4.3.
Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab
chiqish
Hozirgi an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi kartalarda joyning relyefi,
joylashgan oʻrni va yuzasi kabi ma’lumotlar bilan birga qoʻshimcha
diagrammalar, jadvallar kiritilgan. Lekin qogʻoz kartaga koʻp miqdor va
oʻlchamda jadvallar, diagrammalar va boshqa ma’lumotlarni kiritib boʻlmaydi,
chunki bunday ulkan masshtabdagi ma’lumotlar tushunmovchilikka olib kelishi
mumkin.
GAT paydo boʻlganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda
jadvallar, diagrammalar va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar kiritish
imkoniyati ham paydo boʻldi. Bunda eng asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasida
qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan. Bunday
ma’lumot turi esa qisqacha
atribut ma’lumotlar
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |