladi va geoshakllar belgilanganda jadvaldagi
qatorlar ham belgilanadi (4.3-rasm).
4.3-rasm.
Atribut ma’lumotlarning jadval orqali koʻrinishi
(Manba: Internet)
Do'stlaringiz bilan baham: |