Kuch uzatmasining asosiy uzatmasi.
Asosiy uzatma aylantiruvchi momentni ko`paytirish va uning yo`nalishini avtomobilning bo`ylama o`qiga nisbatan to`g`ri burchak ostida o`zgartirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda, asosiy uzatma konussimon shesternalardan tayyorlanadi. Shesternalar soniga qarab asosiy uzatmalar, bir juft shesternadan iborat bo´lgan yakka konussimon uzatmaga va bir juft konussimon hamda bir juft silindrsimon shesternalardan iborat bo`lgan qo`shaloq uzatmalarga bo`linadi. Yakka konussimon uzatmalar ham o`z navbatida oddiy va gipoid uzatmalarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |