Tayanch iboralar. Tabbiy resurslar. Yer va suv resurslari. Yerdan foydalanish
samaradorligi. Yer mahsuldorligi. Suv bilan ta’minlanish koeffisenti. Suvdan
foydalanish samaradorligi. Asosiy fondlar qaytimi. Asosiy fondlar sig’imi. Asosiy
fondlar rentabelligi.
Asosiy savollar:
11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy
asoslari.
11.2. Suvdan foydalanish samaradorliini tahlil qilishning uslubi.
11.3.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini tahlil etishning uslubiy
asoslari
11.1. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini tahlil qilishning
uslubiy asoslari.
Yer va suvdan samarali foydalanish qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab
chiarishni ko’paytirishda va mamlakatda oziq-ovqat muammosini ijobiy hal qilishda
hamda eksportni kengaytirishda katta rol o’ynaydi.
Yerdan samarali foydalanish deganda 1 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot
hajmining oshishi tushuniladi. Yerdan foydalanish samardorligi bir gektar yoki 100
gektar hisobiga ishlab chikarilgan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad
ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi:
Bunda,
-yerdan foydalanish samaradorligi (1ga hisobiga olingan mahsulot
hajmi);
- yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti hajmi;
- qishloq xo’jalik yalpi daromadi hajmi
54
– qishloq xo’jalik sof daromad hajmi
-jami maydoni (kadastr maydon hisobida).
Biz bu yerda yerdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichini tahlil qilish
yo’llarini faqat bir ko’rsatkichi misolida , ya’ni 1 gektar hisobiga olingan yalpi
daromad ko’rsatkichi misolida bayon qildik. Boshqa ko’rsatkichlari tahlilining usullari
ham aynan shu ko’rsatkich tahlili usulidan farq qilmaydi, faqat mahsulot
ko’rsatkichining nomlari bilan farq qiladi ,holos.
Yerdan foydalanish samaradorligining tahlilda solishtirish, qayta hisoblash,
zanjirli bog’lanish usullaridan foydalaniladi.
Birinchi navbatda 1 gektar hisobiga olingan yalpi daromad ko’rsatkichi bazis va
hisobt yillari uchun hisoblab olinadi. Ushub ko’rsatkich tegishli davrlar bo’yicha
ma’lum bo’lgandan keyin, hisobot yilidagi yerdan foydalanish samaradorlik
ko’rsatkichini uning rejadagi ko’rsatkichiga (yoki bazis yilidagi ko’rsatkichiga)
solishtirib, o’zgarishi aniqlandi:
Shundan keyin ushbu o’zgarishning sababi aniqlanadi, ya’ni ushbu o’zgarishga
omillarning ta’siri aniqlandi. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin “Shartli samaradorlik
ko’rsatkichi ” aniqlab olinadi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Shundan keyin yerdan foydalanish samaradorligining o’zgarishiga omillar ta’siri
“Zanjirli bog’lanish” usuli yordamida aniqlanadi:
1)
Samaradorlik o’zgarishiga maydon o’zgarishining ta’siri:
2)
Yalpi daromad hajmi o’zgarishining ta’siri:
Omillar ta’siri aniqlagandan keyin ularning ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi, ya’ni
samaradorlikni oshishi bo’yicha fikrlar berilib, tahlil natijasi umumlashtiriladi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |