Pd r = ----- Pt Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi;
Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi.
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim ob’ekti hisoblanadi. Davlat bevosita tartibga solish vositasi sifatida valyuta interventsiyasi va diskont siyosatidan foydalanish mumkin.
Diskont siyosatida bank hisob stavkasini oshirib yoki tushirib chet el kapitallari kirishi yoki chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tartibga solishning ko’proq universal usuli valyuta interventsiyasi hisoblanadi. Bunda Markaziy banklar taklifi etarli bo’lmagan, kursi esa yuqori bo’lgan chet el valyutalarini sotadi, ularni taklif ortiqcha va kursi past bo’lganda sotib oladi. Bu bilan talab va taklifni tenglashtirib, milliy valyuta kursi tebranish chegarasini cheklaydi.
Valyuta interventsiyasini qo’llash zahira valyuta fondining miqdori bilan cheklanadi, shu sababli valyutalarni sotish, albatta, ularni sotib olish bilan almashtirib turilishi lozim.
14.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri Real valyuta kurslari jamg’arma va sarmoyalar o’rtasidagi farqni ko’rsatuvchi vertikal to’g’ri chiziq va sof eksport miqdorini ko’rsatuvchi, o’ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (33-chizma). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko’rsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo’ladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan bo’ladigan operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo’lgan talabni tenglashtiradi.
D avlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamg’armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (34-chizma). Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini ko’rsatadi. E S-I
Real valyuta
kurslari
Real almashtirish kursining
muvozanat nuktasi
Xn(E)
Sof eksport Xn