T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Download 9,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/364
Sana01.01.2022
Hajmi9,68 Mb.
#301017
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   364
Bog'liq
GAT KITOB

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
 
 
 
77 
 
tasvir  olish  toʻgʻrisida  boʻlgan  boʻlsa,  GATda  aerofotosuratlarning  ham  oʻrni 
muhimdir.    Bu  asosan  oʻrta  va  katta  masshtabli  GAT  loyihalarida  ahamiyatga 
ega.  Texnik  jihatdan  sun’iy  yoʻldoshdan  olingan  masofadan  zondlash 
ma’lumotlari  va  tasvirlari  hamda  aerofotosuratlar  bir  xil  boʻlsa-da  (ikkisi  ham 
tasvirlar),  oʻsha  tasvir  va  ma’lumotlarni  olish  hamda  qayta  ishlash  usulida  farq 
sezilarlidir.  Eng  koʻrinarli  farqlardan  biri  bu  aerofotosuratlar  analog  yoki  oddiy 
kameralar  yordamida  tasvirga  tushirilib  (raqamli  kameralar  keng  masshtabda 
qoʻllanilib  kelishiga  qaramasdan),  keyin  plyonka  negativi  skanerlash  orqali 
rastrlashtiriladi.  Kamera  optikalari  va  skanerlash  jarayoni  sifati  birgalikda  hosil 
boʻlgan  tasvirning  fazoviy  va  spektr  xususiyatlariga  ta’sir  qiladi.  Koʻpgina 
aerofotosuratlar  maxsus  (
ad  hoc
)  tarzda  va  kameralar  past  balandlikda 
uchayotgan samolyotlarga oʻrnatilib (3000 – 9000 m balandlikda), rangli yoki oq-
qora  tasvir  koʻrinishida  toʻplanadi.  Shu  xususiyati  bilan  aerofotosuratlar  batafsil 
syomka va kartalash loyihalarida juda qo’l keladi.  
Kosmik  va  aerofotosuratlash  tizimining  muhim  jihatlaridan  biri  bu  ikkala 
tizimdan  olingan  juft  suratning  (bir-biriga  ustma-ust  qilib  tasvirga  tushirilgan) 
stereotasvirini  berishdir.  Bunday  birlashtirilgan  tasvirlar  esa,  oʻz  navbatida,  uch 
oʻlchamli  oddiy  yoki  raqamli  model  yaratish  imkoniyatini  beradi.  Bu  modellar 
asosida  uch  oʻlchamli  koordinatalar,  konturlar  va  raqamli  relyef  modellari  hosil 
qilinadi.  
GAT  loyihalari  uchun  kosmik  va  aerosuratlash  tizimi  ma’lumotlari  bir 
qancha  qulayliklarni  keltiradi.  Ma’lumotlarning  ketma-ketligi  va  global 
masshtabda qamrab olish tizimining mavjudligi kosmik ma’lumotlar (tasvirlar)ni 
asosan  keng  masshtabdagi  hudud,  kichik  masshtabdagi  loyihalarni  amalga 
oshirishda  (landshaftni  kartalash  va  daryolarning  geologik  tuzilishi)  va  borish 
qiyin  boʻlgan  joylarni  kartalashda  muhimligini  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari, 
sun’iy  yoʻldosh  orqali  davriy  olib  turilgan  suratlarni  taqqoslash  va  tahlil  qilish 
orqali  yillik  vegetatsiya  holatini  kuzatish  imkonini  beradi.  Aerofotosyomka  esa 
shahar  va  arxeologik  joylarning  batafsil  syomkasi  va  kartalashini  amalga 


 

Download 9,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish