3
Mattis xonaga kirgandagina bu oqshom o'zgacha go'zalligini bildi. Katta
bahaybat ko'l xuddi oynadek silliq edi. Narigi qirg'oqning g'arbiy do'ngliklari
yengilgina bug' bilan qoplangan, bu tepaliklar deyarli har doim shu tarzda
bug'lanib yotardi. Erta boshlangan yoz isi kelardi. Uyni to'sib qo'ygan qarag'ayzor
ortidagi yo'ldan xuddi odamni ermak qilayotganday guvillab mashinalar o'tardi.
Oydin kecha momaqaldiroq bo'lmasligidan dalolat berardi.
Momaqaldiroq gumburlab turganda jalada yurish to'g'risida o'yladi-yu, o'z
o'ylaridan qo'rqib, seskanib ketdi.
Qaniydi jalani yorib o'tsa!
Shunday qila olarmikin?
Mattis qarshisidagi yig'ma divan-karavot oldida xayol surib turardi.
U bolalikdan bēri qorong'i tushganda yoziladigan shu divanda uxlar va bu
divanni qayerda uchratmasin albatta taniy olishiga ishonchi komil edi. Ayni
chog'da bu holat butun umr saqlanib qolishini istardi. Divanda Mattisning
bolalikdagi sho'xliklari evaziga orttirilgan pakki pichoqning izlari bor edi.
Bo'yoqlanmagan divanning yog'och!arida qalam bilan chizib tashlangan va chala
o'chirilgan aji-buji chiziqlar ham bor edi. U vaqtlar Mattisning qo'liga birinchi bora
qalam ushlatishgandi. Bu chizma va «tasvir»lar divanning ko'tarma yog'ochida
ichki taraflda bo'lib, Mattis har kech uxlash oldidan talay vaqtgacha bu g'aroyib
chiziqlari va tushunarsiz tasvirlarni ko'zdan kechirib o'tirardi. Bolaligidan qolgan
bu yodgorliklar unga yoqardi, chunki ular har doim qanday bo'lsa shundayligin
turardi. Va har doim o'zlariga tegishli joyda bo'lardi. Ulardan ko'ngli xotirjam edi.
Xege yonginasida, mo'jaz xobxonada uxlardi. Mattis xayollarini tark etib,
opasining xonasiga qarab yurdi — opa-ukaga tegishli bitta-yu birta oyna u yerda
osig'liq edi.
Mattis Xegening xonasiga kirdi. Bu yer top-toza, bahavo va deyarli bo'm-
bo'sh edi. Shu tobda unga kerak bo'lib qolgan oyna osilib turardi.
— Hm! — deb qo'ydi u o'z aksiga.
U anchadan buyon o'zini ko'zguda yaxshilab ko'rmagandi. Kirsa birda-yarim
soqolini olishga kirardi. Ammo u paytlarda asosiy maqsad soqol olish bo'lgani
uchun, o'ziga uncha ahamiyat bermas, hatto yuzining anchagina qillari olinmay
qolib ketardi.
Hozir Mattisni o'z ko'rinishi qiziqtirardi. Yo'q, yo'q! — beixtiyor uning
ichidan bir gung nido otilib chiqdi.
— Qarashga arzigulik joyim bor ekanmi? — g'o'ldiradi u.
— Yuzim ozg'in, — dedi yana.
— Yonoqlarim botiq.
— Soqollarim dikkaygan.
Odamni behuzur qiladigan turq-angor.
— Ammo har qalay nimadir bor, — dedi u, o'zini o'rganishda davom etarkan
shosha-pisha. Ko'zgu sifatsiz edi, odamning chizgilarini to'g'ri aks ettirmasdi,
ammo Mattis ila Xege allaqachon bunga ko'nikib ketishgandi.
Mattis shu zahoti bu mo'jaz va qizlarga xos orasta xobxonada go'yo
sehrlangandek boshqa narsa to'g'risida xayol sura ketdi.
Men oynaga qiz boladay qarayapman, o'yladi u, va bu xayoli o'ziga xush yoqdi.
Mana shu xira ko'zgu oldida qancha qizlar o'zlariga oro berar, qayta-qayta
yechinib-kiyinardilar.
U bir-biridan go'zal manzaralarni ko'z oldiga keltirardi va bu shunchalik
jozibali ediki...
Bo'ldi, qizlarni o'ylayman.
Lekin darhol o'zini qo'lga oldi.
Yo'q, haftaning o'rtasida qizlarni o'ylash yaxshi emas. Kelishmagan qiliq.
Hech kim bunday qilmaydi.
U ikkilanib qoldi.
Lekin baribir goho ularni o'ylayman-ku, iqror bo'ldi u.
Faqat buni hech kim bilmasligi shart.
U oynadagi aksiga qaradi. Ko'zlarini ko'rdi, ularda qaysarlik bor edi. Yo'q,
qizlarni o'ylayveraman. faqat buni hech kimga aytmayman.
Modomiki men shunaqa ekanman...
U ovnada yana o'z nigohini uchratdi — katta-katta ochilgan ko'zlari
qandaydir tushunib bo'lmaydigan umidlarga to'la edi.
Nima bu?
Yo'q, yo'q, dēdi ichida, nimadir hech gapdan hech gap yo'q hayrat bilan.
Modomiki men shunaqa ekanman... — odamlarning besababdan besabab, hozir uni
hayajonga soigan, ammo ahamiyati oz, arzimagan narsa munosabati bilan ham o'zi
haqda shunday deb yuborishi uchrab turadigan hodisa.
— Qarashga arzigulik joyim bor ekanmi? — dedi u ovoz chiqarib.
Haftaning o'rtasida o'ylash nomaqbul bo'lgan, ammo uni o'z komiga
tortayotgan bu o'y-xayollardan o'zini tortishi kerak edi.
Ko'zgu ichidagi yuz o'ychan va ozg'in, ayni chog'da rangpar edi. Ammo
ko'zlar jozibali, ohanraboday o'ziga tortardi.
U bu yuzga:
— Sen qayoqdan kelib qolding?
— Nega kelding? — degisi kelardi. Mattis bunday savolga javob kutmasdi.
Ammo qo'zgu ichidan qarab turgan bu ko'zlarda, o'ziga tegishli bo'lmagan,
tunu kun jovdirab qarab turadigan bir juft hamroh ko'zlarda u bor edi. Javob yodiga
kelganday, hammasi aniq-ravshanday edi. So'ng shu ondayoq xayoldan forig'
bo'ldi.
Mattis birdan o'ylab qoldi:
Mattis kaltafahm.
Tentak.
Oyna oldida qanday turganimni ko'rishsa bormi, odamlar hozir rosa miriqib
kulgan bo'lishardi.
Nihoyat bu yerga, Xegening yotoqxonasiga nega kelganini esladi: sochiga
oq oralamaganmikin, qarab ko'rishi kerak edi.
Old tarafda yo'q edi. Mattis boshini egib, manglayiga tushgan sochlarining
osti-ustini ko'zdan kechirdi. boshining o'rak qismlariga ham oq tushmabdi. Yo'q,
oqargan soch yo'q. Keyin, bir amallab quloqlarining orqasidagi sochlarini
ko'ruvdan o'tkazdi.
Sochlari oqarmabdi, bironta ham oqargan tola topmadi. Axir u qirqqa kirgan
opasi Xegedan atigi uch yoshgina kichik edi.
Mening sochlarim hali yaxshi, oqarmagan, o'yladi u.
Lekin uch yildan keyin men ham xuddi Xegeday bo'laman.
Hozir bir tola ham oq sochim yo'q. Buni albatta Xegega aytish kerak, u xursand
bo'ladi, o'yladi Mattis; bu mavzudagi suhbat Xegega yoqmagani Mattisning
yodidan chiqqan edi.
Mattis shaxdam yurib, uydan chiqdi. Xege hali ham hovli eshigidagi kursida
kiyim to'qib o'tirgan bo'lishi kerak.
Rostdan ham, Xege o'sha yerda o'tirardi. Uning chaqqon qo'llaridagi kofta
xuddi joni borga o'xshab qimirlardi. Qo'llar go'yo soqovlar raqsini ado etayot-
ganga o'xshar, kofta esa, qo'llarning hech qanday ishtirokisiz yiriklashab,
kattalashib borayotgandek edi.
— Hm, nima? — so'radi, Mattis uydan shoshib chiqqanida, Xege.
Mattis sochlarini ko'rsatdi.
— Xege, ko'zguga qaradim, mening bittayam sochim oqarmapti.
Bu mavzudagi suhbatga yana qaytishi Xege istamasdi.
— Xo'p yaxshi, — deb ukasining gapini cho'rt kesdi.
— Sen bunga xursand emasmisan? — hayron bo'ldi.
— Xursandman, albatta, — bamaylixotir javob berdi u.
— Xursandligingni ko'rmayapman, men boisam o'ylovdimki...
— Voy-ey! — deb yubordi Xege.
U shu ondayoq jim bo'ldi. Opasidagi o'zgarishdan u esankirab qoldi.
— Nima bo'ldi? — qo'rqa-pisa so'radi u. Nihoyat opasi o'rnidan turdi.
— Oh, Mattis, Mattis!
U opasidan hadikli ko'zlarini uzmasdi.
— Ha, nima, gapirsang-chi!
— Buning xursand bo'ladigan yeri yo'q, muncha shu sochlarga yopishib
qolmasang.
— Xursand bo'lish yo bo'lmaslikning bunga nima aloqasi bor? Nima, biz
xursandchilik qilyapmizmi? — hayron bo'di u. Qayoqdagi g'aroyib gaplarni
gapiradi-ya.
Xege xuddi dahshatga tushganday nochor ahvolda ukasiga ko'z tashladi.
Tezlik bilan bu holning oldini olish kerak: hozir Mattisning gapdan chalg'itilmasa,
kc m unga bas kelib boimaydi.
— Biz doim katta xursandchiliklar ichida yashaymiz, sen shunchaki unutib
qo'yibsan! — dedi u, xuddi kallasiga mixlagunday uqtirib. — Bir eslagin-a. Biz har
kuni xursandchilik qilamiz-ku!
Mattis qattiq siqildi, ammo:
— Qachon? — deb so'radi.
— «Qachon» deganing nimasi? — qat'iyat bilan so'radi opasi.
So'ng yana ukasiga tashlandi. U boshlangan gapni to'xtatishi kerak edi.
— O'zing bir kallangni ishlatib ko'rsang-chi, — dēdi Xege har doimgiday
zaharxanda qilmasdan. Kichkinagina jussasiga qaramay, opasi o'z so'zida qat'iy
tura olardi.
Mattis:
— Men shundoq ham doim jon-jahdim bilan o'ylayman, — deb javob berdi.
— Demak, sen jūda ko'p xursandchiliklarni eslashing mumkin!
Ukasi xayolga cho'mdi, javob bermadi.
Xege hujumni davom ettirdi. Ukasida hech qanday shak-shubha qoldirmasIik
uchun, uning xayollarini boshqa yoqqa burib yuborish kerak edi.
— Hayotimiz boshqalarga nisbatan xursandchilikka boyroq!
— Rostdanmi? — dedi u eshitilar-eshitilmas jonsiz ovozda
— Albatta, — dedi opasi. — Sen buni unutmasliging kerak.
Ortiq hech nima demadi. Mattis boshini ko'tardi, ammo e'tiroz bildira olmadi. Xege
jūda aqlli, quvonch nima-yu, uning aksi nimaligini juda yaxshi tushunadi. Bekorga
bahslashib, tentakligingni ko'rsatmaganing ma'qul. Xege ukasiga achchiqlanib
qarab turardi.
— Men bo'lsam bilmas ekanman, — deb g'o'ldiradi u.
Birdan Mattisning chehrasi yorishib ketdi.
— Qanday yaxshi bo'ldi-ya buni menga aytganing! — dedi xursand bo'lib.
— Nimaga?
— Men o'zim buni anglab yetmaganimdan keyin... Mattis terisiga sig'may ketib,
yoyiIib jilmaydi.
— Darrov ketyapsanmi? — deb so'radi.
Javob o'rniga Xege bazo'r bosh qimirlatib, uyga kirib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |