T oshkent moliya instituti


Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari



Download 5,06 Mb.
bet8/188
Sana15.04.2022
Hajmi5,06 Mb.
#554578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
Bog'liq
Макро 03.09.2019охирги ЎУМ

4. Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari
Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi.
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo’jaliklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofiqdir.
Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 3-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash hisoblanadi.

Модель

Экзоген ўзгарувчилар

Эндоген ўзгарувчилар



Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish